WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

Kutubxona axborot faoliyati

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

: Ushbu ta’lim dasturi orqali talabalarda kutubxona-axborot faoliyati sohasida samarali faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, axborot-resurslar bilan ishlash, bibliografik jarayonlarni tashkil etish, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishning zamonaviy shakl va uslublarini egallash, bibliografik tavsiflash, tizimlashtirish, klassifikatsiyalash, hujjatlar bilan ishlash, axborot-ma’lumotlar bazalarini yuritish, elektron kutubxonalar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha zarur tayanch bilimlarni o‘zlashtirishdan iborat.

Mazkur maqsadga erishishda talabalarda kutubxona va axborot muassasalari faoliyatini boshqarish, axborot xizmatlarini rejalashtirish va baholash, axborot resurslarini shakllantirish, tahlil qilish va foydalanuvchilarga yetkazib berish, shuningdek, axborot texnologiyalari asosida bibliografik izlash, raqamli ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida 240 kredit to ‘plashingiz zarur bo ‘ladi.

Jami auditoriya soati 3015 soat

Malakaviy amaliyot soati 450 soat

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar

 soni

Semestrlar

 soni

Yakuniy davlat atestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

105

1–7

 

 

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestatsiyasi

 

Attestatsiyalar

14

1–7

Fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish

5

1, 3, 5, 6, 7

Amaliyot

15

8

Yakuniy davlat attestatsiya

3

8

Ta’til haftalari

59

1–8

GPA ko‘rsatkichini hisoblash

3

2, 4, 6

Jami:

204

 

 

 

Izoh:

  1. 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
  2. GPA ko‘rsatkichi avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.
  3. O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 foizgacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 foizgacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
  4. Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.
  5. O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy  tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
  6.  Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

 

 

O'xshash dasturlar