WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

Tarix

Bakalavr Kunduzgi 1 yil Grant mavjud

Dastur haqida

Fan maqsadi (FM)

Talabalarga qadimgi va o‘rta asrlar davri umumiy xususiyatlari, arxeologik yodgorliklari va ularning o‘rganilish muammolari, shuningdek, Dunyo xalqlarining moddiy va ma’naviy madaniyati, turar joylari, an’anaviy turmush tarzi va diniy e’tiqodlariga doir bilimlarni Vatanimizning qadimgi davri tarixi va madaniyatini  yoritishda  arxeologik  yodgorliklarining  o‘rni hamda ahamiyatini o‘rgatishdan iborat.

 

Fanni o‘zlashtirish uchun zarur boshlang‘ich bilimlar

1.

Ilk urbanizatsiyaning shakllanishi, qadimgi davr lokal madaniyatlari va ularning xususiyat, qadimgi va o‘rta asrlar davri urbanizatsiya taraqqiyoti, xo‘jalik, ishlab chiqarish, dunyo xalqlarining antropologik va lingvistik klassifikatsiyasi, etnogenezi va etnik tarixi masalalari, xo‘jalik-madaniy tiplar, etno-madaniy jarayonlar yuzasidan ega bo‘lish, moddiy va ma’naviy madaniyat xususiyatlarini o‘rganadi.

2.

Qadimgi, o`rta asrlar va yangi davr tarixini bilishi

3.

Fanlar klassifikatsiyasi va atamalarni bilishi

4.

Jahon tarixi davrining xususiyatlar, xunarmandchilikning qishloq xo‘jaligidan ajralishi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishi, feodal shaharlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, tovar-pul munosabatlari, feodal jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va diniy hayotidagi o‘zgarishlarni bilishi

O'xshash dasturlar