Guliston davlat pedagogika instituti
4,877
Talabalar
15
Xorijiy talabalar
136
O'qituvchilar
5
Fakultetlar
10
Kafedralar
2022
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qaroriga muvofiq Guliston davlat universitetining pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Guliston davlat pedagogika instituti tashkil etildi. Institutimiz malakali pedagogik kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan. Tashkil qilinganiga, ko‘p vaqt bo‘lmaganiga qaramasdan, ilm-fan sohasida ko‘plab yutuqlarga erishib kelmoqda.
Guliston davlat pedagogika instituti bo‘lajak o‘qituvchilar tayyorlovchi yetakchi ta'lim muassasi sifatida e'tirof etiladi. Hozirgi vaqtda institutimizda, 2 ta fakultet mavjud: Pedagogika va Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetlari. Ushbu fakultetlar o‘z ichiga 5 ta kafedrani qamrab oladi. Ular, "Aniq va tabiiy fanlar" kafedrasi, "Pedagogika" kafedrasi, "O'zbek tili va tillarni o'qitish" kafedrasi, "Ijtimoiy fanlar va san'atshunoslik" kafedrasi, "Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi" kafedrasi.
Bugungi kunda, Guliston davlat pedagogika institutida 4000 ga yaqin talaba tahsil olmoqda va 300 ga yaqin professor-o‘qituvchilar talabalarga ilm-fan sohasida yutuqlarga erishishga hamda sifatli bilim olishga ko‘maklashib kelishmoqda. Institutimizda barcha birday ta'lim olishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan.
Xorijiy talabalar uchun
Guliston davlat pedagogika institutida xorijlik talabalarimizning institutimizga qiziqish bildirgan paytdan boshlab qulayligi va muvaffaqiyatini birinchi o‘ringa qo‘yamiz. Dastlabki so'rovlardan tortib, ro'yxatga olish va ularning o'qishlari davomida biz har tomonlama yordam va muvofiqlashtirishni ta'minlaymiz. Zamonaviy yotoqxonalarimiz barcha zarur xom-ashyolar bilan jihozlangan bo‘lib, o‘qishda muvaffaqiyat qozonish uchun qulay yashash sharoiti ta’minlanadi. Shahar markaziga yaqin joylashganligi esa, talabalarga turli qulayliklar va dam olish tadbirlaridan osongina foydalanishlari uchun imkon yaratib beradi, bu esa o'qishdan tashqarida har tomonlama tajriba orttirish imkonini beradi. Qolaversa, institutimizning poytaxt Toshkentga yaqinligi, mashinada bor-yo‘g‘i bir yarim soatlik masofada joylashgani yangi tadqiqotlar va madaniy hordiq chiqarish uchun yanada keng imkoniyatlar ochadi. Gulistonda xorijlik talabalar ko'plab ishga joylashish imkoniyatlarini topa oladilar, shu bilan birga arzon yashash narxlaridan bahramand bo'lishadi. Ingliz, rus va qozoq tillarida taklif etilayotgan dasturlar bilan biz talabalarni bizga qo'shilishga va sifatli pedagogik ta'lim va o'zbek madaniyatining boy merosiga sho'ng'ishga taklif qilamiz. Keling, pedagogik mukammallikni qabul qiling va biz bilan o'sish va kashfiyot sayohatiga otlaning.
Xalqaro hamkorlik bo‘limining kontaktlari:
Telefon: +998945458668 (Telegram/WhatsApp)
Elektron pochta: gspi.int.office@gmail.com
Til kurslari
Guliston davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning zamonaviy mehnat bozori talablariga mos bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro ta’lim va ilmiy hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida xorijiy tillar kurslari tashkil etilgan.
Bugungi kunda institutda quyidagi xorijiy tillar bo‘yicha kurslar faoliyat olib bormoqda:
- ingliz tili;
- rus tili;
- xitoy tili;
- turk tili;
- koreys tili.
