WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Diplomat University

Xalqaro munosabatlar

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60310200 – Xalqaro munosabatlar

Akademik daraja - BAKALAVR

O‘qish shakli - kredit-modul tizimi

Ta’lim shakli - kunduzgi

O‘qish muddati - 4 yil

 

1. Nimalarni o‘rganasiz?

Mazkur dastur talabalarga global siyosiy jarayonlarni tushunish, davlatlararo aloqalarni boshqarish va xalqaro miqyosda qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini beradi:

  • Global siyosat va geosiyosat: Xalqaro munosabatlar tarixi, zamonaviy geosiyosiy jarayonlar, mintaqaviy xavfsizlik va davlatlarning tashqi siyosat strategiyalari.
  • Diplomatiya va muzokaralar: Diplomatik protokol va etiket, xalqaro muzokaralar olib borish taktikasi, inqirozlarni boshqarish va konfliktologiya asoslari.
  • Xalqaro huquq va tashkilotlar: Xalqaro ommaviy va xususiy huquq, inson huquqlari, shuningdek, BMT, SHHT, YXHT kabi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar faoliyati.
  • Xalqaro iqtisodiyot: Jahon iqtisodiyoti, xalqaro savdo, investitsiyalar va iqtisodiy diplomatiya.
  • Xorijiy tillar: Muvaffaqiyatli diplomat va xalqaro ekspert bo‘lishning asosiy sharti sifatida 2 ta (va undan ortiq) xorijiy tilni B2/C1 darajasida chuqur va kasbiy yo'naltirilgan holda o‘zlashtirish.

2. Nega aynan ushbu dastur?

O‘zbekistonning dunyoga ochiq tashqi siyosati, xalqaro reytinglardagi o‘rnining yuksalishi va xorijiy davlatlar bilan integratsiyalashuvi sababli bu soha mutaxassislariga bo'lgan ehtiyoj har qachongidan ham yuqori:

  • Nufuzli karyera: Bitiruvchilar Tashqi ishlar vazirligi, elchixonalar, konsulliklar, davlat idoralarining xalqaro aloqalar bo'limlari, xalqaro tashkilotlar va yirik transmilliy korporatsiyalarda strategik lavozimlarni egallashlari mumkin.
  • Keng qamrovli tahliliy fikrlash: Dastur faqatgina siyosatni emas, balki iqtisodiyot, huquq, tarix va sotsiologiyani qamrab olgan holda, talabada global va analitik fikrlash qobiliyatini shakllantiradi.
  • Xalqaro doiradagi faoliyat (Networking): O‘qish davrida xalqaro anjumanlar, forumlar va xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlarda ishtirok etish orqali qimmatli aloqalar (networking) orttirish imkoniyati mavjud.

3. O‘qish usuli

Xalqaro munosabatlar yo‘nalishida o‘quv jarayoni amaliyot va tahlilga asoslangan kredit-modul tizimi doirasida xalqaro ta’lim ilg‘or tajribalari asosida olib boriladi:

  • Diplomatik simulyatsiyalar: Nazariyani amaliyotga bog‘lash maqsadida talabalar muntazam ravishda “Model BMT” (Model United Nations) o‘yinlari, diplomatik brifinglar va rasmiy muzokaralar simulyatsiyalarida ishtirok etadilar.
  • Keys-stadilar (Case-study): Quruq faktlarni yodlash o‘rniga, real tarixiy va bugungi kundagi xalqaro siyosiy inqirozlar, ziddiyatlar hamda shartnomalar tahlil qilinadi.
  • Uchrashuv va master-klasslar: Darslarga amaliyotchi diplomatlar, xorijiy elchilar, xalqaro huquqshunoslar va nufuzli siyosatshunoslar doimiy ravishda jalb qilinadi.
  • Analitik yozuv va tadqiqot: Talabalar turli davlatlarning tashqi siyosati bo‘yicha tahliliy ma’lumotnomalar (policy brief), memorandumlar va strategik maqolalar yozish bo‘yicha kuchli tayyorgarlikdan o‘tadilar.
  • Mutaxassislik amaliyoti: Nazariy bilimlar davlat tuzilmalari, tahliliy markazlar (think-tanks) va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarida o‘taydigan professional amaliyot bilan mustahkamlanadi.

Talabalar bir o‘quv yili uhun 60 ECTS kredit o‘rganadi. Ta’lim dasturlari ish beruvchilarning fikr mulohazalariga asosan ishlab chiqilgan. Bu esa ta’limning dolzarbligi va zamon talablariga maosligini ta’minlaydi.

O'xshash dasturlar