O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
4,310
Talabalar
4
Xorijiy talabalar
302
O'qituvchilar
4
Fakultetlar
12
Kafedralar
2012
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
|
|
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professional ta’lim sohasida faoliyat kо‘rsatuvchi, davlat akkreditatsiyasidan о‘tgan, bitiruvchilarga oliy ta’limning 2 bosqichi(bakalavriat va magistratura) bо‘yicha davlat namunasidagi diplom beradigan davlat tasarrufidagi oliy о‘quv yurtidir.Institut О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yilning 4 iyundagi №1771 sonli qaroriga asosan Toshkent davlat madaniyat instituti va О‘zbekiston davlat san’at instituti negizida tashkil etilgan.Institut madaniyat va san’at sohasiga bevosita aloqador bо‘lgan bir qancha tor mutaxassislik yо‘nalishlari bо‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi о‘ziga xos oliy ma’lim muassasasi hisoblanadi. О‘quv yurtida ta’lim berish jarayonida fan va san’at, ijodiy faoliyat va amaliy texnologiyalar uyg‘unlashgan holda olib boriladi. Institutning 4 fakulteti va 18 kafedrasida talabalar ta’limning 26 ta yо‘nalishi va 19 mutaxassisligi bо‘yicha о‘zbek va rus tillarida tahsil oladilar. Institut aktyorlik mahorati va rejissura, san’atshunoslik va teatrshunoslik, ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati, xalq ijodiyoti, madaniyat va san’at muassasalarini boshqaruv, kutubxona-axborot faoliyati kabi soha mutaxassislarini tayyorlaydi.Bugungi kunda institutda 4310 dan ortiq talaba bakalavr ta’lim yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bо‘yicha tahsil olyapti. Ularga amalda meyoriy-huquqiy hujjatlar asosida stipendiyalar beriladi, ijtimoiy yordam kо‘rsatiladi. Mazkur oliy о‘quv yurtining ilmiy salohiyati yillar kesimida о‘sib borayotganligini kо‘rish mumkin. Bugungi kunda institutda faoliyat yuritayotgan 302 nafar professor-о‘qituvchining 38 nafari fan doktori, professor, 128 nafari fan nomzodi, dotsent hamda faxriy unvonlar bilan taqdirlangan 40 dan ortiq pedagog ta’limning yuqori darajada bо‘lishini ta’minlab kelmoqda.О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti xalqaro aloqalari oxirgi yillarda jadal rivojlanmoqda. 2023-yil hisobidan bir qator memorandumlar tuzilgan. Bular Turkiya, Rossiya, Qirg‘iziston va Janubiy Koreyaning OTMlaridir. Mazkur Xorijiy OTMlar bilan professor-о‘qituvchilar va talabalar almashinuvi yо‘lga qо‘yilgan. Institut о‘qituvchilari xorijiy OTMlarda muntazam ravishda malaka oshirishadi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ilk bor “UI GreenMetric World University Ranking 2024” xalqaro reytingida TOP-1000 talikdan joy egalladi. “UI GreenMetric World University Ranking” xalqaro reytingining 2024-yil natijalari e’lon qilindi. Bu yil ushbu reytingda dunyo bo‘yicha 1477 ta universitet ishtirok etdi. Universitetlarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari hamda yashil iqtisodiyot bilan amalga oshirilayotgan ishlar natijalarini taqdim etuvchi ushbu reytingda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari orasida yuqori natijalarni qayd etib, 947-o‘rinni egallab TOP-1000 talikdan joy egalladi, hamda 2025-yil ham qatnashib, TOP-500 talikdan joy olish rejalashtirilgan. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 2025-yilda HE Higher Education Rankings xalqaro reytingida TOP-1000 talikdan 28-o‘rinni egalladi. Respublika bo ‘yicha Top-5 talikdan joy oldi. Bu xalqaro reyting ilmiy, akademik va tadqiqot loyihasi boʻlib, oliy taʼlim muassasalari faoliyatini bir qator mezonlar va samaradorlik koʻrsatkichlari boʻyicha tartiblaydi hamda ularni faoliyati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Oliy ta’lim muassasalari faoliyati reytingda ko‘rsatilgan metodikaga muvofiq baholanadi. Reyting har yili dekabr oyida e'lon qilinadi. Reytingga dunyoning yetakchi 1000 ta oliy ta’lim muassasalari kiradi. Bu yangi tashkil etilgan reyting har tomonlama, yaxlit