Mazkur kurslarda tinglovchilarning til bilish darajasini oshirish, kundalik va akademik muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish, lug‘at boyligini kengaytirish hamda xorijiy tilda erkin muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Kurs mashg‘ulotlari zamonaviy pedagogik yondashuvlar va interaktiv metodlar asosida tashkil etilib, tinglovchilarning individual ehtiyojlari va til bilish darajasidan kelib chiqib olib boriladi. Shuningdek, ayrim yo‘nalishlarda xalqaro til sertifikatlarini olishga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatlari ham yaratilmoqda.
Xorijiy tillar kurslariga institut talabalari, o‘quvchilar, til o‘rganishga qiziquvchi fuqarolar hamda kasbiy rivojlanishini maqsad qilgan mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Hozirgi kunda xorijiy tillarni bilish ta’lim, ilm-fan, xalqaro hamkorlik va kasbiy faoliyatda muhim kompetensiyalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, Guliston davlat pedagogika institutida tashkil etilgan mazkur kurslar yoshlarning xorijiy tillarni puxta egallashi, ularning xalqaro imkoniyatlardan samarali foydalanishi va kelgusidagi kasbiy faoliyatiga tayyorgarligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Talabalar uchun imkoniyatlar
Guliston davlart pedagogika institutida ko‘plab talabalarimiz sport, aqliy salohiyat, ijodkorlik, amaliy ishlanmalar kabi yo‘nalishlarda ko‘plab yutuqlarga erishib kelishmoqda. Jumladan, 2023/24-o‘quv yilida institumizning Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim 2-bosqich 20ye-22-guruh talabasi Tolibjonova Malikaxon Zafarjon qizi "Islom Karimov" nomli davlat stpendiyasiga sazovor bo‘ldi. 2023-yilda Xakimova Ulbo‘sin sportning kurash turi bo‘yicha, Mansurov Zuhur sportning “Karate Shotakan” turi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldilar. Bundan tashqari, iqtidorli talabalarimizdan biri Bo‘ronboyev Kattabek 2023-yilning 23-29-oktabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida o‘tkazilgan “Muhammad al-Xorazmiy" nomidagi II xalqaro matematika olimpiadasida faxrli 3-o‘rinni egalladi. Guliston davlat pedagogika instituti shu kabi iqtidorli talabalarni yetishtirishda davom etishga qattiq bel bog‘lagan.
Fakultetlar
Gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti dekani
Komilov Jamoliddin Karimjonovich

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Xakimov Ravshan Raimovich
Yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari.
Xudayberdiev Abdumadjid Abdujalilovich
Ijtimoiy fanlar va san'atshunoslik kafedra mudiri.
Saidkulov Nuriddin Akramkulovich
-
Guliston davlat pedagogika instituti “Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi
Kafedra mudiri: Saidkulov Nuriddin Akramkulovich
Elektron manzili: mannur_25@mail.ru, saidkulov8923@gmail.com
Qabul kunlari: seshanba, chorshanba, juma
Kafedraning tarixi:
“Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi 2022-2023-o’quv yilida Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Hozirda kafedra mudiri lovozimida siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori Saidkulov Nuriddin Akramkulovich faoliyat yuritib kelmoqda.
Bugungi kunda kafedrada “60112100-Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”, “60111200-Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi”, “60111300-Musiqa ta'limi”, “60111000-Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” bakalavr yo’nalishi bo’yicha malakali kadrlar tayyorlanmoqda.
“Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasining bosh ilmiy-tadqiqot mavzulari:
1. “Yangi O’zbekistonda yoshlar siyosiy madaniyatini shakllantirish omillari, yo’nalishlari va mexanizmlari”
2. “Mediamakonda yoshlar dunyoqarashini shakllantirishning o’ziga xos xususiyati”
3. “Yoshlarda musiqa va san’at madaniyatini shakllantirishning pedagogik jihatlari”
4. “Mirzacho’l iqtisodiy landshaftining o’ziga xos xususiyati”
Kafedraning ilmiy faoliyati:
Kafedra professor-o’qituvchilari: 2022-yilda N.Saidkulov “Yoshlar siyosiy madaniyatni innovatsion-kreativ yondashuv asosida shakllantirish mexanizmlari”, 2022-yilda U.Mirzaliyev “O’zbekistondagi tarixiy-demografik jarayonlarning o’ziga xos xususiyatlari (Sirdaryo va Jizzax viloyatlari misolida, 1956-2020 yy)”, 2021-yilda I.Djurayev “Markaziy Osiyo chorvador jamoalarining janubga migratsiyasi va Janubiy Turonda ilk entogenetik jarayonlar, (Bornza-ilk temir davri moddiy madaniyati va ilmiy adabiyotlari tahlili asosida)” mavzusida, 2020-yilda R.Xayrov “Tasviriy san’at darslarida o’quvchilarga individual yondashuvning ilmiy-metodik asoslari” mavzularida (PhD) dissertatsiyalarini himoya qilishgan.
