WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Mexanika va matematik modellashtirish

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

MUHANDISLIK FIZIKASI INSTITUTI

Mexanika muhandisligi 

            Mexanika va matematik modellashtirish - fan sohasidagi bakalavriat ta'lim yo`nalishi umumiy o`rta, o`rta maxsus va professional tizimining tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, davlat boshqaruvi organlari, umumiy o`rta, o`rta maxsus kasbiy talimning davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalar bilan kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.

Kredit

Jami soat

Auditoriya soati

Kurs ishi

Malakaviy asmaliyot

Mustaqil ta’lim

Jami

Ma’ruza

Amaliy

Laboratoriya

Seminar

240

7200

2670

1098

1180

 

26

 

456

4074

 

1-bosqichda Xorijiy til, Matematik analiz, Chiziqli algebra, Analitik geometriya, Dasturlash asoslari, Nazariy mexanika, O'zbekistonning eng yangi tarixi, Dinshunoslik fanlari o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.

Bakalavrlar tayyorlashda quyidagi malakaviy amaliyotlar o‘tkaziladi:

2,3-bosqichlarda malakaviy amaliyot - ishlab chiqarishda (tegishli soha korxona, tashkilot va muassasalarida) umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy (ishlab chiqarish) jarayonlar bilan uyg‘unlashtirish, tegishli amaliy ko‘nikmalar, kompetensiyalar va malakalami shakllantirishga qaratiladi;

4-bosqichda malakaviy amaliyot - ishlab chiqarishda (tegishli soha korxona, tashkilot va muassasalarida) kasbiy ko‘nikmalami yanada mustahkamlash, kasbiy faoliyatga moslashish, bitiruv malakaviy ishni tayyorlash uchun ma'lumot to’plash va tizimlashtirishga qaratiladi;

Mexanika va matematik modellashtirish ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari fan va texnika sohasidagi bakalavriat ta'1im yo‘nalishini tamomlagandan so‘ng, tashkiliy-boshqaruv hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatida, axborat tahliliy faoliyatida, ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi sohalarda ish olib borishi mumkin.

 

1) 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.

2) GPA ko'rsatkichi har yili avgust oyining uchnichi haftasida aniqlanadi.

3) Harbiy tayyorgarlik mashg'ulotlari tanlov fanlari blokining soatlari hisobiga (tanlov ranlarnio'zlashtirish sh arli bilan), harbiy yig'in esa ta'til vaqti hisobiga o'tkaziladi. Tanlov fanlari bloki OTM Kengashi qarori bilan mehnat bozori va kadrlar buyurtm achilarining talab lari, m oslanuvchanligi va harakatchanligini ta'minlovchi fanlar majmuasidan belgilanadi.

4) O'quv reja asosida ishchi o'quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o'quv fanlari bloki hajmini 5 foizgacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 foizgacha o'zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.

5) Yakuniy davlat attestatsiyasi m uddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.

6) O'quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg'ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta'lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o'tkaziladi.

7) Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta'minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o'tkaziladi.

8) Jismoniy tarbiya va sport fani fakul'tativ kurs sifatida talabaning ixtiyoriy tanlovi asosidagi sport seksiyalarida tashkil etiladi.

9) Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta'lim soatlari hisobidan 1 kredit asosida bajariladi.

 

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestr

Nazariy va amaliy ta’lim

105

1-7

Attestatsiyalar

16

1-7

Fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish

4

1,3,5,7

Amaliyot

20

4,6,8

Yakuniy davlat attestatsiyalari

4

8

Ta’til haftalari

52

1-8

GPA ko‘rsatkichini hisoblash

3

2,4,6

Jami

204

 

 

TA’TIL VAQTI:

  1. 1-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyun oyining 2-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 10.06.2024-02.09.2024)

  1. 2-kurs:

-dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)

  1. 3-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)

  1. 4-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan

FANLAR

  1. O‘zbek (rus tili)
  2. O‘zbekistonning eng yangi tarixi
  3. Dinshunoslik
  4. Xorijiy til
  5. Falsafa
  6. Matematik analiz
  7. Chiziqli algebra
  8. Analitik geometriya
  9. Dasturlash asoslari
  10. Nazariy mexanika
  11. Umumiy fizika
  12. Differensial tenglamalar
  13. Differensial geometriya
  14. Tutash muhitlar mexanikasi asoslari
  15. Umumiy psixologiya. Umumiy pedagogika
  16. Mexanika masalalarini kompyuterda modellashtirish
  17. Materiallar qarshiligi
  18. Kompleks o'zgaruvchili funksiyalar nazariyasi
  19. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
  20. Mexanika va matematika o'qitish metodikasi
  21. Hisoblash usullari
  22. Suyuqlik va gazlar mexanikasi
  23. Deformasiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi
  24. Matematik fizika tenglamalari

 

 

 

 

O'xshash dasturlar