Dastur haqida
Ta’lim dasturi mazmuni
Nomi: Akademik xor dirijorligi
Tavsif:
“Akademik xor dirijorligi sanʼati” asosiy fanning maqsadi - talabani 4 yillik taʻlim doirasida bo‘lajak xor dirijorining barcha malakaviy (ijrochi, xormeyster va pedagog) xarakteristikalari yig‘indisi (sintez) orqali professional faoliyatga tayyorlash
Siz 4 yil davomida Akademik xor dirijorligi sanʼatining nazariy va amaliy ko’nikmalariga ega bo’lasiz.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami: 240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan:
Jami auditoriya soati: 240 soat
Malakaviy amaliyot: 13 soat
Bitiruv malakaviy ish: 25 soat
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestr |
Davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
120 |
1-8 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Malakaviy amaliyot |
13 |
2-4-6-8 |
|
|
Attestatsiyalar |
22 |
1-8 |
|
|
Bitiruv malakaviy ishi |
5 |
8 |
|
|
Kredit tizimiga kirish |
4 |
1-3-5-7 |
|
|
Ta’til |
40 |
1-8 |
|
|
Jami: |
204 |
|
|
1. |
1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi. |
|
2. |
O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 foizgacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 foizgacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin. |
|
3. |
Bitiruv malakaviy ishini bajarish muddatlari tarkibiga uni himoya qilish ham kiritiladi. |
|
4. |
O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari zarur hollarda oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi. |
|
5. |
Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi: |
|
O‘quv-tanishuv amaliyoti, Bolalar xori bilan ishlash amaliyoti (2-semestrda jami 120 soat), Havaskorlik xori bilan ishlash amaliyoti (4-semestrda jami 120 soat), O‘quv xorida va pedagogik amaliyot (6-semestrda jami 120 soat), Bitiruv oldi amaliyoti (8-semestrda jami 30 soat). |
|
|
6. |
Oliy ta’lim muassasasi mutaxasislik fanlar o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda kadrlar buyurtmachilarining talablarini e’tiborga oladi. |
|
7. |
San’at sohasidagi OTMlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mashg‘ulotlar ayrim fanlarda yakka tartibda (1-10 nafar), kichik guruhchalarda esa 2-12 nafargacha, guruhlarda 13-25 nafargacha, birlashgan akademik guruhlarda 100 nafargacha talabaga o‘tilishi ko‘zda tutiladi. |
|
8. |
Bitiruv malakaviy ishi (xor jamoasiga dirijorlik – asarlar notasi va ularning matn ko‘rinishidagi qisqa yozma tavsifi)ga rahbarlik uchun o‘quv jarayoni jadvalida ko‘rsatilgan 5 hafta mobaynida jami 25 soat ajratiladi. |
|
9. |
Mashg‘ulotlar uchun jo‘rnavozlik soatlari quyidagicha belgilanadi: |
|
- Akademik xor dirijorligi san’ati fani bo‘yicha o‘quv rejada ko‘rsatilgan umumiy vaqtning 200% hisobidan, "Yakka xonandalik" fani bo‘yicha 100% hisobidan; |
|
|
- Akademik xor dirijorligi san’ati fanidan bitiruv ishi (ijro dasturini tayyorlash)ga jo‘rnavozlar uchun 50% hisobidan; |
|
|
- Xor sinfi bo‘yicha o‘quv rejasida ko‘rsatilgan soatlarga asoslangan holda 100% miqdorida soatlar ajratiladi. Xor sinfida auditoriya soatlari bilan birgalikda hafta mobaynida 2-4 soatgacha mustaqil ta’lim soatlari (xor partiyalarini o‘rganish, xor va ansambl bilan ishlash va.x.k) qo‘shib o‘tiladi. |
O'xshash dasturlar
Qo‘qon Davlat Universiteti
Amaliy san'at (badiiy kulolchilik)
—
Buxoro davlat universiteti
Amaliy san’at: amaliy san’at asarlarini ta’mirlash
—
Yangi asr universiteti
Dizayn (Arxitektura muhitlari dizayni)
20 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (to‘qimachilik dizayni)
13 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (kostyum)
13 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (sanoat dizayni)
13 000 000 so'm
yiliga