Dastur haqida
MUHANDISLIK FIZIKASI INSTITUTI
- Tibbiyot fizikasi
Tibbiyot fizikasi ta'lim yo'nalishi fan sohasidagi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻlib, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligi tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, diagnostika va davolash markazlari, ommaviy axborot vositalari, davlat boshqaruvi organlari, oʻrta, oʻrta maxsus kasbiy ta'limning davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalarni yechish.
|
Kredit |
Jami soat |
Auditoriya soati |
Kurs ishi |
Malakaviy asmaliyot |
Mustaqil ta’lim |
||||
|
Jami |
Ma’ruza |
Amaliy |
Laboratoriya |
Seminar |
|||||
|
240 |
7200 |
2730 |
1032 |
986 |
610 |
102 |
|
408 |
4062 |
1-bosqichda quyidagi O‘zbek(rus) tili, Xorijiy til, Dinshunoslik, Biofizika, Matematik analiz, Chiziqli algebra va analitik geometriya, Fizpraktikum, Mexanika, Molekulyar fizika, O'zbekistonning tarixi fanlari o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.
2-bosqichdan boshlab umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional ta'lim tizimlarida tabiiy yo'nalishdagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida va ishlab chiqarish korxonalarida malakaviy pedagogik amaliyot o‘taydilar. Ta'lim yo'nalishi boʻyicha quyidagi amaliyotlar oʻtkaziladi: Malakaviy amaliyot - umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy (ishlab chiqarish) jarayonlari bilan uyg'unlashtirish, tegishli amaliy ko'nikmalar, kompetensiyalar va malakalarni shakllantirishga qaratiladi;
60531200 - Tibbiyot fizikasi ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavriat bitiruvchilari fan sohasidagi bakalavriat ta'lim yo'nalishini tamomlagandan soʻng:
- sog'liqni saqlash vazirligi tizmidagi va turli mulkchilik shaklidagi tibbiyot muassasalarida muhandis, texnik lavozimida faoliyat ko'rsatish;
- tibbiyotda diagnostika va davolash uchun qo'llaniladigan asboblar ishlab chiqarish, ta'mirlash korxonalarida muhandis, texnolog lavozimida ishlash;
- ta'lim tizimida kabinet mudiri, metodist, muhandis, katta laborant, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash;
- tabiiy yo'nalishdagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo'lib ishlash;
- turli tadbirkorlik sub'ektlarida, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlarida hamda boshqa muassasalarda ishlash;
- yangi yuqori unumli material va texnologiyalar yaratish hamda ularni ishlab chiqaruvchi korxonalarda muhandis, tadqiqotchi va texnolog boʻlib ishlash;
- dasturiy taʼminot, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi sohasida mutaxassis boʻlib ishlash.
1) 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
2) GPA ko'rsatkiclii b a r yili avgust oyining ucliunchi haftasida aniqlanadi.
3) Harbiy tayyorgarlik mashg'ulotlari tanlov fanlari blokining soatlari hisobiga (tanlov ranlarnio'zlashtirish sh arli bilan), harbiy yig'in esa ta'til vaqti hisobiga o'tkaziladi. Tanlov fanlari bloki OTM Kengashi qarori bilan mehnat bozori va kadrlar buyurtm achilarining talab lari, m oslanuvchanligi va harakatchanligini ta'minlovchi fanlar majmuasidan belgilanadi.
4) O'quv reja asosida ishchi o'quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o'quv fanlari bloki hajmini 5 foizgacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 foizgacha o'zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
5) Yakuniy davlat attestatsiyasi m uddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.
6) O'quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg'ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta'lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o'tkaziladi.
7) Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta'minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o'tkaziladi.
8) Jismoniy tarbiya va sport fani fakul'tativ kurs sifatida talabaning ixtiyoriy tanlovi asosidagi sport seksiyalarida tashkil etiladi.
9) Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta'lim soatlari hisobidan 1 kredit asosida bajariladi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestr |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
105 |
1-7 |
|
Attestatsiyalar |
21 |
1-7 |
|
Fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish |
4 |
1,3,5,7 |
|
Amaliyot |
21 |
4,6,8 |
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
5 |
8 |
|
Ta’til haftalari |
55 |
1-8 |
|
GPA ko‘rsatkichini hisoblash |
3 |
2,4,6 |
|
Jami |
204 |
|
TA’TIL VAQTI:
- 1-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyun oyining 2-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 10.06.2024-02.09.2024)
- 2-kurs:
-dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)
- 3-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)
- 4-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyul oyining 1-haftasidan
FANLAR
- O'zbekistonning eng yangi tarixi
- Falsafa
- O'zbek (rus) tili
- Xorijiy til
- Dinshunoslik
- Tomograflar va ularning fizik asoslari
- Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish
- Matematik analiz
- Chizigli algebra va analitik geometriya
- Fizpraktikum
- Mexanika va molekulyar fizika
- Biofizika
- Elektr va magnetism
- Differensial tenglamalar
- Klinik dozimetriya
- Radielektronika asoslari
- Optika
- Odam anatomiyasi va fiziologiyasi
- Tezlatgichlar fizikasi
- Nazariy fizika asoslari
- Atom, yadro va elementar zarralar fizikasi
- Tibbiyot elektronikasi va o'lchov asboblari
- Nur diagnostikasining fizik asoslari
- Lazerlarni tibbiyotda go'llanilishi
O'xshash dasturlar
Olmaliq davlat texnika instituti
Konchilik ishi (ochiq konchilik ishi)
9 500 000 so'm
yiliga
Olmaliq davlat texnika instituti
Mexanika muhandisligi
9 500 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat transport universiteti
Aviatsiya muhandisligi
—
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Aerokosmik muhandisligi
—
Olmaliq davlat texnika instituti
Arxitektura
11 000 000 so'm
yiliga
Olmaliq davlat texnika instituti
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari)
9 500 000 so'm
yiliga