WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

Defektologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Fan/modul kodi

YFVG54MBK

 

O’quv yili

2024-2025

 

Semestr

5

Kreditlar

4

 

Fan/modul turi

Majburiy

Ta’lim tili

O’zbek

Haftadagi dars soatlari

4

 

 

1.

 

Fanning nomi

Auditoriya mashg’ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim

(soat)

Jami yuklama

(soat)

 

Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi

48

 

72

 

120

 

 

2.

І. Fanning mazmuni

“Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi” fani yosh organizmlarning tuzilishi, organlar vazifalari, tana a’zolari va a’zolar tizimini tuzilishi, o’sishi, rivojlanishini o’rganadi. Hujayra va to’qimalar, suyaklar hamda ularning tuzilishi, birikishi, muskullar, nafas olish, hazm qilish, ayrish, endokrin tizim, asab tizimi, qon tomir tizimi va boshqa tizimlar haqida ta’lim berishdan iborat.

Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanidan bilimlarning nazariy asoslarini, asosiy tushunchalari, yosh organizm tanasining tuzilishi, rivojlanishi, tizim filogenezi, a’zolar va a’zolar tizimining funksiyalarini bir-biriga bog‘lab o‘rganishdan iborat.

Fanning vazifasi nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, yosh organizmlarning tana tuzilishi, yoshga xos rivojlanish xususiyatlari mazmun-mohiyatini bilish.

  1. Asosiy nazariy qism (maruza mashgulotlari)

2-semestr

      1. mavzu. Kirish. Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining predmeti,

vazifalari va ahamiyati.

Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining pedagogika, psixologiya kabi fanlar bilan bog‘liqligi. Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining o‘quv tarbiya jarayonida va o‘quvchilar sog‘lig‘ini mustahkamlashda hamda muhofaza etishdagi ahamiyati. Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining  sog’lom va barkamol avlodni, har tomonlama etuk shaxsni tarbiyalashdagi roli.

Bolalar va o‘smirlarda o‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Akseleratsiya, uning yuzaga kelishi, sabablari, oqibatlari va jamiyat hayotiga ta’siri. Geteroxrtoniya, uning mohiyati, sabablari, mexanizmlari. Organizmning bir butunligi va gomeostaz.

 

2-mavzu. Nerv tizimining tuzilishi, funksiyalari va yoshga bog‘liq xususiyatlari. Oliy nerv faoliyati va uning yoshga bog’liq xususiyatlari.

Nerv tizimining umumiy tuzilishi va funksiyalari. Nerv tizimining asosiy fiziologik xususiyatlari. Markaziy va periferik nerv tizimlari. Bosh va orqa miya hamda ularning periferik a’zolar bilan bog’lanishi. Orqa miyaning tuzilishi va funksiyalari, bosh miyaning tuzilishi va funksiyalari. Bosh miya qismlari (uzunchoq, oraliq, va o’rta miya, miya ko’prigi, miyacha).

Somatik va vegetativ nerv tizimining tuzilishi va funksiyalari. Simpatik va parasimpatik nerv tizimlri, ularning tuzilishi va funksiyalari.

Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha. Odamda oliy nerv faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari.

3-mavzu. Analizatorlarning tuzilishi, funksiyalari va

yoshga xos xususiyatlari. Analizatorlar gigiyenasi

Analizatorlar haqida umumiy tushuncha. Analizatorlarning umumiy xuusiyatlari va ishlash prinsiplari. Analizatorlarning umumiy o’xshashlik va farqli jihatlari.

Ko‘rish analizatorining tuzilishi va qismlari, ko’zning funksiyalari. Uzoqdan va yaqindan ko’rish. Ko’rish gigiyenasi. Bolalarda ko’rish analizatorining o’ziga xos xususiyatlari.

4-mavzu.  Analizatorlarning tuzilishi, funksiyalari va

yoshga xos xususiyatlari. Analizatorlar gigiyenasi

Analizatorlar haqida umumiy tushuncha. Analizatorlarning umumiy xuusiyatlari va ishlash prinsiplari. Analizatorlarning umumiy o’xshashlik va farqli jihatlari.

Ko‘rish analizatorining tuzilishi va qismlari, ko’zning funksiyalari. Uzoqdan va yaqindan ko’rish. Ko’rish gigiyenasi. Bolalarda ko’rish analizatorining o’ziga xos xususiyatlari.