boʻlib, universitetlar faoliyatini har tomonlama takomillashtirish, ularning faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi. YUNESKO, Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan qo‘llaniladigan butun dunyo bo‘ylab oliy ta’lim sifati, barqaror ta’limdan foydalanish imkoniyati, ta’lim jarayonida tenglik va tenglikka erishishni o‘lchaydigan asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlariga asoslanadi. Bundan tashqari, ta’lim muassasasining raqamli foydalanish imkoniyatlarini rivojlantirish, uning kelajak istiqbollarini ishlab chiqish va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari shuningdek, oliy ta’lim muassasalari uchun shaffoflik va akademik erkinlikni oshirishga e’tibor qaratiladi. Aytish joizki institutimiz yana bir Xalqaro reytinga World University Real Impact (WURI) hujjatlarni ijobiy topshirishdi, natijalari iyun oyida e’lon qilinadi. Bu xalqaro reyting Global WURI Universitetlar reytingida juda yaxshi natija ko‘rsatmoqda. World University Real Impact (WURI) reytingi universitetlarning jamiyat, innovatsiyalar va ijodkorlikka qo‘shgan real hissasiga qarab baholashni maqsad qilib olgan jahon universitetlari reytingi landshaftiga nisbatan yangi qo‘shilgan. An'anaviy reytinglardan farqli o'laroq, WURI universitetlarning muammolarni qanday hal etishi, jamoalar bilan aloqasi va ijobiy o'zgarishlarga olib kelishiga qaraydi Zamonaviy axborot texnologiyalari ta’lim jarayonida faol qо‘llanmoqda, multimediyali texnika va dasturiy vositalaridan foydalanilmoqda. О‘quv jarayoni madaniyat muassasalari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Institut hayotida badiiy-ijodiy faoliyat muhim о‘rin tutadi. Institutda tashkil etilgan talabalarning kо‘plab ijodiy jamoalari turli festival va tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda.Institutda nashr etilayotgan “О‘zDSMI xabarlari” ilmiy, amaliy jurnali va “Ijodiy parvoz” gazetasi sahifalarida professor-о‘qituvchilar va talabalarning maqolalari chop etilib borilmoqda. Talaba va professor-о‘qituvchilar institutning boy axborot-resurs markazidan foydalanib kelmoqdalar. Unda 100 mingdan ziyod adabiyot mavjud. ARM fondida institut professional faoliyatiga doir bо‘lgan nodir va kamyob nashrlar ham mavjud. Institutda elektron ta’lim resurslarini yaratish bо‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. Institut qoshida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyat yuritmoqda. Markazning maqsadi san’at va madaniyat sohasidagi о‘rta-maxsus va oliy о‘quv yurtlari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishdir. Yangi binolarning qad kо‘tarishi va eski о‘quv binolarining ta’mirlanishi natijasida institut о‘ziga xos о‘quv shaharchasiga ega bо‘ldi. Shaharcha hududida ijodiy ustaxonalar, о‘quv teatri va axborot-resurs markazi qad ko’tardi. Bundan tashqari institut hududida о‘quv binosi, institut ma’muriyati binosi, sport majmuasi, yopiq suzish havzasi, ochiq sport maydonchalari, 2 ta 1 va 2-sonli Talabalar turar joylari joylashgan. 2024-2025-о‘quv yillarida yotoqxona bilan qamrab olinmagan institut talabalariga g‘amho‘rlik qilish va yotoqxonaga muhtoj yotoqxona bo‘gan talabalarni ko‘proq yotoqxona bilan qamrab olish chora-tadbirlari doirasida institut rektorining tashabbusi bilan 1 va 2-sonli Talabalar turar joylarida 1 o‘rinli krovatlarni 2 o‘rinli krovatlarga almashtirilishi hisobiga qo‘shimcha 200 tadan ortiq yotoq o‘rnlari yaratilishi hisobiga hozirgi kunda 768 ta talaba yotoqxona bilan ta’minlangan. Birinchi navbatda yotoqxonaga muhtoj mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, chin yetim, boquychisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar joylashtirilgan hamda boshqa talabalar ham yotqxona bilan ta’minlandilar.О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ta’limning an’anaviy va innovatsion uslublarini mohirona qо‘llab kelayotgan, faol rivojlanayotgan navqiron oliy о‘quv yurtidir.
