EMU universiteti (Yevroosiyo multidisiplinar universiteti)
4,000
Talabalar
100
Xorijiy talabalar
400
O'qituvchilar
6
Fakultetlar
10
Kafedralar
2020
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
EMU University — Toshkent shahrida joylashgan xususiy oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, tibbiyot, farmatsiya, stomatologiya, biologiya, kimyo, biznes va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitet zamonaviy ta’lim texnologiyalari, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari hamda xalqaro hamkorlik loyihalariga alohida e’tibor qaratadi.
Asosiy afzalliklari
- Zamonaviy o‘quv binolari va laboratoriyalar.
- Simulyatsion markazlar va klinik bazalarda amaliy mashg‘ulotlar.
- Mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchilar ishtirokidagi ta’lim.
- Xalqaro amaliyot va almashinuv dasturlari.
- Grant va stipendiya imkoniyatlari.
Xorijiy talabalar uchun
{}
Xalqaro hamkorlik
{}
Til kurslari
{}
Fakultetlar
Sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida, aholi o‘rtasida o‘tkir va surunkali kasalliklarning tarqalishini oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish doirasida epidemiya va pandemiyaga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, kasalliklarni tashxislash va davolashning zamonaviy usullari, milliy protokollardan hamda dalillarga asoslangan tibbiyotdan keng foydalangan holda bemorlarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha asosiy muammolarni hal qilish, raqamli texnologiyalardan, jumladan, elektron tibbiy qaydlar va teletibbiyotdan samarali foydalanish, sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida tibbiy-ijtimoiy vazifalarni bajarish bo‘yicha kompleks masalalar bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
“Biznes, boshqaruv va huquq” ta’lim sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, u turli mulk shakllariga tegishli tarmoq, sohalarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari, moliya, kredit va sug‘urta muassasalari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, akademik va tarmoq, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy, moliya, marketing, ishlab chiqarish-iqtisodiy va tahlil xizmatlarini o‘z ichiga oladi. Tarmoqlar va korxonalarni rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublari bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Farmatsiya (turlari boʻyicha) bakalavriat taʼlim yoʻnalishi – “Sogʻliqni saqlash” taʼlim sohasiga oid yoʻnalish boʻlib, aholiga farmatsevtik yordam koʻrsatish, isteʼmolchilarning farmatsevtika tashkilotida sotishga ruxsat berilgan xavfsiz, samarali va yuqori sifatli dori vositalari, tibbiy buyumlar, asbob-uskunalar hamda boshqa farmatsevtika mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini aniqlash va talabini qondirish, farmatsevtika tashkiloti faoliyatini tashkil etish va boshqarish, farmatsevtik tashkilot mehnat jamoasi ishini tashkil etish va boshqarish, dorixonalar va dorixona shahobchalarida dori vositalari hamda tibbiy buyumlarning chakana savdosini, dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji savdosini amalga oshirish, omborxonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlarni amaldagi meʼyoriy hujjatlar asosida saqlashni tashkil etish, dorixona faoliyatida buxgalteriya, statistik va miqdoriy-buyum hisobini yuritish, dorixona faoliyatining asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlarini tahlil qilish va rejalashtirish, dorixona sharoitida dori vositalari hamda boshqa turdagi tibbiy va farmatsevtik mahsulotlarni tayyorlash, tibbiy va farmatsevtik mahsulotlarni qadoqlash, oʻrash va saqlashni taʼminlashni oʻz ichiga oladi.
