WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Namangan davlat texnika universiteti

Yarimo‘tkazgichli materiallar nanotexnologiyasi

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70710704 – Yarimo‘tkazgichli materiallar nanotexnologiyasi

Tavsif:
Ushbu ta’lim dasturi 70710704 – Yarimo‘tkazgichli materiallar nanotexnologiyasi – muhandislik, ishlab chiqarish va zamonaviy texnologiyalar sohasiga mansub mutaxassislik bo‘lib, u yarimo‘tkazgichli materiallar, nanostrukturalar hamda ular asosidagi elektron va optoelektron qurilmalarni tadqiq etish, loyihalash, olish va ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish, materiallarning tarkibi, tuzilishi, elektr, optik va fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘rganish, zamonaviy nanotexnologik va diagnostik usullarni qo‘llash, texnologik jarayonlarni tashkil etish va nazorat qilish, amalga oshirilgan ishlarning natijalarini baholash, yechilayotgan ilmiy-texnik muammolarning konseptual, nazariy va tajribaviy modellarini ishlab chiqish hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyot va ishlab chiqarishga tatbiq etish bo‘yicha faoliyatlar ko‘lamini qamrab oladi.

ishlab chiqarish: 70710704 – Yarimo‘tkazgichli materiallar nanotexnologiyasi magistrlari kasbiy faoliyatining obyektlari: ilmiy, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalari hamda oliy ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat; Fanlar akademiyasi, tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar, oliy ta’lim muassasalari va innovatsion texnologiyalar markazlarida ilmiy-tadqiqot faoliyati va jarayonlari; yarimo‘tkazgichli materiallar, nanomateriallar, mikro- va nanoelektronika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi turli mulkchilik shaklidagi korxonalar va tashkilotlar; yarimo‘tkazgichlar fizikasi, qattiq jismlar fizikasi, materialshunoslik, nanotexnologiya, mikroelektronika va optoelektronika sohalarida fundamental va amaliy tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik hamda tajriba-texnologik ishlari; yarimo‘tkazgichli materiallar, yupqa qatlamlar, nanostrukturalar, kvant o‘lchamli tizimlar va kompozit materiallarni olish, sintez qilish, modifikatsiyalash hamda ularning xususiyatlarini boshqarish jarayonlari; monokristall, polikristall, amorf va organik yarimo‘tkazgich materiallarni yetishtirish, tozalash, legirlash va ularga termik, kimyoviy, plazmaviy hamda radiatsion ishlov berish texnologiyalari; yarimo‘tkazgichli materiallar va nanostrukturalarning tarkibi, kristall tuzilishi, sirt va qatlamlararo holati, elektr, optik, fotoelektrik, issiqlik, magnit va mexanik xususiyatlarini tadqiq etish; vakuumli bug‘latish, magnetron purkash, epitaksial o‘stirish, kimyoviy cho‘ktirish, atom-qatlamli cho‘ktirish, litografiya, ion implantatsiyasi, diffuziya va nanotuzilmalarni shakllantirish texnologik jarayonlari; diodlar, tranzistorlar, tunnel diodlari, fotodiodlar, quyosh elementlari, yorug‘lik diodlari, sensorlar, integral sxemalar, mikro- va nanoelektromexanik tizimlar hamda boshqa yarimo‘tkazgichli asboblarni loyihalash, tayyorlash va takomillashtirish; mikro- va nanoelektron qurilmalarning fizik ishlash mexanizmlarini aniqlash, ularning matematik, fizik va kompyuter modellarini ishlab chiqish; yarimo‘tkazgichli qurilmalarda zaryad tashuvchilarning generatsiyasi, rekombinatsiyasi, diffuziyasi, dreyfi, tunnellanishi va kvant transporti jarayonlarini nazariy va tajribaviy tadqiq etish; yarimo‘tkazgichli materiallar va asboblarning elektr, volt-amper, volt-farad, spektral, lyuminessent, fotoelektrik hamda haroratga bog‘liq xarakteristikalarini o‘lchash va tahlil qilish; nanotexnologik jarayonlar va yarimo‘tkazgichli asboblarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan laboratoriya, vakuum, termik, optik, spektroskopik, mikroskopik va elektr o‘lchash uskunalaridan foydalanish; elektron mikroskopiya, atom-kuch mikroskopiyasi, rentgen-diffraksion, Raman, fotolyuminessensiya va boshqa zamonaviy diagnostika usullarini qo‘llash; yarimo‘tkazgichli materiallar va mikroelektron mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilish, nuqsonlarni aniqlash, ishonchlilik va xizmat muddatini baholash; texnologik jarayonlarning optimal parametrlarini tanlash, ishlab chiqarish rejimlarini rejalashtirish, nazorat qilish va avtomatlashtirish; toza xonalar, vakuum tizimlari, gaz ta’minoti va maxsus texnologik uchastkalarda ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish; ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, ekologik xavfsizlik, radiatsion va kimyoviy xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash; yarimo‘tkazgichli materiallar va nanostrukturalarni ishlab chiqarishda xomashyo, energiya va moddiy resurslardan oqilona foydalanish; chiqindisiz va kam chiqindili nanotexnologiyalarni ishlab chiqish hamda joriy etish; yarimo‘tkazgichli mahsulotlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va raqobatbardoshligini ta’minlash; ishlab chiqarish korxonalarining texnologik rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish; yangi materiallar, texnologiyalar va yarimo‘tkazgichli asboblarni yaratishga qaratilgan innovatsion loyihalarni rejalashtirish, boshqarish va ekspertizadan o‘tkazish; ilmiy va texnologik loyihalarning texnik-iqtisodiy samaradorligini baholash; yarimo‘tkazgichlar va nanotexnologiyalar sohasidagi ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, patentlash va intellektual mulk obyektlarini himoya qilish; ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy muassasalar va oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi integratsiyani rivojlantirish; mahalliy va xalqaro ilmiy-texnik loyihalarda ishtirok etish; sohadagi ilmiy-texnik axborotni izlash, tizimlashtirish, tahlil qilish va amaliy faoliyatda qo‘llash; yarimo‘tkazgichli materiallar va qurilmalarni modellashtirish, loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarida zamonaviy dasturiy ta’minot, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari, ma’lumotlarni qayta ishlash vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish; tajriba natijalarini statistik tahlil qilish, texnik hujjatlar, texnologik reglamentlar, ilmiy hisobotlar va uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish; ilmiy laboratoriyalar, konstruktorlik byurolari va ishlab chiqarish jamoalari faoliyatini tashkil etish va boshqarish; yarimo‘tkazgichli materiallar nanotexnologiyasi sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-pedagogik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-boshqaruv, loyihaviy-konstruktorlik va ishlab chiqarish-texnologik faoliyatni amalga oshirish.