Xorijiy talabalar uchun
19. STD .Talabalar kirish vizasi (oliy ta’lim muassasalararo almashish asosida — vaqtincha ta’lim olish davriga)
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatda (oliy ta’lim muassasalararo almashishga binoan yoki oliy ta’lim muassasalararo o‘zaro aloqalar doirasida vaqtincha asosda) ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi.
20. А-1
O‘quv kirish vizasi (doimiy asosda — ta’lim davriga)
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi.
Xalqaro hamkorlik
O‘zDSMI Markaziy Osiyo va xorijdagi yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirish tarafdoridir. Biz xalqaro hamkorlikning muhimligini va talabalarga eng yaxshi global tajribani berish borasida nimalar qilishimiz zarurligini anglaymiz. 80 ga yaqin xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari va memorandumlar imzolagan. Mazkur tashkilotlar bilan turli yo‘nalishlarda faol hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan, xususan, xorijlik mutaxassislarning ma’ruzalari, amaliy mashg‘ulotlari va davra suhbatlari, ilmiy tadqiqot ishlarida ishtirok etish va dissertatsiyalar muhokamasi, grant dasturlari bo‘yicha hamkorlik, professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida institut talabalari uchun o‘quv kurslari, mahorat saboqlari va konferensiyalar, onlayn ma’ruzalar tashkil etish ishlari olib borilmoqda.
Til kurslari
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida ingliz tili kurslari faoliyat yuritmoqda. Mazkur kurslar tinglovchilarning ingliz tilini puxta oʻzlashtirishi, ogʻzaki va yozma nutq koʻnikmalarini rivojlantirishi hamda xalqaro til sertifikatlarini olishga tayyorgarlik koʻrishiga xizmat qiladi. Kurs mashgʻulotlari zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Taʼlim jarayonida grammatika, tinglab tushunish, oʻqish, yozish va muloqot koʻnikmalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Ingliz tilini oʻrganish istagida boʻlgan talabalar, professor-oʻqituvchilar, institut xodimlari hamda barcha qiziquvchilar ushbu kurslarda ishtirok etishlari mumkin. Kurslar tinglovchilarning xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan ehtiyojini qondirish, xalqaro taʼlim va ilmiy loyihalarda faol ishtirok etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Talabalar uchun imkoniyatlar
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining
2024/2025 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalar
tayinlangan talabalari to‘g‘risida
MA’LUMOT
Xayriddinova Asal Farhod qizi, Madaniyat va san’at menejmenti muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi. 2024-2025 o‘quv yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi g‘olibi bo‘lgan. Qirqqa yaqin ilmiy-Ijodiy ishlari, maqolalari xalqaro va respublika jurnallarda, to‘plamlarda chiqqan. Samiyev Baxtiyor Norbobo o‘g‘li, Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi. 2024-2025 o‘quv yili Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi g‘olibi bo‘lgan. Qirqqa yaqin ilmiy-Ijodiy ishlari, maqolalari xalqaro va respublika jurnallarda, to‘plamlarda chiqqan. Ortiqboyeva Oqila Shukurjon qizi, Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi. 2024-2025 o‘quv yili Navoiy nomli davlat stipendiyasi g‘olibi bo‘lgan. O‘ttizda ziyod ilmiy-Ijodiy ishlari, maqolalari xalqaro va respublika jurnallarda, to‘plamlarda chiqqan. She’r yozadi, rassom. Muhammad Yusuf nomidagi ko‘krak nishoni va stipendiyasi sohibi, “Лидер СНГ” xalqaro ilmiy ishlar tanlovi qatnashchisi Ikromova Madina Sherzod qizi, Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi. 2024-2025 o‘quv yili Navoiy nomli davlat stipendiyasi g‘olibi bo‘lgan. Yigirmadan ortiq ilmiy-Ijodiy ishlari, maqolalari xalqaro va respublika jurnallarda, to‘plamlarda chiqqan. Irgashova Dildora Mamurjon qizi, Kutubxona-axborot faoliyati ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi. 2024-2025 o‘quv yili Navoiy nomli davlat stipendiyasi g‘olibi bo‘lgan. Yigirmadan ortiq ilmiy-Ijodiy ishlari, maqolalari xalqaro va respublika jurnallarda, to‘plamlarda chiqqan.