 

5- mavzu. Ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi, funksiyalari va

yoshga bog‘liq xususiyatlari.

Ichki sekritsiya bezlari haqida umumiy tushuncha. Ichki sekritsiya bezlarining tuzilishi, funksiyasi va yoshga bog‘liq xususiyatlari.

Gipofiz, epifiz, qalqonsimon va qalqon oldi bezlarining tuzilishi va funksiyalari, gormonlari. Ayrisimon bez, me’da osti va buyrak usti bezlarining tuzilishi, funksiyalari, gormonlari. Jinsiy bezlar va ularning tuziishi, funksiyalari, yoshga xos xususiyatlari. Jinsiy bezlarning gormonlari va ularning ta’sir mexanizmlari.

 

6-mavzu. Ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi, funksiyalari va

yoshga bog‘liq xususiyatlari.

Ichki sekritsiya bezlari haqida umumiy tushuncha. Ichki sekritsiya bezlarining tuzilishi, funksiyasi va yoshga bog‘liq xususiyatlari.

Gipofiz, epifiz, qalqonsimon va qalqon oldi bezlarining tuzilishi va funksiyalari, gormonlari. Ayrisimon bez, me’da osti va buyrak usti bezlarining tuzilishi, funksiyalari, gormonlari. Jinsiy bezlar va ularning tuziishi, funksiyalari, yoshga xos xususiyatlari. Jinsiy bezlarning gormonlari va ularning ta’sir mexanizmlari.

 

7- mavzu. Tayanch harakat apparatining yoshga bog‘liq xususiyatlari.

Tayanch harakat apparati haqida umumiy tushuncha. Tayanch harakat apparatining rivojlanishi va yoshga bog‘liq xususiyatlari. Tayanch harakat apparatining asosiy vazifalari va ahamiyati.

Odam skeleti va uning tuzilishi. Skelet va uning qismlari. Bosh, gavda va oyoq hamda qo‘llar skeletinig yoshga xos xususiyatlari. Suyaklar va ularning tarkibi, suyaklarning qattiqligi va mustahkamligi. Suyak tarkibidagi anorganik va organik moddalar haqida tushuncha.

 

8-mavzu. Tayanch harakat apparatining yoshga bog‘liq xususiyatlari.

Tayanch harakat apparati haqida umumiy tushuncha. Tayanch harakat apparatining rivojlanishi va yoshga bog‘liq xususiyatlari. Tayanch harakat apparatining asosiy vazifalari va ahamiyati.

Odam skeleti va uning tuzilishi. Skelet va uning qismlari. Bosh, gavda va oyoq hamda qo‘llar skeletinig yoshga xos xususiyatlari. Suyaklar va ularning tarkibi, suyaklarning qattiqligi va mustahkamligi. Suyak tarkibidagi anorganik va organik moddalar haqida tushuncha.

 

9-mavzu. Ovqat hazm qilish organlarining yoshga bog‘liq xususiyatlari.

Moddalar va energiya almashinuvi. Ovqatlanish gigiyenasi.

Hazm a’zolari haqida umumiy tushuncha. Hazm a’zolarining umumiy funksiyalari va o’ziga xos xususiyatlari.

Og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilungach, me’da, ingichka ichak, yo‘g‘on ichaklarning tuzilishi, funksiyalari va yoshga xos xususiyatlari. Jigar, o‘t pufagi, o‘t yo‘llari, me’da osti bezining tuzilishi va funksiyalari.

 

10-mavzu. Qon va qon aylanish organlarining yoshga bog‘liq xususiyatlari.

Ichki muhit haqida umumiy tushuncha. Organizmning ichki muhiti, qon, limfa, hujayra ichi va hujayralararo suyuqliklar, ularning tashqi muhit sharoiti, jismoniy mehnat hamda kasallik holatlarida o‘zgarishi. Organizmning ichki muhitining doimiy saqlanishi – gomeostaz. Organizmning ichki muhiti doimiyligining buzilishi va uning sabablari. Gomeostazni barqaror saqlash chora-tadbirlari.

 

11-mavzu. Nafas olish organlarining yoshga bog‘liq xususiyatlari.