Bundan tashqari kafedra dotsenti v.b R.Xayrovning “Tasviriy san’at darslarida o’quvchilarga individual yondashuv” monografiyasi (2021-y), “Dekarativ rangtasvir” o’quv qo’llanmasi (2022-y), I.Djurayevning “O’zbek xalq etnogenezining ilk bosqichi” monografiyasi (2021 y.) nashr qilingan.
Bugungi kunda kafedra a’zolari tomonidan 20 dan ortiq fanlardan o’quv-uslubiy majmualari zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tayyorlangan. Shu kungacha kafedra a’zolarining 150 dan ortiq ilmiy maqolalari nashr etilgan. Kafedra o’qituvchilari tomonidan bir qator risolalar oliy o’quv yurtlari, texnikumlar, litsey va maktab talaba-o’quvchilari, o’qituvchilari uchun qo’llanma vazifasini o’tab kelmoqda.
Kafedra qoshida “Yosh targ’ibotchilar” (rahbari – N. Tursinqulov), “Tasviriy san’at” (rahbari– N.Jumaboyev), “Yosh huquqshunoslar” (rahbari – X.Yarbayev) kabi kichik maktablar faoliyat ko’rsatadi.
Kafedraning ilmiy hamkorligi va axborot resurs bazasi:
“Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti, O’zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Jizzax davlat pedagogika universiteti, Guliston davlat universitetining tegishli kafedralari bilan hamkorlik yaqin hamkorlik qilib keladi, birgalikda ilmiy anjumanlar, seminarlar uyushtiradi. Bundan tashqari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi bilan uzviy aloqa o’rnatgan.
Kafedra Sirdaryo viloyatida malakaviy va pedagogik amaliyot bo’yicha Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, Sirdaryo viloyati bandlik bosh boshqarmasi, Ma’naviyat-ma’rifat markazi Sirdaryo viloyati boshqarmasi, Akademik litseylar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Kafedra manzili:
Guliston shahri. 4-mavze, Guliston davlat pedagogika instituti, bosh bino, 3-qavat, 305-xona.
Elektron pochta: ijtimoiy_fanlar.guliston@mail.ru, ijtimoiy_fanlar @gmail.com
Tillarni o'qitish kafedrasi mudiri
Kurbanov Baxram Shukriyevich
O‘zbek tili va tillarni o‘qitish kafedrasi 2022 yil 5 sentyabrdan faoliyat olib bormoqda. Kafedrada quyidagi bakalavr yo‘nalishlari mavjud:
- 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti
- 60111500 – Ona tili va adabiyoti (Qozoq tili va adabiyoti)
- 60111700 – O‘zga tilli guruhlarda rus tili
- 60111800 – Xoijiy til va adabiyoti (Ingliz tili va adabiyoti)
Kafdrada joriy o‘quv yilida 44 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Ulardan 22 nafari asosiy shtatda ishlaydi, qolgan 22 nafari esa – o‘rindosh sifatida. Asosiy shtatga nisbatan ilmiy salohiyat 19 % ni tashkil etadi.
Kafedraning bosh ilmiy tadqiqot mavzusi “Zamonaviy tilshunoslik va adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari” deb nomlangan bo‘lib, barcha professor-o‘qituvchilar kafedraning ushbu bosh ilmiy-tadqiqot mummosiga tegishli quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borishadi:
- Bo‘lajak pedagoglarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish texnologiyalari.
- Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb muammolari.
- Zamonaviy adabiyotshunosliknng dolzarb muammolari.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedra faoliyati davomida
- 3 ta darslik;
- 6 ta o‘quv qo‘llanma;
- 1 ta monografiya;
- 4 ta uslubiy qo‘llanma tayyorlanib, chop etilgan.
Shuningdek, rejadan tashqari, professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlardan mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari uchun 10 dan ortiq uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlanib chop etilgan.
Kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 2024-yil oxirigacha kafedra professor-o‘qituvchilaridan 1 nafari DSc va 4 nafari (PhD) dissertatsiyarini himoya qilishi rejalashtirilgan.
Kafedra bir necha xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik ishlarini olib boradi. Jumladan, 2023-2024-o‘quv yilida Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetidan (Qozog‘iston) 2 nafar oliy toifali mutaxassisilar Yerjanova Saule Baymurzayevna va Bekkojanova Gulnar Kismatollayevnalar tashrif buyurdilar va kafedra talabalariga 60 soat miqdorida mahorat darslari o‘tdilar. O‘z navbatida kafedra dotsenti Jabborova Dilbar Darmonovna ushbu o‘quv yurtida stajirovka o‘tab qaytdi.
Kafedrada mutaxassislaridan 6 nafari ingliz tili bo‘yicha C1 darajasidagi, 7 nafari rus tili bo‘yicha C1 darajasidagi, 1 nafari fransuz tili bo‘yicha B2 darajasidagi, 2 nafari turk tili bo‘yicha B2 darajasidagi til bilish sertifikatiga ega
Fakultetni dekan sifatida B.A.Abdullayev boshqarib kelmoqda. Fakultetda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.A.Xudayberdiyev, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari R.Xakimovlar faoliyat olib bormoqda.

Fakultetda jami 1040 nafar talaba tahsil oladi. Shundan 852 nafari qizlar, 188 nafari o‘g‘il bolalar. Talaba qizlardan 200 nafari talabalar turar joyida, 441 nafar talaba ijara asosida qolgan 399 nafar talabalar o‘z uyi va yaqin qarindoshinikida istiqomat qilishadi.
Fakultetda quyidagi bakalavr ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
60111400-O‘zbek tili va adabiyoti;
60111500-Ona tili va adabiyoti (qozoq tili va adabiyoti);
60111700-O‘zga tilli guruhlarda rus tili;
60111800-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili);
60111000-Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari;
60111200-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
60111300-Musiqa ta’lim;
60112100-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’lim;
60111100-Tarix;
Fakultet rus tili, ingliz tili, ona tili, tarix, milliy istiqlol g‘oyasi va manaviyat asoslari, tasviriy san’at va musiqa fani o‘qituvchilari sohalarida akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, maktabgacha va maktab ta’lim muassasalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi.
Fakultetda quyidagi kafedralar faoliyat yuritmoqda:
- O‘zbek tili va tillarni o‘qitish kafedrasi;
- Ijtimoiy fanlar va san’atshinoslik kafedrasi;
O‘zbek tili va tillarni o‘qitish kafedrasi
Kafedrada joriy o‘quv yilida 44 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Ulardan 22 nafari asosiy shtatda ishlaydi, qolgan 22 nafari esa – o‘rindosh sifatida. Asosiy shtatga nisbatan ilmiy salohiyat 19 % ni tashkil etadi.
Kafedraning bosh ilmiy tadqiqot mavzusi “Zamonaviy tilshunoslik va adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari” deb nomlangan bo‘lib, barcha professor-o‘qituvchilar kafedraning ushbu bosh ilmiy-tadqiqot mummosiga tegishli quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borishadi:
- Bo‘lajak pedagoglarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish texnologiyalari.
- Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb muammolari.
- Zamonaviy adabiyotshunosliknng dolzarb muammolari.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedra faoliyati davomida
- 3 ta darslik;
- 6 ta o‘quv qo‘llanma;
- 1 ta monografiya;
- 4 ta uslubiy qo‘llanma tayyorlanib, chop etilgan.
