WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Axborot tizimlari va texnologiyalari

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Ta’lim yo‘nalishi tavsifi:
60610200-Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi turli mulk shakllariga tegishli tarmoq, sohalarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari, moliya, bank, soliq va sug‘urta muassasalari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, IT park, Texnopark, internet provayderlari, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya tashkilotlari, IT-akademiyalar, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarning axborot, tashkiliy, biznes, marketing, ishlab chiqarish – axborot tizimlari xizmatlarini o‘z ichiga oladi, tarmoqlar va korxonalarni texnologik rivojlantirishga, istiqbol rejasini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublari bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Dasturni o‘rganish natijalari:
Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng:
- axborot tizimlarini loyihalash, ishlab chiqish, axborot-tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, axborot resurslaridan samarali foydalanish hamda korxona (tashkilot)ni texnologik rivojlantirish strategiyasini qo‘llash, tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
- korporativ axborot tizimlarini, biznes tahlil va hisobotlarni tayyorlashni, ma’lumotlar bazasini yuritish;
- biznes axborot tizimlarini rejalashtirish, ishni samarali tashkil etish, boshqaruvning zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llay olish, texnik xodimlar jamoasiga yetakchilik qilish, onlayn aloqalarni amalga oshirish;
- axborot tizimlari strategiyasini shakllantirish, korxonalarga joriy etish va amalga oshirish, tahlil qilishning asosiy usullarini qo‘llash;
- iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarini boshqarishda zamonaviy tarmoq texnologiyalaridan foydalana olish;
- biznes loyihalar, biznes-rejalar va smart-shartnomalarni shakllantirish hamda boshqarish, ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish;
- biznes axborot muhitini, bozor va unga xos xatarlarni, raqobat muhitini tahlil qilish va baholash;
- axborot va xizmat ko‘rsatish faoliyatiga taalluqli qarorlarni qabul qilishda, ularni aniq vazifalarga moslashtirish orqali biznes modellarini shakllantirishda miqdoriy va sifatli tahlil qilish;
- boshqaruv qarorlarini axborot tizimlari, jumladan, intellektual va ekspert tizimlari yordamida samarali qabul qilish;
- biznes jarayonlarini modellashtirish, biznes yuritishning texnik va texnologik sharoitlarini baholash, yangi tizim imkoniyatlarini aniqlash va yangi biznes modellarini shakllantirish;
- axborot tizimlarini boshqarish, tashkiliy va texnologik komponentlarni tahlil qilish va baholash;
- kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish, eng istiqbolli va strategik muhim loyihalarni amalga oshirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun platformalar tashkil etish, startaplarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- axborot tizimlari va texnologiyalarining hozirgi tendensiyalarini kuzatib borish va prognozlash;
- raqamli transformasiyaning ijobiy hamda salbiy oqibatlari, raqamli transformasiya samaradorligini baholash, kiberxavfsizlik muammolarini aniqlash, davlat xususiy sherikchilik asosida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish;
- biznes jarayonlarini samarali tashkil etishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va ularni baholash, elektron tijorat modellaridan samarali foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

 

O'xshash dasturlar