WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Qarshi davlat universiteti

Folklorshunoslik va shevashunoslik

Bakalavr Kunduzgi 4 yil Grant mavjud

Dastur haqida

Nomi: Folklorshunoslik va shevashunoslik

Tavsif:

Folklorshunoslik va shevashunoslik ta'lim yo'nalishi - tillar sohasining yo'nalishi bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat boshqaruvi organlari, vazirliklar, qo'mitalar, uyushmalar, fuqarolik jamiyati institutlari, tashkilotlar, ta'lim, ilmiy tadqiqot muassasalari, umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasbiy ta'limning davlat va nodavlat muassasalarida, milliy va xalqaro OAVlaridagi kompleks masalalar yechimini qamrab oladi.

Siz 4 yil davomida “Folklorshunoslik va shevashunoslik” ta'lim yo'nalishi bo'yicha ko'plab nazariy va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lasiz. Biz bilan ta'lim oling va albatta ko'zlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta'lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami:
240 kredit to'plashingiz zarur bo'ladi.

Jami auditoriya soati: 6000 soat

Malakaviy amaliyot: 750 soat

Bitiruv malakaviy ishi: 450 soatni tashkil etadi.


 

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestrlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

105

1–7

 

 

 

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Yakuniy davlat attestatsiyasi

Malakaviy amaliyotlar

25

2,4,6,8

Fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish

7

1–7

Attestatsiyalar

21

1–8

Yakuniy davlat attestatsiyalari

5

8

Ta’tillar

38

1–8

GPA ko‘rsatgichini hisoblash

3

2,4,6

Jami

204

 

Qo‘shimcha izohlar:

1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
Nazariy va amaliy yaxlitlikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.

O'xshash dasturlar