Dastur haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi
“2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni 2-ilovasi 93-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimidagi Geologiya fanlari universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-154-son qarori 1-ilovasi 2-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MDU) bilan Geologiya fanlari universiteti o‘rtasida “60530500 “Geologiya (faoliya sohasi bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikki diplomli “2+2” qo‘shma ta’lim dasturi joriy qilish to‘g‘risida Bitim imzolandi. Bitimga muvofiq talabalar 1- va 2-kurslarda Geologiya fanlari universitetida, 3- va 4-kurslarda Moskva davlat universitetida tahsil olishi belgilangan. Natijada talabalar o‘qishni bitirgandan so‘ng ikkita universitetning diplomiga ega bo‘lishi kelishilgan.
GFU-MDU qo‘shma ta’lim dasturi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 421-son qaroriga muvofiq belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazildi.
O'xshash dasturlar
Osiyo xalqaro universiteti
Kadastr
17 000 000 so'm
yiliga
Jizzax shahridagi Qozon federal universitetining filiali
Geologiya
13 981 000 so'm
yiliga
Andijon davlat texnika instituti
Geodeziya va geoinformatika
7 400 000 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Kadastr
17 834 925 so'm
yiliga
Geologiya fanlari universiteti
Geologiya
12 000 000 so'm
yiliga
Geologiya fanlari universiteti
Geologiya
12 000 000 so'm
yiliga