Shuningdek, rejadan tashqari, professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlardan mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari uchun 10 dan ortiq uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlanib chop etilgan.
Kafedra bir necha xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik ishlarini olib boradi. Jumladan, 2023-2024-o‘quv yilida Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetidan (Qozog‘iston) 2 nafar oliy toifali mutaxassisilar Yerjanova Saule Baymurzayevna va Bekkojanova Gulnar Kismatollayevnalar tashrif buyurdilar va kafedra talabalariga 60 soat miqdorida mahorat darslari o‘tdilar.

O‘z navbatida kafedra dotsenti Jabborova Dilbar Darmonovna ushbu o‘quv yurtida stajirovka o‘tab qaytdi.
Kafedrada mutaxassislaridan 6 nafari ingliz tili bo‘yicha C1 darajasidagi, 7 nafari rus tili bo‘yicha C1 darajasidagi, 1 nafari fransuz tili bo‘yicha B2 darajasidagi, 2 nafari turk tili bo‘yicha B2 darajasidagi til bilish sertifikatiga ega.
Ijtimoiy fanlar va san’atshinoslik kafedrasi.
Kafedrada joriy o‘quv yilida 34 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Ulardan 18 nafari asosiy shtatda ishlaydi, qolgan 16 nafari esa – o‘rindosh sifatida.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedra faoliyati davomida
“Tasviriy san’at fanini o‘qitish metodikasi” darslik (dotsent R.Xayirov)
Kafedra bir necha xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik ishlarini olib bormoqda. Shu asosda kafedra dotsenti Mirzaliyev Ulugbek Begmurzayevich Turkiya davlatining Belikesr Universitetida stajirovkada bo‘lib qaytdi.

O‘z navbatida kafedra katta o‘qituvchisi Kanimkulov Olimjon Sheraliyevich Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetida stajirovka o‘tab qaytdi.
Fakultetda talabalarimiz orasida koʻpgina talabalarimiz oʻz sohalari boʻyicha yaxshi natijalarga erishib kelmoqda.
Jumladan:
- “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik tanlovining hududiy saralash bosqichida fakultetimizning “Anor” nomli jamoasi g‘olib bo‘lib “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining mintaqaviy bosqichga yo‘llanma olishdi.
Pedagogika fakulteti dekani
Norqulov Shavkat Turg`unboyevich
O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Daminov Otabek
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Boyjigitov Nishonboy
P.f.n., dotsent
Pedagogika kafedrasi mudiri
Qulmamatov Sindorqul Ibragimovich
Pedagogika kafedrasi 2022 yil 5 sentyabrdan faoliyat olib bormoqda. Kafedrada quyidagi bakalavr yo‘nalishlari mavjud:
- 60110100 -Pedagogika
- 60110500 - Boshlang‘ich ta’lim
- 60110200 - Maktabgacha ta’lim.
Shuningdek, kafedrada 3 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi. Jumladan:
- 70110102- Pedagogika va psixologiya
- 70110501- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(boshlang ‘ich ta’lim)
- 70110201 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(maktabgacha ta’lim)
Kafedrada joriy o‘quv yilida 55 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Ulardan 28 nafari asosiy shtatda, qolgan 27 nafari esa o‘rindosh. Asosiy shtatga nisbatan ilmiy salohiyat 39,2 % ni tashkil etadi.
Kafedraning bosh ilmiy tadqiqot mavzusi “Bo‘lajak pedagog kadrlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning dolzarb muammolari va yechimlari” deb nomlangan bo‘lib, barcha professor-o‘qituvchilar kafedraning ushbu bosh ilmiy-tadqiqot muammosiga tegishli quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borishadi:
- “Bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirish texnologiyalari”.
- “O‘qituvchi shaxsini kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning dolzarb muammolari”.
