WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Dastur haqida

Logistika ta’lim yo‘nalishi mahsulotlar, xizmatlar va axborot oqimlarini samarali boshqarish, ta’minot zanjirlarini optimallashtirish hamda transport va ombor xo‘jaligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Talabalar logistika tizimlari, transport logistikasini boshqarish, ta’minot zanjiri menejmenti, ombor xo‘jaligi, bojxona jarayonlari, xalqaro yuk tashish, iqtisodiy tahlil va raqamli logistika texnologiyalari bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘ladilar. Ta’lim jarayonida zamonaviy logistika dasturlari, axborot tizimlari va boshqaruv usullaridan foydalanish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Bitiruvchilar transport va logistika kompaniyalari, ishlab chiqarish korxonalari, eksport-import tashkilotlari, savdo tarmoqlari hamda xalqaro ta’minot zanjiri bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari mumkin.

Agar xorijiy fuqaroning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi (residence permit) mavjud bo‘lsa, o‘qish uchun kontrakt miqdori 900 AQSh dollarini tashkil etadi.

O'xshash dasturlar