Dastur haqida
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo’nalishi
Umumiy tavsifi
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) bakalavriat dasturi turli mulk shakllariga tegishli tarmoq, sohalarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, akademik va tarmoq ilmiy tadqiqot tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar faoliyatining barcha yo‘nalishlari, iqtisodiy-huquqiy va tashkiliy asoslari, faoliyat tamoyillari, likvidliligi va to‘lov qobiliyatini ta’minlash bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Tarkib va O'quv rejasi
Dastur davomida talabalar buxgalteriya hisobiga kirish, moliyaviy hisob, boshqaruv hisobiga kirish, moliyaviy hisobot, audit, auditning xalqaro standartlari, moliyaviy tahlil kabi fanlarni o‘zlashtiradilar. Talabalar buxgalteriya hisobining me'yoriy huquqiy asoslari, buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobotlarni tuzish, audit o'tkazish, auditorlik hisoboti va xulosalari haqida tushunchaga ega bo'ladilar.
O‘quv reja nazariy bilimlarni amaliy qo‘llash bilan uyg‘unlashtirib, talabalarga buxgalteriya hisobi kontekstida tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. Talabalar amaliy tajriba orttirish uchun amaliy tadqiqotlarni tahlil qilish, guruh loyihalarida ishtirok etish va amaliyotda qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
O'quv natijalari
Dasturning o'quv natijalariga quyidagilar kiradi:
• ijodiy fikrlash, muzokaralar, uchrashuvlar, ishbilarmonlik yozishmalarini olib borish va onlayn aloqalarni amalga oshirish;
• iqtisodiy ob'yektlar va jarayonlarning miqdoriy o‘zaro bog‘liqligini matematik, statistik va buxgalteriya hisobi metodlari hamda modellari yordamida o‘rganishi;
• biznes jarayonlarini modellashtirish, biznes yuritishning iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarini baholash, yangi bozor imkoniyatlarini aniqlash hamda yangi biznes modellarini shakllantirishni bilish;
• buxgalteriya hisobining asosiy printsiplari va standartlari, usullari yuzasidan tasavvurga ega bo‘lishi, hisob siyosatini yuritish hamda moliyaviy hisobotni tuzish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
• iqtisodiyot subyektlarining moliyaviy holatini tahlil qilish hamda moliyaviy ko‘rsatkichlarini aniqlashi;
• soliq turlari va ularni hisoblash usullarini bilishi;
• auditorlik tekshiruvini o‘tkazish usullarini bilishi hamda auditorlik xulosasi va hisobotini tuzishi;
• moliyaning mazmun-mohiyati, moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil etishning nazariy-amaliy jihatlari va ularni boshqarish usullarini bilishi;
• buxgalteriya ishining nazariy, amaliy asoslarini bilishi, buxgalteriya faoliyatini tashkil etish va tartibga solish, resurslarni jalb qilish va ularni joylashtirish, moliyaviy hisobotlarni tahlil etish va uni baholash bo‘yicha malakaga ega bo‘lish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobi va auditini tashkil etish, buxgalteriya operatsiyalarini hisobga olish va hisob-kitob ishlarni yuritishni, xo‘jalik yurituvchi subyektlarining buxgalteriya hisobotlarini tuzish va ularni tahlil etishni bilishi;
• moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida korxonalarning moliyaviy hisobotlarini tayyorlash va ularni xalqaro audit standartlari asosida tekshirishning nazariy va amaliy jihatlarini bilishi;
• me’yoriy-huquqiy hujjatlarni izlash, tahlil qilish va ulardan kasbiy faoliyatida foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
Karyera imkoniyatlari
Bakalavriat dasturining bitiruvchilari buxgalteriya hisobi bilan bog‘liq turli soha va lavozimlarda, jumladan, buxgalteriya hisobi bo‘yicha mutaxassis, auditor, auditor yordamchisi, iqtisodchi lavozimlarida faoliyat yuritishlari mumkin. Bitiruvchilar korxona va tashkilotlar, davlat idoralari, notijorat tashkilotlari va konsalting firmalarida ishga joylashish imkoniyatiga egadirlar. Bundan tashqari, ushbu bakalavr dasturi buxgalteriya hisobi, byudjet hisobi va nazorati mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada o‘qishi mumkin.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Marketing
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Iqtisodiyot
62 937 500 so'm
yiliga
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
40 000 000 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Iqtisodiyot
15 000 000 so'm
yiliga