Fakultetlar
| fakultet tasarrufidagi kafedralar: |
|
| Fakultet qisqa tarixi: |
| Xalq ijodiyoti fakulteti O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2012 yil 4 iyundagi “O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi 1771-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan.
Fakultet o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, ta’lim va tarbiya sifatini takomilashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy majlis qarorlari, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, 2017-2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi hamda yuqori tashkilotlardan kelgan meyoriy hujjatlar va fakultet Nizomiga asosan olib boradi. Xalq ijodiyoti fakulteti respublikamizning madaniyat va san’at sohalari uchun yetuk kadrlar tayyorlab beradi. Fakultetning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: − Madaniyat va san’at sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan, xalq ijodiyoti an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirishga qodir, badiiy ijodning zamonaviy metodlari, innovatsion texnika va texnologiyalarni puxta egallagan yuksak malakali mutaxassislarni tayyorlash, madaniy-ma’naviy boylikni asrab-avaylash va ko‘paytirish, xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan badiiy ijod mahoratini rivojlantirish; − o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlari, ilg‘or pedagogika, innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron axborot resurslari, jumladan, Internetdan keng foydalangan holda, ta’lim jarayonining yuqori darajada olib borilishini ta’minlash, yoshlarni vatanparvarlik va milliy g‘oyaga sadoqat ruhida, ma’naviy yuksak va har tomonlama barkamol rivojlangan, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan va mustaqil fikrlaydigan shaxslar etib tarbiyalash. |
| Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari: |
|
| Magistratura mutaxassisliklari: |
|
| Professor-о‘qituvchilar tarkibi: |
| Fakultetda hozirda 13 ta professor, 25 ta dotsent, 23 ta katta о‘qituvchi, 44 ta о‘qituvchi faoliyat olib boradi. Jumladan, O‘zbekiston san’at arbobi, professor Jo‘ra Shukurov, O‘zbekiston xalq hofizlari Orolmirzo Safarov, Beknazar Do‘stmurodov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar O‘lmas Rasulov, Ahmadjon Dadayev, Rustam Abdullayev, Dilmurod Islomov, Erkin Rahimov, sotsiologiya fanlari doktori, professor Abdusalom Umarov, falsafa fandlari doktori, professor Sayyora To‘ychiyeva, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Oqilxon Ibrohimov, filologiya fanlari doktori, professor Jappor Eshonqulov, tarix fanlari doktori, professor Adxamjon Ashirov, professorlar Qodir Mirzayev, O‘razali Toshmatov, Sobir Jumayev, Tohir Yo‘ldoshev, dotsentlar Sevar Malikova, Olga Vasilchenko, Mirmuhsin G‘ofurov, Sobir Turatov, Mansur Mamirov, Oygul Ahmedova, Hamza Shodiyev, Azamat Haydarov, Vaxobjon Rustamov, Manzura Yuldasheva, Dilafruz Yusupaliyeva, Antonina Koshelova, Musallam Abdujabborova, Aziz Xotamov, Shoira Ramazanova, Hamdamjon Ismoilov, Sevara Mahmudova, Go‘zalxon Isakova, respublika va xorijiy tanlovlar g‘oliblari Komiljon Shermatov, Yusuf Vaxidov, Zulfiya Mo‘minova, Xurshid Beknazarov, Ayap Otegenov, Gulzoda Xudoynazarova, O‘ktam Rasulov va boshqa mutaxassislar faoliyat olib borishadi. Elimizning sevimli san’atkorlari F.Zokirov, O.Otajonov, N.Abdullayeva, SH.Sultonov, G‘.Boytoyev, M.Xoliqov, O.Sultonov, O.Safarov, M.Azimov, F.Solixova, M.To‘xtasinov, K.Raxmonov, N.Madraximova, Z.Madraximova, G.Aminova, R.Sultonova, G.Nizomova, B.Sultonov, Qalandar baxshi, Norboy baxshi, Andrey Petrovets, V.Baramikov, I.Farmonov, L.Moskalyova, A.Aliyev, A.Qosimov, A.G‘aniyev, S.Mo‘minov, A.Sanayev, D.Ubaydullayev, T.Jabbarov, Y.Mo‘minov, Q.Madaliyev nomlari fakultet faoliyati bilan chambarchas bog‘liqligini alohida ta’kidlash joizdir.
