WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60212100 – Muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha)

Tavsif:
Ushbu ta’lim dasturi orqali talabalar madaniy merosni asrab-avaylash, muzey fondlarini boshqarish, eksponatlarni tadqiq etish hamda muzey menejmentining nazariy va amaliy asoslari to’g’risidagi bilimlar asosida madaniy-ma’rifiy sohalarda faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Mazkur ta’lim yo’nalishi hozirgi kunda muzeylar, galereyalar, madaniy meros obyektlari va turizm sohasida zarur bo’lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

“Muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha)” ta’lim yo’nalishi talabalari 4 yil davomida muzeyshunoslik, restavratsiya asoslari, raqamli muzey texnologiyalari va ekspozitsiya dizayni kabi eng yangi va zarur bo’lgan fanlarni o’zlashtirish orqali ko’plab nazariy va amaliy ko’nikmalarga ega bo’ladilar.

Muzeyshunoslik ta’lim yo’nalishida Siz 8 semestr (4 yil) davomida jami 240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi.

O'xshash dasturlar