WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Qoʻqon universiteti

Tarix

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Tarix yo'nalishi talabalarda jahon va O'zbekiston tarixini chuqur va tizimli o'rganish, tarixiy voqealarni tahlil qilish va ilmiy izlanish olib borish bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan.

 

Dastur davomida talabalar qadimgi dunyo, o'rta asrlar, yangi va eng yangi tarix davrlarini, manbashunoslik va tarixshunoslik asoslarini, arxeologiya va etnografiya fanlarini puxta o'zlashtiradilar, shuningdek tarixiy hujjatlar va manbalarni tahlil qilish bo'yicha amaliy ko'nikmalarga ega bo'ladilar.

 

Ta'lim jarayonida zamonaviy o'qitish metodlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, arxiv va muzeylarda amaliyot o'tash imkoniyatlari va interaktiv mashg'ulotlardan foydalanishga asoslangan yondashuvlar qo'llaniladi.

 

Bitiruvchilar ta'lim muassasalarida tarix o'qituvchisi, ilmiy-tadqiqot institutlarida tarixchi-olim, muzey va arxiv xodimi, shuningdek madaniy meros va turizm sohalarida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

O'xshash dasturlar