|
|
|
| Xalqaro hamkorlik: |
| Fakultet Chelyabinsk davlat madaniyat va san’at akademiyasi, Qozon davlat madaniyat instituti bilan о‘zaro hamkorlik olib boradi. |
| Korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik: |
| Fakultet San’atshunoslik instituti, Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, О‘zbekiston badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi, О‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, О‘zbekiston davlat konservatoriyasi va Toshkent viloyat pedagogika kolleji bilan о‘zaro hamkorlikda faoliyat olib boradi. |
| Iqtidorli talabalar: |
| Fakultetda Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi Sabina Berdiyeva, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi stipendiyasi sohibasi Shahnoza Rustamaliyeva, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o’tkazilgan “Yil talabasi” Respublika ko’rik-tanlovi g’olibi Kamoliddin Umarov, Yaxyobek Muqimjonov, Azizaxon Ismanova, Munisa Siddiqova, Muxriddin Nuriddinov kabi iqtidorli talabalar tahsil olishmoqda. Ayni vaqtda fakultet qoshida “Chashma” folklor-etnografik ansambli, “Sayqal” ashula va raqs ansambli, “The language and art”, “Kreativ menejment”, “Elektron shaxmat” va bir qancha ilmiy-ijodiy to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan vaqt mobaynida fakultetning badiiy jamoalari shahar, respublika va xalqaro festival hamda ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Fakultet talabalarining jahon standarti talablari asosida tahsil olishlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. |
| Fakultet tasarrufidagi kafedralar: |
|
| Fakultet qisqa tarixi: |
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 2012 yil 4 iyundagi 1771-sonli qarori asosida “Teatr san’ati” fakulteti tashkil qilindi. Fakultet tashkil etilgandan buyon unga Shodiyev Hamza Xoliqulovich (04.06.2012-11/11/2013), Ismailov Rixsillo Hamidovich (11/11/2013-10/09/2015), Abdullayev Doniyor Dolimovich (10.09.2015-11.11.2015)lar rahbarlik qildilar. Fakultet o‘tgan davr mobaynida “Aktyorlik san’ati” (turlari bo‘yicha) va “Rejissyorlik” (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishlarida malakali kadrlar tayyorlab kelmoqda. Shu kunga qadar mutaxassislik kafedralarida O‘zbekteatr, kino san’atining taniqli va yetakchi namoyandalari O‘zbekiston xalq artistlari Shuhrat Abbosov, Turg‘un Azizov, Xayrulla Sa’diyev, Erkin Komilov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Olimjon Salimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Boir Xolmirzayevlar milliy teatr va kino san’ati uchun aktyor va rejissyorlar tayyorlaganlar. Fakultet kadrlar tayyorlash jarayonini ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) holda amalga oshiradi. |
| Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari: |
|
| Magistratura mutaxassisliklari: |
|
| Professor-о‘qituvchilar tarkibi: |
|
Hozirda fakultetning mutaxassislik kafedralarida Toshkent shahridagi professional teatrlar rejissyorlari va taniqli aktyorlari dars berib kelmoqdalar. Qoraqolpag‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Arsen Ismoilov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi professor Minavvara Abdullayeva, Maryam Ashurova, Xamida Mahmudova, Isoqtoy Jumanov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Haydarali Qosimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Narziddin Shermatov, Rahimov Erkin, Nodira Mahmudova, Fathulla Xo‘jayev, Shomurod Yusupov, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Ro‘dakiy Allanbayevlar shular jumlasidandir. Shuningdek fakultetda professor Sherzod Pirmatov, Qodir Mirzayev, san’atshunoslik fanlari nomzodlari Go‘zal Xoliqulova, MarinaYusupova, Temur Rashidov, dotsentlar Zamira Ahmedova, Feruza Jalilova, Mahsuma Xodjimatova, Farhod Ahmedov, Jahongir Mamatqosimov, Ramz Qodirov, Ernazar