WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Osiyo texnologiyalar universiteti

Xorijiy til va adabiyoti(tillar bo'yicha)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili). Ingliz tilini chet tili sifatida o'qitish metodikasi, ingliz tili nazariy fanlari (fonetika, leksikologiya, grammatika, stilistika), ingliz va jahon adabiyoti hamda madaniyatlararo muloqot asoslarini egallash, o'quvchilarning kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish va zamonaviy ta'lim texnologiyalari asosida dars jarayonini tashkil etish bilan bog'liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi. Bitiruvchilar uzluksiz ta'limning maktabgacha, umumiy o'rta va o'rta maxsus, professional ta'lim tashkilotlari hamda oliy ta'lim muassasalarida ingliz tili o'qituvchisi, xorijiy tillarni o'qitish markazlarida mutaxassis, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy va xalqaro tashkilotlarda tarjimon, shuningdek ommaviy axborot vositalari va nashriyotlarda faoliyat olib borish imkoniyatiga ega bo'ladi.

O'xshash dasturlar