Shuningdek, mazkur taʼlim yoʻnalishi dorixona va farmatsevtika korxonalari faoliyatida dori preparatlarini ishlab chiqarish, zaharli, giyohvand, psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi moddalar hamda ularning metabolitlarini biologik obyektlar va biologik suyuqliklardan ajratib olish, ularning sifat va miqdorini aniqlash, farmatsevtik preparatlar, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va boshqa moddalarni sifat hamda miqdor jihatidan tahlil qilish, olingan tekshiruv natijalarini ilmiy asosda talqin etish, dori vositalarining sifatini biologik usullar bilan nazorat qilish, farmakologik va toksikologik tadqiqotlarni oʻtkazish, samarali va xavfsiz farmakoterapiyani tashkil etish, dori vositalarining klinik tadqiqotlarini tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek kuchli taʼsir etuvchi, psixotrop va giyohvand dori vositalari muomalasini nazorat qilish bilan bogʻliq kompleks masalalarni hal etish boʻyicha zarur bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan.
Stomatologiya ta’lim yo‘nalishi — fan va sog‘liqni saqlash sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida aholi o‘rtasida stomatologik kasalliklarni tashhislash va davolashning zamonaviy usullaridan keng foydalangan holda bemorlarning tibbiy muammolari bo‘yicha asosiy vazifalarni hal qilish, stomatologik yordam va dispanser kuzatuv faoliyatining usullari va uslublarining sifatini oshirish (davolash-profilaktik, tibbiy-ijtimoiy) bo‘yicha kompleks masalalarni yechish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etish hamda davlat va nodavlat tibbiy muassasalarda kompleks masalalar bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
Yo‘nalish bo‘yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlarning kasbiy faoliyat sohalarida qo‘shimcha va o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
Kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari:
* sog‘liqni saqlash tizimidagi barcha davlat va nodavlat davolash muassasalarida shifokor umumiy stomatolog faoliyati.
Stomatologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tamomlagandan so‘ng, bitiruvchilar pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgan taqdirda, professional ta’lim muassasalarida ta’limning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.
Pediatriya bakalavriat taʼlim yoʻnalishi – fan va sogʻliqni saqlash sohalariga tegishli yoʻnalish boʻlib, sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻibot qilish, oʻtkir va surunkali kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish, yuqumli kasalliklarning oldini olish doirasida epidemiya va pandemiyaga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, kasalliklarni tashxislash va davolashning zamonaviy usullari, milliy protokollardan hamda dalillarga asoslangan tibbiyotdan keng foydalangan holda bemorlarning tibbiy muammolari boʻyicha asosiy vazifalarni hal qilish, raqamli texnologiyalardan, jumladan, elektron tibbiy qaydlar va teletibbiyotdan samarali foydalanish, sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻinida tibbiy-ijtimoiy vazifalarni bajarish boʻyicha kompleks masalalarni yechishni oʻz ichiga oladi.
Ta'lim yo'nalishlari
| Biologiya 60510100 | Bakalavr |
| Davolash ishi 60910200 | Bakalavr |
| Farmatsiya (turlari bo‘yicha) 60910700 | Bakalavr |
| Fundamentalni tibbiyot 60911100 | Bakalavr |
| Kimyo (turlari bo‘yicha) 60530100 | Bakalavr |
| Kosmetalogiya 61011100 | Bakalavr |
| Pediatriya ishi 60910300 | Bakalavr |
| Stomatologiya 60910100 | Bakalavr Magistr |
| Tibbiy profilaktika ishi 60910400 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
EMU universiteti (Yevroosiyo multidisiplinar universiteti)
Biznesni boshqarish
—
EMU universiteti (Yevroosiyo multidisiplinar universiteti)
Farmatsiya (turlari bo‘yicha)
75 562 500 so'm
yiliga
EMU universiteti (Yevroosiyo multidisiplinar universiteti)
Pediatriya ishi
75 562 500 so'm
yiliga
EMU universiteti (Yevroosiyo multidisiplinar universiteti)
Stomatologiya
82 400 000 so'm
yiliga
EMU universiteti (Yevroosiyo multidisiplinar universiteti)
Davolash ishi
82 400 000 so'm
yiliga
EMU universiteti (Yevroosiyo multidisiplinar universiteti)
Oliy hamshiralik ishi
40 462 500 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Muxammedov Xojiakbar
Axtamova Malika