Yorbekov, A’zam Abduxalilov hamda Venera Yusupova kabi tajribali yetakchi professor-o‘qituvchilar jamoasi faoliyat yuritishmoqda. Fakultet doirasida yosh mutaxassislar bilan ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, fakultet professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash maqsadida ilmiy-uslubiy seminarlar, taniqli olim va mutaxassislar bilan davra suhbatlarini uyushtirish, loyihalar ustida ishlarni takomillashtirish borasida ilmiy ma’ruzalar tinglanadi va muhokama qilinib ta’limning zamonaviy interfaol uslublari o‘rganiladi. |
| Ilmiy loyihalar: |
|
|
| Xalqaro hamkorlik: |
|
Fakultetda xorijiy san’at maktablari bilan ham innovatsion hamkorliklar yo‘lga qo‘yilgan: jumladan Angliya, Germaniya, Rossiya, Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan yetakchi mutaxassislar bilan uchrashuvlar, mahorat darslari, tanishuv, suhbat va muloqotlar muntazam tashkil qilinadi. |
| Korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik: |
|
|
| Iqtidorli talabalar: |
|
Fakultetda ko‘plab davlat stipendiyasi sohiblari, davlat mukofotlari sovrindorlari, Xalqarova Respublika tanlovi g‘oliblari tahsil olgan va olmoqda. “Teatr san’ati” fakultetidagi ta’lim jarayoni bugungi zamon talablariga to‘liq mos bo‘lishi uchun harakat qilgan holda amalga oshirilmoqda. Ana shu maqsad yo‘lida talabalarga san’at sirlarini o‘rgatib kelayotgan professor-o‘qituvchilarning xorijiy davlatlarda malaka oshirishi yo‘lga qo‘yilgan va kelajakda bu o‘z mevasini berishi shubhasiz. |
“Kutubxonashunoslik” fakulteti 1974-yili Toshkent Davlat madaniyat instituti qoshida tashkil qilingan bо‘lib, unga filologiya fanlari doktori, professor Jalolov G‘ayrat Oripovich rahbarlik qilgan. Uning tasarruvida 3 ta kafedra mavjud bо‘gan. “Kutubxonashunoslik” kafdra mudiri tarix fanlari doktori professor Qosimova Osiyo G‘ovurovna, “Bibliografiya” kafdra mudiri filologiya fanlari doktori professor Vulis Abram Zinovyvech, “Kutubxona fondlar va kataloglari” kafedra mudiri Rahimova Maloxat Asadivna. Keyinchalik 4-kafedra ochilgan “Texnika vositalari, informatika va HZTA” kafdra mudiri Rasulov Tursunboy Fayziyevich. Keyingi yillarda fakultetga filologiya fanlari doktori, professor Egamov Xudoybergan Egamovich, dotsentlar O.Kelganov, A.T. Tо‘laganov, SH.M.Shamsiyev, U.F.Karimov yetakchilik qilgan.
2001-yildan fakultet nomi о‘zgartilib “Kutubxona-axborot faoliyatini boshqaruv” deb о‘zgartirilgan. Shundan keyingi yillarda fakultetda “Kutubxonashunoslik va axborot tizimlari” ta’lim yо‘nalishida mutaxasislar tayyorlana boshladi. Buni tugatganlar “Kutubxonachi bibliograf”, “Arxivshunos”, “Kitobshunos” va ish yurutuvchi lavozimida ishlashga mо‘ljallangan mutaxasislar tayyorlangan.
2012-yilga qadar fakultet Toshkent axborot texnologiyalari universisteti tarkibiga о‘tganga qadar 4 ta kafedra faoliyat yuritgan. “Kutubxonashunoslik” uning tarkibida ishlagan xodimlar asosan kutubxonachilik ishining nazariy masalalarini о‘rganish bilan birga, kutubxonachilik ishining tarixi bо‘yicha darslik, о‘quv qо‘llanma, uslubiy kо‘rsatmalarni yaratishgan. Kafedrada fan doktorlaridan O.G‘ Qosimova, E.O Oxunjonovlar faoliyat yuritishgan. O.G‘ Qosimova asosan kutubxonachilik ishi tarixi bо‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan va umumiy kutubxonashunoslik mavzusida nazariy va darslik adabiyotlarini yaratgan. E.O Oxunjonov О‘rta Osiyo va О‘zbekistonda kutubxonachilik, kitobshunoslik bibliografiya ishlarini tashkil qilish bо‘yicha darsliklar, monagrafiya, о‘quv qо‘llanmalarni nashrga tayyorlagan. Kafedraning dotsenti lavozimida ishlagan A.I.Kormelitsin, I.M.Troiskaya, M.M.Rasulov, M.X.Mahmudov, A.P.Kavalenka, B.I.G‘aniyevalar soha bо‘yicha izlanishlarni olib borgan mutaxasislar bо‘yicha ilmiy kitoblar, darsliklar va о‘quv qо‘llanmalarni nashrga tayyorlaganlar.
