WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Namangan davlat pedagogika instituti

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

Bakalavr Kunduzgi 3 yil

Dastur haqida

TA’LIM DASTURI HAQIDA

Ta’lim yo‘nalish nomi:  “60110500- Tasviriy san’at va  muhandislik grafikasi”

Ta’lim yo‘nalishi tavsifi:

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha siz tasviriy san’at, muhandislik grafikasi, chizma geometriyasi, dizayn asoslari hamda loyihalash faoliyatiga oid zarur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladi. Ular grafik tasvirlar yaratish, loyihalarni vizual taqdim etish, texnik chizmalar tayyorlash, hamda raqamli grafik dasturlar bilan ishlash ko‘nikmalarini egallaydilar.

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi – bu maktab va ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘quvchilariga san’at va grafikaga oid nazariy bilimlar bilan birga, ularni amaliy mashg‘ulotlar orqali tasviriy ifoda, muhandislik chizmalari va grafik loyihalash asoslariga o‘rgatish, ularning estetik tafakkuri va texnik ko‘nikmalarini rivojlantirish demakdir.

Siz 3 yil davomida quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni chuqur o‘zlashtirasiz:

    • Tasviriy san’at asoslari va san’atshunoslik bilimlari;
    • Kompozitsiya;
    • Perspektiva;
    • Rangshunoslik va ranglar muvofiqligi nazariyasi;
    • Chizmachilik va muhandislik grafikasi asoslari;
    • San’at tarixi va zamonaviy san’at yo‘nalishlari;
    • Geometrik va texnik chizmalar yaratish;
    • Muhandislik grafikasi asosida loyihalash ishlari;
    • Kompyuter grafikasi (Adobe Photoshop, CorelDRAW, AutoCAD va boshqa grafik dasturlar);
    • Grafik dizayn ishlanmalarini yaratish;

Biz bilan ta’lim oling va albatta ko‘zlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 6 semestr (3 yil) davomida jami: 180 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan;

Jami auditoriya soati: 4620 soat

Malakaviy amaliyot: 780 soat

Bitiruv malakaviy ishi: 150 soatni tashkil etadi.

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

30

1 – 6

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki  Yakuniy davlat attestatsi

4 kun nazariy va 2 kun amaliy ta’lim

60

3 – 6

Malakaviy amaliyot

10

1– 4

Attestatsiya

19

1 – 6

va Bitiruv malakviy ishi himoyasi

2

6

Ta’tillar

29

1 – 6

Kredit ta’lim tizimiga kirish

2

1,3,5

Jami

152

 

 

Qo‘shimcha izohlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
  • 4 kun nazariy va 2 kun amaliy ta’lim amalga oshirish 4 kun Namangan davlat pedagogika institutida nazariy ta’lim oladilar hamda 2 kun ta’lim tashkilotlarida amaliyot o‘tkaziladi
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan Nizom asosida amalga oshiriladi

  Bitiruvchilarning kasbiy faoliyat obyektlari:

  • Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
  • O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
  • Ishlab chiqarish konronalarida;
  • Davlat boshqruv organlarida mutaxassis sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.

O'xshash dasturlar