WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Dastur haqida

Davolash ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan va sog‘liqni saqlash sohalariga tegishli yo‘nalish bo‘lib, sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish, tibbiy nufuzini oshirish, o‘tkir va surunkali kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishini oldini olish, yuqumli kasalliklarni oldini olish doirasida epidemiya va pandemiyaga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, kasalliklarni tashxislash va davolashning zamonaviy usullaridan keng foydalangan holda bemorlarning tibbiy muammolari bo‘yicha asosiy vazifalarni hal qilish, sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida tibbiy-ijtimoiy vazifalarni bajarish bo‘yicha kompleks masalalarni echishni o‘z ichiga oladi.

Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari:
– sog‘liqni saqlash tizimidagi jarayonlar, islohotlar, sog‘liqni saqlash tizimiga tegishli qaror va farmonlar, buyruqlar, chora-tadbirlar, dasturlar, standartlar, innovatsion g‘oya va loyihalar, ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy maqolalar, tezislar, me’yoriy hujjatlar, ma’lumotnomalar, hisobotlar;
– tibbiyot asbob-uskunalari, simulyatsion ta’lim texnologiyalari, simulyator robotlar va fantomlar, dori vositalari, muolajalar, resurslar, vositalar, usul va uslublar majmuasi;
– jamiyat, aholi, oila, bemorlar, tibbiy yordamga muhtoj qariyalar, kattalar va bolalar, ayollar va erkaklar;

O'xshash dasturlar