WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Qarshi davlat universiteti

Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil Grant mavjud

Dastur haqida

 

Kutubxonaxborot faoliyati

      Ushbu ta’lim dasturi orqali  bugungi rivojlangan davrda mamlakat aholisiga bosma, qo‘lyozma hamda elektron resurslardan ommaviy foydalanishni ta’minlovchi madaniy-ma’rifiy va ilmiy ya’ni axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini o‘rganiladi.

     Mazkur muassasalar faoliyatidagi bosma va ayrim qo‘lyozma asarlardan ommaviy foydalanishni ta’minlovchi madaniy-ma’rifiy va ilmiy muassasa ekanligi  shu bilan birga muassasalar muntazam ravishda bosma va elektron nashrlar asarlar to‘plash, saqlash, yaratish,targ‘ib qilish va kitobxonlarga yetkazish, shuningdek, axborot-bibliografiya ishlari bilan shug‘ullanadi, ommaning madaniy saviyasini oshirishda xizmat qiluvchi va jamiyatdagi  eng zarur bo‘lgan sohalardan biri hisoblanishini tushunishingiz va bu haqdagi barcha manbalardan xabardor bo‘lishingiz lozim.

      Siz 4 yil davomida “Kutubxona-axborot faoliyati” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Boshqa fanlar qatorida kutubxonashunoslik sohasiga kirib kelgan axborot texnologiyalari fanini yangi va zaruriy bo‘lgan fanlar qatori o‘zlashtirishingiz lozim.Bu bilan ta’lim olishda ko‘zlangan maqsadga erishishingiz  mumkin.

    Mazkur ta’lim dasturida 8 semestr ( 4 yil) davomida jami: 240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan, jami  auditoriya soati 6480 soat, malakaviy amaliyot 600       soat, yakuniy davlat attestatsiyasi 120 soat, bitiruv   malakaviy ishi   0  soatni tashkil etadi.

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestrlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

113

1 – 8

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish

Malakaviy amaliyot

12

2,4,6,8

Attestatsiya

16

1 – 8

Yakuniy davlat attestatsiyalari

5

8

Ta’tillar

50

1 – 8

Kredit ta’lim tizimiga kirish

8

1 – 8

Jami

204

 

 

Qo’shimcha izohlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi

O'xshash dasturlar