MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filiali
Issiqlik texnikasi (qo‘llanish obyekti bo‘yicha)
Dastur haqida
Dasturning maqsadi va vazifalari: Ushbu ta’lim dasturining maqsadi — talabalarda issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi sohasida zamonaviy loyihalash, hisoblash, matematik, fizik va kompyuter modellashtirish usullarini qo‘llagan holda atom va issiqlik elektr stansiyalarining issiqlik texnik uskunalarini yaratish, montaj qilish, ishga tushirish, texnik xizmat ko‘rsatish, ekspluatatsiya qilish, diagnostika qilish va ta’mirlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Bakalavriat dasturi bitiruvchisi uning ijtimoiy mobilligi va mehnat bozoridagi barqarorligiga xizmat qiluvchi universal va predmetga yo‘naltirilgan ixtisoslashgan kompetensiyalarga ega bo‘ladi.
Kasbiy faoliyat sohasi: Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi sohasida atom va issiqlik elektr stansiyalarining issiqlik texnik uskunalarini loyihalash, hisoblash, modellashtirish, montaj qilish, ishga tushirish, texnik xizmat ko‘rsatish, ekspluatatsiya qilish, diagnostika qilish va ta’mirlash bilan bog‘liq faoliyat. Shuningdek, energiya samaradorligini oshirish, zamonaviy matematik, fizik va kompyuter modellashtirish usullarini qo‘llagan holda issiqlik texnologik jarayonlarini tadqiq etish va optimallashtirish.
Kasbiy faoliyat ob’ektlari: Issiqlik elektr stansiyalari (IES), atom elektr stansiyalari (AES), issiqlik ta’minoti tizimlari, bug‘ turbinalari, bug‘ qozonlari, issiqlik almashtirgichlar, suv tayyorlash uskunalari, sovutish tizimlari (shu jumladan quruq va gibrid gradirnyalar), quvur tizimlari, issiqlik o‘lchov va nazorat asboblari, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, shuningdek issiqlik texnik jarayonlarini modellashtirish va hisoblash uchun dasturiy komplekslar.
O‘quv dasturining xususiyatlari: O‘quv jarayoni fundamental fizik-matematik va muhandislik tayyorgarligiga asoslangan bo‘lib, talabalarda chuqur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Asosiy fanlar qatoriga texnik termodinamika, gidrodinamika, issiqlik va massa almashinuvi nazariyasi, AES va IES energiya uskunalari, issiqlik tarmoqlari va sovutish tizimlari, issiqlik o‘lchovlari, avtomatik boshqaruv va diagnostika kiradi. Dastur doirasida zamonaviy kompyuter modellashtirish vositalari va analitik trenajyorlarda ishlashga alohida e’tibor qaratiladi. Bitiruvchilar qo‘shimcha ravishda O‘zbekistonda qurilayotgan birinchi AES ehtiyojlari uchun moslashtirilgan maxsus tayyorgarlikdan o‘tadi. O‘qish davomida ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik va ishlab chiqarish tashkilotlarida amaliyot o‘tash imkoniyati mavjud.
Jami auditoriya soati: 4061 soat
Malkaviy amaliyot: 360 soat
Bitiruv malakaviy ishi: 275 soat
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestrlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
117 |
1 – 8 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish |
|
Malakaviy amaliyot |
10 |
6,8 |
|
|
Attestatsiya |
25 |
1 – 8 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
4 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
34 |
1 – 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
0 |
0 |
|
|
Jami |
190 |
|
25 |
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Kimyo muhandisligi
13 000 000 so'm
yiliga
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Biologiya
—
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Ijtimoiy ta’minot
24 384 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat universiteti
Amaliy matematika
14 400 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat agrar universiteti
Biologiya
11 710 000 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Fizika
17 834 925 so'm
yiliga