WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Farg‘ona davlat universiteti

Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining meyoriy muddati 4 yil.
 60220300 ─ Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishiga oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, davlat boshqaruvi organlari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalar bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
60220300 ─ Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy faoliyatning turlari: ilmiy tadqiqot faoliyati;
ma’naviy ─ ma’rifiy faoliyat;
tashkiliy boshqaruv faoliyati, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb ─ hunar ta’limi tizimining ixtisosligiga mos ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat, turli xizmatlar ko‘rsatishi va shu kabilarni o‘z ichiga oladi.

O'xshash dasturlar