- “Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida sifat va samaradorlikni oshirishning ilg‘or texnologiyalari”.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan joriy o‘quv yili davomida
- 5 ta darslik;
- 7 ta o‘quv qo‘llanma;
- 6 ta monografiya;
- 1 dona uslubiy qo‘llanma;
- 8 ta uslubiy ko‘rsatma tayyorlanib chop etilgan.
Shuningdek, 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya tayyorlanib, institut kengashidan muhokamadan o‘tkazildi.
Shuningdek, rejadan tashqari, professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlardan mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari uchun 10 dan ortiq uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlanib chop etilgan.
Kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 2024 yil oxirigacha kafedra professor-o‘qituvchilaridan 1 nafari DSc va 5 nafari (PhD) dissertatsiyalarini himoya qilishi rejalashtirilgan.
Aniq va tabiiy fanlar kafedra mudiri, PhD
Niyozov Muhammad Baxronovich
Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi 2022 yil 5 sentyabrdan buyon faoliyat olib bormoqda. Kafedrada quyidagi bakalavr yo‘nalishlari mavjud:
- 60110600 - Matematika va informatika
- 60110700 - Fizika va astronomiya
- 60110900 – Biologiya
- 60110800 – Kimyo
- 60112300 - Texnologik taʼlim
Kafedrada quyidagi magistratura yo‘nalishlari:
- 70110602 - Ta’limda axborot texnologiyalari
- 70110901 - Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (biologiya)
- 70110801 – Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (kimyo)
- 70112301 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim)
Kafdrada joriy o‘quv yilida 38 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Ulardan 9 nafari asosiy shtatda ishlaydi, qolgan 29 nafari esa – o‘rindosh sifatida. Asosiy shtatga nisbatan ilmiy salohiyat 12 % ni tashkil etadi.
Kafedraning bosh ilmiy tadqiqot mavzusi “Uzluksiz ta’lim tizimida aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishning sifat va samardorligini oshirish muammolarini tadqiq qilish” deb nomlangan bo‘lib, barcha professor-o‘qituvchilar kafedraning ushbu bosh ilmiy-tadqiqot mavzusiga tegishli quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borishadi:
- Uzluksiz ta’lim tizimida fizika va astronomiya fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish.
- Uzluksiz ta’lim tizimida matematika va informatika fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish.
- Uzluksiz ta’lim tizimida biologiya fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish.
- Uzluksiz ta’lim tizimida kimyo fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtiris
- Uzluksiz ta’lim tizimida texnologik ta’limni o‘qitishda amaliy kompetensiyalarni takomillashtirish.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedra faoliyati davomida
- 2 ta darslik;
- 4 ta o‘quv qo‘llanma;
- 3 ta uslubiy ko‘rsatma tayyorlanib, chop etilgan.
Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan joriy yil hisobiga 13 dan ortiq OAK etirofidagi jurnallarda 15 dan ortiq xorijiy jurnallarda maqolalarini elon qilishgan.
Kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 2024-yil oxirigacha kafedra professor-o‘qituvchilaridan 3 nafari (PhD) dissertatsiyarini himoya qilishi rejalashtirilgan.
Kafedrada mutaxassislaridan 2 nafari B2 va 2 nafari B1 darajasidagi til bilish sertifikatiga ega.
Fan nomzodi, PhD. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri
Saribayev Shuxrat Turdibekovich
Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi 2022 yil 5 sentyabrdan buyon faoliyat olib bormoqda. Kafedrada quyidagi bakalavr yo‘nalishlari mavjud:
- 60110600 - Matematika va informatika
- 60110700 - Fizika va astronomiya
- 60110900 – Biologiya
- 60110800 – Kimyo
- 60112300 - Texnologik taʼlim
Kafedrada quyidagi magistratura yo‘nalishlari:
- 70110602 - Ta’limda axborot texnologiyalari
- 70110901 - Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (biologiya)
- 70110801 – Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (kimyo)
- 70112301 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim)
Kafdrada joriy o‘quv yilida 38 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Ulardan 9 nafari asosiy shtatda ishlaydi, qolgan 29 nafari esa – o‘rindosh sifatida. Asosiy shtatga nisbatan ilmiy salohiyat 12 % ni tashkil etadi.
