Dastur haqida
TA’LIM DASTURI HAQIDA
Ta’lim yo‘nalish nomi: “60540100 – Matematika”
Ta’lim yo‘nalishi tavsifi:
Ushbu ta’lim yo‘nalishi orqali siz matematik tafakkur, mantiqiy tahlil, abstrakt fikrlash va ilmiy izlanishlar olib borish qobiliyatini chuqur rivojlantirasiz. Matematika – bu nafaqat raqamlar, balki zamonaviy jamiyat, texnologiya, iqtisodiyot va fan uchun poydevor hisoblanadi.
Matematikani nazariy va amaliy jihatdan chuqur o‘rgangan, o‘quvchi va talabalarni zamonaviy metodlar asosida o‘qita oladigan, ilmiy-tadqiqot olib borishga layoqatli va zamonaviy axborot texnologiyalarini puxta egallagan mutaxassislar tayyorlash.
4 yil davomida siz quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:
– Matematik analiz, chiziqli algebra, geometriya, sonlar nazariyasi, ehtimollar nazariyasi.
– Murakkab masalalarni mantiqiy tahlil qilish, isbotlash va umumlashtirish ko‘nikmalari.
– Dasturlash elementlari, matematik modellashtirish va texnologik vositalardan foydalanish.
– Zamonaviy matematika darslarini rejalashtirish va o‘quvchilar bilan samarali ishlash metodlari.
– Matematik gipotezalar ustida ishlash, ilmiy maqolalar yozish va tahliliy fikrlarni bayon qilish.
Kelajak kasblari uchun tayyorgarlik:
- Data Analyst (Ma’lumotlar tahlilchisi)
- Aktuar (Moliya va sug‘urta matematikasi)
- Matematika metodologiyasi bo‘yicha innovator
- Raqamli ta’lim kontent yaratuvchisi
- Sun’iy intellektga yo‘naltirilgan modellashtirish mutaxassisi
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami: 240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan
Jami auditoriya soati: 6090 soat
Malkaviy amaliyot: 870 soat
Bitiruv malakaviy ishi: 240 soatni tashkil etadi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
108 |
1 – 7 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish |
|
Malakaviy amaliyot |
7 |
4,6 |
|
|
Pedagogik amaliyot |
15 |
8 |
|
|
Attestatsiya |
19 |
1 – 7 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
4 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
47 |
1 – 8 |
|
|
Kredit haftaligi |
4 |
1 – 6 |
|
|
Jami |
204 |
|
|
Qo‘shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxona hamda ta’lim tashkilotlarida o’tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan Nizom asosida amalga oshiriladi
Bitiruvchilarning kasbiy faoliyat ob’yektlari:
- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishiga oid fanlarni o‘qitish;
- O‘zbekiston Respublikasi fanlar akasemiyasi tarmoq va ilmiy tadqiqoqt institutlari;
- davlat boshqaruvi organlari;
- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat tashkilotlarida muassasalarida kompleks masalalar bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
O'xshash dasturlar
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Amaliy matematika
11 040 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Amaliy matematika
11 040 000 so'm
yiliga
Yangi asr universiteti
Matematika
18 000 000 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Amaliy matematika
17 834 925 so'm
yiliga
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
Matematika
20 000 000 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Matematika
17 834 925 so'm
yiliga