Dastur haqida
Ushbu ta’lim dasturi orqali siz hozirgi “Biznes, Boshqaruv va huquqi” ta’lim sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, barcha tarmoqlarni qamrab olgan holda boshqaruv jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan “Menejment” yo‘nalishi bo‘yicha bilim va malakalarga ega bo‘lasiz. Kelajak kasblarida biri bo‘lgan “Menejment” ta’lim yo‘nalishi hozirgi davrda eng zarur bo‘lgan sohalardan biri hisoblanadi.
Siz 4 yil davomida “Menejment” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab nazariv va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Menejment sohasidagi zarur bo‘lgan fanlarni, ishlab chiqarishni tashkil etish, tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, resurslardan samarali foydalanish hamda korxona (tashkilot)ni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish, tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish ko‘nikmalari, iqtisodiy o‘sish, strategik tahlil qilish, raqobatdoshlikni ta’minlashga qaratilgan tashkilot strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini rejalashtirish, hisob-kitob va tahlil qilish bo‘yicha uslubiy ko'rsatmalar, huquqiy hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bilishi, rejalashtirish ishlarini tashkil etish, tarmoqlar ua sohalar bo‘yicha korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini rejalashtirish kabi bilimlarni o‘zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta menejment sohasida ko‘zlagan maqsadingizga erishing.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami: 240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan
Jami auditoriya soati: 6300 soat
Malakaviy amaliyot: 900 soat
Ta’lim dasturi muvafaqqiyatli yakunlanganida Menejer klassifikatori beriladi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
113 |
1 – 8 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish |
|
Malakaviy amaliyot |
15 |
8 |
|
|
Attestatsiya |
16 |
1 – 8 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
2 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
50 |
1 – 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
8 |
1 – 8 |
|
|
Jami |
204 |
|
|
Qo‘shimcha izohlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi
- ma’lumot rus va ingliz tillarida tayyorlanishi kerak
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Marketing
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Iqtisodiyot
62 937 500 so'm
yiliga
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
40 000 000 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Iqtisodiyot
15 000 000 so'm
yiliga