Kafedraning bosh ilmiy tadqiqot mavzusi “Uzluksiz ta’lim tizimida aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishning sifat va samardorligini oshirish muammolarini tadqiq qilish” deb nomlangan bo‘lib, barcha professor-o‘qituvchilar kafedraning ushbu bosh ilmiy-tadqiqot mavzusiga tegishli quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borishadi:
- Uzluksiz ta’lim tizimida fizika va astronomiya fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish.
- Uzluksiz ta’lim tizimida matematika va informatika fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish.
- Uzluksiz ta’lim tizimida biologiya fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish.
- Uzluksiz ta’lim tizimida kimyo fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtiris
- Uzluksiz ta’lim tizimida texnologik ta’limni o‘qitishda amaliy kompetensiyalarni takomillashtirish.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedra faoliyati davomida
- 2 ta darslik;
- 4 ta o‘quv qo‘llanma;
- 3 ta uslubiy ko‘rsatma tayyorlanib, chop etilgan.
Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan joriy yil hisobiga 13 dan ortiq OAK etirofidagi jurnallarda 15 dan ortiq xorijiy jurnallarda maqolalarini elon qilishgan.
Kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 2024-yil oxirigacha kafedra professor-o‘qituvchilaridan 3 nafari (PhD) dissertatsiyarini himoya qilishi rejalashtirilgan.
Kafedrada mutaxassislaridan 2 nafari B2 va 2 nafari B1 darajasidagi til bilish sertifikatiga ega.
Ta'lim yo'nalishlari
| Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) 70110601 | Magistr |
| Biologiya 60510100 | Bakalavr |
| Boshlang‘ich ta’lim 60110400 | Bakalavr |
| Fizika 60530500 | Bakalavr |
| Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari 60111000 | Bakalavr |
| Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi (huquq ta'limi) 70112101 | Magistr |
| Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o`qitish metodikasi(ma'naviyat asoslari) 70112101 | Magistr |
| Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix) 70111101 | Magistr |
| Jismoniy madaniyat 60112200 | Bakalavr |
| Kimyo 60110800 | Bakalavr |
| Maktabgacha ta’lim 60110200 | Bakalavr |
| Matematika va informatika 60110600 | Bakalavr |
| Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60111100 | Bakalavr |
| Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi 70111202 | Magistr |
| Musiqa ta’limi 60110600 | Bakalavr |
| Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha) 60111500 | Bakalavr |
| O‘zbek tili va adabiyoti 70111401 | Bakalavr |
| O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili 70111601 | Bakalavr |
| Pedagogika 60110100 | Bakalavr |
| Psixologiya 60310300 | Bakalavr Magistr |
| Tarix 60220300 | Bakalavr |
| Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 60110500 | Bakalavr |
| Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) 70110501 | Magistr |
| Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) 70110201 | Magistr |
| Ta’limda axborot texnologiyalari 70110105 | Magistr |
| Texnologik ta’lim 60111300 | Bakalavr |
| Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Guliston davlat pedagogika instituti
Pedagogika
—
Guliston davlat pedagogika instituti
Tarix
12 000 000 so'm
yiliga
Guliston davlat pedagogika instituti
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
12 000 000 so'm
yiliga
Guliston davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim
—
Guliston davlat pedagogika instituti
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
—
Guliston davlat pedagogika instituti
Tarix
—
Guliston davlat pedagogika instituti
Musiqa ta’limi
—
Guliston davlat pedagogika instituti
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
—
Guliston davlat pedagogika instituti
Texnologik ta’lim
—
Guliston davlat pedagogika instituti
Jismoniy madaniyat
—
Guliston davlat pedagogika instituti
Boshlang‘ich ta’lim
—
Guliston davlat pedagogika instituti
Pedagogika
12 000 000 so'm
yiliga
Talabalar fikri
Abdulhaqova Zulfiya Abdusalihovna
Umirboyeva Joziba Foziljonovna
Bobomurodova Mo‘tabar Oybek qizi
Abdisaliyeva Xusnora Kamoliddin qizi
Saʼdullayeva Sevinch Ruslanovna