WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Sug‘urta ishi

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Ta’lim yo‘nalishi tavsifi:

60410600 – "Sug‘urta ishi" bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – iqtisodiyot sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, umumiy va hayotni sug‘urta qilish tarmog‘idagi sug‘urta tashkilotlarida biznes jarayonlarini tashkil etish; sug‘urtada anderrayting siyosatini amalga oshirish; sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish va sotish ishlarini tashkil etish hamda nazorat qilish; sug‘urta tashkilotining to‘lov qobiliyatini ta’minlash va sug‘urta zahiralarini shakllantirish; sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish; sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish; tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari; o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi; davlat boshqaruvi organlarida kompleks masalalar bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.

Dasturni o‘rganish natijalari:

Dasturni muvaffaquyatli tugatgandan so‘ng:

- ta’lim yo‘nalishi ixtisoslik fanlarini o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliy ko‘nikma va uquvlarni shakllantirishi; ta’lim yo‘nalishiga muvofiq kasb faoliyati sohalarida erishilgan asosiy yutuqlar, muammolar va ularning rivojlanish istiqbollari haqida tasavvur hosil qilishi;
- me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bilish va ulardan kasbiy faoliyatida foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, kadrlarni boshqarish strategiyasini qo‘llash, tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

 - muzokaralar, uchrashuvlar, ishbilarmonlik yozishmalarini olib borish va onlayn aloqalarni amalga oshirishni bilish;
- korporativ axborot tizimlarini, moliyaviy-iqtisodiy tahlil va moliyaviy hisobotlarni tayyorlashni, ma’lumotlar bazasini yuritishni bilish;

- strategik tahlil qilish, raqobatdoshlikni ta’minlashga qaratilgan tashkilot strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

- sug‘urta qoidalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni qo‘llash yuzasidan qarorlar qabul qilish;
- loyihalar, biznes-rejalar va shartnomalar tuzish hamda ularni boshqarish, ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- sug‘urta tashkiloti faoliyatini byudjetlashtirish, sug‘urta portfeli shakllanishini tashkil etish, uning diversifikatsiyasini ta'minlash va nazorat qilish;
- sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda, shuningdek, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda, ularni aniq boshqaruv vazifalariga moslashtirish orqali iqtisodiy, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv modellarini shakllantirishda miqdoriy va sifatli tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- sug‘urta sohasida biznes jarayonlarini modellashtirish, biznes yuritishning iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarini baholash, yangi bozor imkoniyatlarini aniqlash va yangi biznes modellarini shakllantirishni bilish;
- sug‘urta faoliyatini raqamlashtirish asosida sug‘urta xizmatlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish borasida ilmiy bilimlar, amaliy mahorat va ko‘nikmalariga ega bo‘ladi

O'xshash dasturlar