WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Logistika

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Logistika bakalavr.

Tavsif

Logistika bo‘yicha bakalavr dasturi tugallamagan oliy ta’lim dasturi bo‘lib, bugungi kundagi yetkazib berish zanjirlarini boshqarishning asosiy tamoyillari va mexanizmini o‘zida aks ettiradi. Bunda asosan logistikaning turlari sifatida transport, ombor, ishlab chiqarish, xaridlar, taqsimot, axborot logistikasini rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish va tartibga solish borasida bilim hamda ko‘nikmalar shakllantiriladi.                                                                                                                                                        Tarkib va o‘quv rejasi

Dastur davomida talabalar logistikasi faniga kirish, yuk tashuvlarini tashkil etish va boshqarish, logistika va ta’minot zanjiri menejmenti, tijorat logistikasi, xalqaro logistika  kabi fanlarni o‘rganadilar. Ushbu fanlarni o‘zlashtirish orqali talabalar logistikada infratuzilma tarkibi, transport logistikasi asoslariga kirish hamda taqsimot logistikasini boshlang‘ich bilmlarini egallab xalqaro logistika to‘g‘risida ham yetarlicha ma’lumotga ega bo‘ladilar.                                                                                                                              O‘quv dasturi odatda nazariy bilimlarni amaliy qo‘llanmalar bilan birlashtirib, o‘quvchilarga logistiksda tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. Talabalar amaliy tajriba orttirish uchun amaliy tadqiqotlarni tahlil qilish, guruh loyihalarida ishtirok etish va amaliyotda qatnashish imkoniyatiga ega bo'lishadi.                                                                          

O‘quv natijalari:

-  Logistika turlarini bilib olish, ularni farqlash, logistika xarajatlarini turlarga ajratish;

-  Logistika asoslarini bilish, yuk tashuvlarini tashkil etishni bilish, ta’minot tushunchasini anlab yetish;

-  Milliy iqtisodiyotda logistika infratuzilmasi va xalqaro logistika farqlarini tushunish;                                                                                                                                                                 -- Korxonalarda logistika faoliyatini tashkil etishni bilish;

- Mikro va makro logistik tizimlar faoliyatini tushunish;                                                                                      Karyera imkoniyatlari:

Logistika yo‘nalishida bakalavriyat dasturi asosida bitiruvchilar logistikaning turli bosqichlarida ma’sul lavozimlarda ishlashlari mumkin, jumladan, logistika koordinatori, yuk tashuvlari tashkil etishda dispetcher, ombor xo‘jaligi yurituvchi mutaxassis, ishlab chiqarishda ta’minotchi, tijorat korxonalarida logist, xaridlar bo‘yicha mutaxassis va boshqa bir qator tegishli ishlarni aytishimiz mumkin.

O'xshash dasturlar