“Bibliografiya” kafedrasida Turopov M.M., Shamsiyev SH.M., Mamatrayemova X., Shumonova N.P. va boshqa qator olimlar faoliyat yuritgan. О‘zbekiston bibliografiyasining shakillanishi va rivojlanishini о‘rgangan olimlar, pedagogika fanlari nomzodlari SH.M. Shamsiyev M.M. Turopovlar hisoblanishadi. 1965 yili uni tugatgan SH.M. Shamsiyev mutaxasislik kafedrasida о‘qituvchi lavozimda ish boshlagan. Yosh mutaxasis kasbga bо‘lgan qiziqishi orqali kafedra о‘qituvchilari orasida tez о‘z о‘rniga ega bо‘la oldi. SH.M.Shamsiyev ilmiy faoliyatni doim pedagogik faoliyatiga qо‘shib olib borganligini kо‘rsatishimiz mumkin. Aspiranturada о‘qigan davrida ilmiy ishi bо‘yicha “Nekotoriye voprosi retrospektivnoy bibliografii periodiki dorevolyusionnogo Turkestana (1870-1917 gg.)” “Problema izucheniya periodicheskoy pechati dorevolyusionnogo Turkestana”1974 kabi maqolalrni e’lon qilgan.
1974 yili Musa Mamatovich Turopov Leningrad davlat madaniyat institutining kutubxonashunoslikk va bibliografiya ishlaridan ilmiy darajalar beruvchi kengashida “О‘zbekiston haqidagi ababiyotlar bibliografiyasining shakllanishi va rivojlanishi” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilgan. Musa Mamatovich Turopov о‘zidan keyin bu о‘liy ta’lim muassasida ilmiy ish qilishgan N.P. Shumanova, M.K. Mirzaxmdova, T.D. Bayturayev, G‘.A. ham ushbu kafedraga aspiranturaga о‘qishga kirishlariga turtki bо‘lgan bо‘lsa kerak. Bu yerdagi о‘qish va bibliografik faoliyatni о‘rganish uning Turkiston о‘lkasi va О‘zbekiston bibliografiyasi bо‘yicha yetuk mutaxasis bо‘lib shakllanishiga asos bо‘la oldi.
2017 yilda О‘zDSMI qoshida kutubonachilik bibliografiya ishi bо‘yicha mutaxasislar tayyorlash yо‘nalishiga talabalr qabul qiilish yо‘lga qо‘yildi.
Yо‘nalishga о‘zbek va rus guruxlariga axborotlashgan kutubxonalar yо‘nalishiga talabalr qabul qilingan. 2018-2019 yilgi о‘quv yiliga bu yо‘naliga ananaviy kutubxonachi bibliograflar tayyorgarligi bо‘yicha talabalar qabul qilina boshlandi.
2019-yil 3-sentabrda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektorining 57/1-PО‘-sonli buyrug‘i bilan institutda “Kutubxona axborot faoliyati” fakulteti tashkil qilingan ochilgan.
Kino,televideniye va radio san’ati” fakulteti 2012 yildan buyon О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti negizida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda 1230 dan ortiq talaba tahsil oladi. Fakultet о‘z faoliyatini О‘zbekiston Respublikasida amalda bо‘lgan huquqiy-meyoriy bazaga, jumladan, О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlar, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nizomi hamda fakultet Nizomiga tayangan holda amalga oshiradi.
Fakultetning asosiy faoliyati “San’atshunoslik”, “Texnogen san’at”, “Rejissyorlik” ta’lim yо‘nalishlariga tegishli (“Teatrshunoslik”, “Sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi”, “Kino san’ati tanqidi va tahlili”, “Kinoteleoperatorlik”, “Kino va televideniye rejissyorligi, “Kino, televideniye va radio ovoz rejissyorligi”, “San’atda animatsiyaviy va multimediyaviy loyihalash) sohalar bо‘yicha talabalarni о‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borish, ilmiy (ijodiy)-pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek kafedralarda ilmiy-tadqiqot (ijodiy) ishlarni bajarishga yо‘naltirilgan.
