WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Oriental universiteti

Ona tili va adabiyot : o'zbek tili

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Ushbu ta’lim dasturi orqali siz o‘zbek tili fanining barcha bo‘limlari (fonetika, leksikologiya, grammatika, stilistika, nutq madaniyati), o‘zbek adabiyoti tarixi (mumtoz va zamonaviy davrlar), adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid, ona tili va adabiyotini o‘qitish metodikasini o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘lasiz. Ona tili va adabiyoti hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylarda ona tili va adabiyoti o‘qituvchilari yetishmovchiligi, milliy ma’naviyat va til madaniyatini saqlash, shuningdek, adabiy merosni ilmiy o‘rganish va ommalashtirishning dolzarbligi sababli muhim sohalardan biri hisoblanadi.

Siz 4 yil davomida “Ona tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab nazariv va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Eng yangi va zarur bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko‘zlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami:
240 kredit
to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan

Jami auditoriya soati: 2304 soat

Malkaviy amaliyot: 630 soat

Bitiruv malakaviy ishi: 420 soatni tashkil etadi.

O'xshash dasturlar