WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Guliston davlat pedagogika instituti

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil Grant mavjud

Dastur haqida

Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili)

3-8 semestrlarda 4+2 tartibda amalga oshiriladi. Bunda haftaning 4 kunida nazariy va amaliy ta’lim, 2 kunda pedagogik amaliyot o‘tkaziladi.
3-8 semestrdagi mutaxassislik fanlarining sillabuslarida mustaqil ta’lim mazmuni joriy semestrdagi amaliyot dasturi mazmuniga mos kelishi va bir birini to‘ldirishi, talabaning amaliyoti mustaqil ta’lim topshirig‘ini bajarish uchun asos sifatida xizmat qilishi nazarda tutilishi kerak.
1-3 kurs talabalarining yozgi ta’til davrida avvalgi semestrlarda o‘zlashtirilmagan fanlari uchun yozgi semestr tashkil qilinishi mumkin. Bunda yozgi ta’tilning birinchi haftasi ro‘yxatga olish haftaligi, keyingi to‘rt hafta yozgi semestr hisobidan akademik davr hisoblanadi.
O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg'ulotlari oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy  tashkilotlarda o‘tkazilishi mumkin.
Bitiruv oldi amaliyoti tarkibiga uni himoya qilish bo‘yicha Davlat attestatsiyalari ham kiradi.
* Ingliz tili o‘qitish metodikasi (ITO‘M308) fani tarkibiga xalqaro baholash dasturlari doirasidagi (PIRLS kontekstlari, matnni o‘qish va tushunish darajalari) kasbiy ko‘nikmalar shakllantirilishini nazarda tutuvchi 20 soatdan kam bo‘lmagan mavzular kiritilishi nazarda tutiladi.
Bitiruv malakaviy ishi tarkibiga uni himoya qilish bo‘yicha Davlat attestatsiyalari ham kiradi.

O'xshash dasturlar