Nafas olish a’zolariga umumiy ta’rif. Nafas olish a’zolarining tuzilishi va funksiyalari. Burun bo‘shlig‘i, halqum, hiqildoq, traxeya, bronxlar, bronxiolalar, alveolalarning tuzilishi va funksiyasi hamda yoshga xos xususiyatlari. O‘pkalar, plevra pardalari, plevra bo‘shlig‘i va ularning tuzilishi.

 

12-mavzu. Ayirish organlarining yoshga bog‘liq xususiyatlari.

 Ayrish organlarining tuzilishi, funksiyalari, yoshga bog‘liq xususiyatlari. Buyraklar, teri, o’pkalar va hazm a’zolarining ayirish faoliyati.

Siydik ayrirish organlarining tuzilishi va funksiyasi. Buyraklar, siydik pufagi, siydik yo‘llarining yoshga bog‘liq xususiyatlari. .

 

2-semestr. Amaliy mashg’ulotlar uchun tavsiya etiladigan mavzular

1. Sinf xonasining tabiiy va sun’iy yoritilganligini gigiyenik baholash.

2. Sinf xonasidagi turli jihozlarni gigiyenik baholash.

3. O‘quvchilarda faol diqqat tezligi va aqliy ishchanlik qobiliyatini aniqlash.

4. O’quvchilarda oliy nerv faoliyati tiplarini aniqlash.

5. O’quvchilarninig kun tartibini gigiyenik baholash

6. Dars jadvallarini tuzish va gigiyenik baholash

7. O’quvchilarning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini aniqlash va baholash

8. O’quvchilarning ovqatlanish tartibini gigiyenik baholash

9. Jismoniy yuklamaning yurak-qon tomir va nafas tizimi faoliyatiga ta`sirini o`rganish.

10. O‘quvchilarning salomatlik guruhlarini o‘rganish

11. Ko’rish o’tkirligini aniqlash.

12.Qisqa muddatli eshituv xotira hajmini aniqlash.

 

  1. Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar.

Amaliy mashgulotlar auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-oqituvchi tomonidan otkazilishi zarur. Mashgulotlar faol va interaktiv usullar yordamida otilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnalogiyalar qollanilishi maqsadga muvofiq.

 

IV.   Mustaqil talim uchun tavsiya etiladigan mavzular:

 

  1. Davlatimizni yosh avlodni  tarbiyalash va sog’lig’ini himoya qilish yo’lida olib borayotgan ishlari
  2. Vegetativ nerv tizimining funksiyalari va o’ziga xos xususiyatlari
  3. Bolalarda nerv tizimi faoliyatining buzilishi (nevrozlar) va uning oldini olish.
  4. Bolalarda oliy nerv faoliyatining shakllanish xususiyatlari.
  5. Bolalarda ko’rish va eshitish a’zolari gigiyenasi.
  6. Bolalarda ichki sekretsiya bezlari kasalliklari va ularning oldini olish.
  7. Ichki sekretsiya bezlarining o’sish va rivojlanish jarayonlarida tutgan o’rni.
  8. Bolalarda qad-qomat buzilishlari va uning oldini olish.
  9. Vitaminlar va ularning o’suvchi organizm uchun ahamiyati

10.Yurak qon tomir tizimining yosh xususiyatlari.

11. Yosh organizmni chiniqtirish va chiniqtirish usullari

12. Bolalarda nafas olish tizimi kasal-liklari va ularning oldini olish

 

Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.

 

                 
 

3.

IV.Talim natijalari/Kasbiy kompetensiyalar

 Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:

- Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fani bo’yicha ilmiy-nazariy bilim   olish, a’zolar tuzilishini, tizimlar shakllanishi, funksiyasi, a’zolar filogenezi va faoliyati to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;

Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining nazariy asoslarini, tushunchalar, a’zolar va tizimlar shakllanishi xususiyatlari to‘g‘risida ko‘nikmalarga ega bo‘lish;

talaba atlaslar, mulyaj, skelet va uni suyaklaridan foydalanib amaliyot daraslarida amaliy malakalariga ega bo‘lish.

  •  

 

4.

V.Ta’lim texnologiyalari va metodlari:

  • Ma’ruzalar;
  • Interfaol keys-stadeylar;
  • semenarlar(mantiqiyfikrlar,tezkor savol-javoblar);
  • guruhlarda ishlash;
  • taqdimotlarni qilish;
  • individual loyihalar;

jamoa bo’lib ishlashvahimoya qilish uchun loyihalar.

O'xshash dasturlar