“Kino, televideniye va radio san’ati” fakulteti 1997 yil tashkil topgan va о‘sha paytda atigi 50 dan ortiq talaba tahsil olgan. 2005-2012 yillar oralig’ida “San’atshunoslik va texnogen san’ati” fakulteti nomi bilan yuritilgan.
“San’atshunoslik va texnogen san’at” fakultetiga ancha yillar davomida san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent Abdumannon Ubaydullayev, keyinchalik filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ramazanova Shoira Rixsibayevna rahbarlik qilib kelgan.
“Kino, televideniye va radio san’ati” deb nomlangan fakultetga 2012-2017 yillar mobaynida falsafa fanlari nomzodi, dotsent Arislanbayeva Zoya Yernazarovna, texnika fanlarii nomzodi, dotsent Fayziyev To’rabek Raufovich, dotsent Rustamov Vahabjan Kiyamovich dekan lavozimida rahbarlik qilgan.
Ta'lim yo'nalishlari
| Aktyorlik san'ati: dramatik teatr va kino aktyorligi 60211100 | Bakalavr Magistr |
| Aktyorlik san’ati (turlari bo‘yicha) 60211100 | Bakalavr Magistr |
| Aktyorlik san’ati: estrada aktyorligi 60211100 | Bakalavr Magistr |
| Aktyorlik san’ati: musiqali teatr aktyorligi 60211100 | Bakalavr Magistr |
| Cholg'u ijrochiligi (xalq cholg'ulari) 60211500 | Bakalavr |
| Dirijyorlik: akademik xor dirijyorligi 60211300 | Bakalavr |
| Geodeziya va geoinformatika (magistratura) 70721501 | Bakalavr Magistr |
| Inson resurslarini boshqarish 60411000 | Bakalavr |
| Kino-teleoperatorlik 60210200 | Bakalavr Magistr |
| Kutubxona axborot faoliyati 60320400 | Bakalavr Magistr |
| Madaniyat va san’at muassasasalarini tashkil etish hamda boshqarish 60212000 | Bakalavr |
| Madaniyat va san’at sohasi menejmenti 70212001 | Magistr |
| Madaniyatshunoslik 60211800 | Magistr |
| Menejment 60410800 | Bakalavr |
| Menejment (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) 60411200 | Bakalavr |
| Rejissorlik: kino va televideniye rejissorligi 6021120 | Bakalavr Magistr |
| Rejissyorlik (musiqali teatr rejissyorligi) 60211200 | Bakalavr |
| Rejissyorlik: dramatik teatr rejissyorligi 60211200 | Bakalavr Magistr |
| Rejissyorlik: qo‘g‘irchoq teatr rejissyorligi 60211200 | Bakalavr Magistr |
| San'atshunoslik: kino san'ati tanqidi va tahlili 6021100 | Bakalavr |
| San'atshunoslik: teatrshunoslik 6021100 | Bakalavr |
| San’at nazariyasi va tarixi: kinoshunoslik 70211003 | Magistr |
| San’atshunoslik: sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi 60211000 | Bakalavr |
| San’atshunoslik: san’at jurnalistikasi 60211000 | Bakalavr |
| Teatr san’ati 70211001 | Magistr |
| Texnogen san'at: kino, televideniye va radio ovoz rejissorligi 6021010 | Bakalavr |
| Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 | Bakalavr |
| Xalq ijodiyoti (Folklor va etnografiya) 60211900 | Bakalavr Magistr |
| Xalq ijodiyoti (ashula va raqs) 60211900 | Bakalavr Magistr |
| Xalq ijodiyoti: cholg‘u ijrochiligi 70211701 | Magistr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Turizm va mehmondo‘stlik
8 950 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Menejment
8 950 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Kutubxona axborot faoliyati
8 950 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Madaniyatshunoslik
8 950 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
San’at nazariyasi va tarixi: kinoshunoslik
10 500 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Teatr san’ati
10 500 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
San’atshunoslik: san’at jurnalistikasi
8 950 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
San'atshunoslik: kino san'ati tanqidi va tahlili
8 950 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
San’atshunoslik: sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi
—
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Madaniyat va san’at sohasi menejmenti
10 500 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Xalq ijodiyoti (Folklor va etnografiya)
8 950 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Kutubxona axborot faoliyati
30 000 000 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Melis Abzalov
Aleksandr Osipovich Ginzburg
Komil Yormatov
Erkin Komilov
Talabalar fikri
Dilnoza