loyiha-tahliliy: Yarimo‘tkazgichli materiallar, nanostrukturalar, mikro- va nanoelektron qurilmalar bo‘yicha bajarilayotgan fundamental, amaliy, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarning mavzusiga muvofiq fizik, matematik, informatsion, kompyuter va imitatsion modellarni ishlab chiqishi, tadqiq qilishi hamda olingan natijalarni tahlil etishi; yarimo‘tkazgichli materiallarni olish, tozalash, legirlash, yupqa qatlamlarni hosil qilish, nanostrukturalarni shakllantirish va ularga ishlov berish bo‘yicha namunaviy texnologik jarayonlarni loyihalashi va takomillashtirishi; yarimo‘tkazgichli materiallar va qurilmalarda kechadigan elektr, optik, issiqlik, fotoelektrik, tunnellanish va kvant transporti jarayonlarini modellashtirishi; materiallar va asboblarning tuzilishi, xususiyatlari, ish rejimlari, ishonchliligi va samaradorligini baholash uchun zamonaviy hisoblash, avtomatlashtirilgan loyihalash va ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlaridan foydalanishi; ilmiy va amaliy faoliyatda avtomatlashtirilgan o‘lchash, boshqarish, diagnostika va nazorat tizimlarining instrumental vositalari, dasturiy muhitlari va algoritmlarini ishlab chiqish hamda rivojlantirish malakalariga ega bo‘lishi; eksperimental natijalarni statistik qayta ishlashi, nazariy va tajribaviy ma’lumotlarni o‘zaro solishtirishi, texnologik parametrlarning optimal qiymatlarini aniqlashi; yarimo‘tkazgichli materiallar va nanotexnologiyalar sohasidagi loyihalarning texnik, texnologik, iqtisodiy va ekologik samaradorligini tahlil qilishi; ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, innovatsion markazlar va oliy ta’lim muassasalariga yangi yarimo‘tkazgichli materiallar, nanostrukturalar, elektron va optoelektron qurilmalar, innovatsion loyihalar hamda zamonaviy texnologik jarayonlarni tatbiq etishni rejalashtirishi va tashkil qilishi; loyihalarning texnik topshiriqlari, hisob-kitob hujjatlari, texnologik reglamentlari, ilmiy hisobotlari va amaliy tavsiyalarini ishlab chiqishi; ishlab chiqilgan loyiha va texnologiyalarning sanoat sharoitida joriy etilishi, sinovdan o‘tkazilishi, monitoringi va natijadorligini baholash qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.

ilmiy-tadqiqot: Yarimo‘tkazgichli materiallar, nanostrukturalar, mikro- va nanoelektronika, optoelektronika hamda zamonaviy nanotexnologiyalar sohasida fundamental, amaliy va tajriba-konstruktorlik tadqiqotlarini rejalashtirish va amalga oshirish; tajriba natijalarini matematik-statistik usullar asosida qayta ishlash, tahlil qilish va ular asosida ilmiy jihatdan asoslangan xulosalar chiqarish, yangi qonuniyatlar, bog‘lanishlar va ilmiy natijalarni aniqlash; yarimo‘tkazgichli materiallarning tarkibi, kristall tuzilishi, sirt va interfeys holatlari, elektr, optik, fotoelektrik, issiqlik, magnit va mexanik xossalarini zamonaviy eksperimental hamda nazariy usullar yordamida tadqiq etish; yarimo‘tkazgichli qurilmalarda zaryad tashuvchilarning generatsiyasi, rekombinatsiyasi, diffuziyasi, dreyfi, tunnellanishi va kvant transporti jarayonlarini o‘rganish; tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy maqolalar, ma’ruzalar, tezislar, monografiyalar, risolalar, o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlash, rasmiylashtirish va tahrir qilish; olib borilayotgan tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy sharhlar, tahliliy materiallar, referatlar, annotatsiyalar va bibliografik ro‘yxatlarni tuzish; ilmiy adabiyotlar, ma’lumotlar bazalari va internet tarmog‘i orqali yarimo‘tkazgichlar fizikasi, materialshunoslik, nanotexnologiya, mikro- va nanoelektronika sohalaridagi eng yangi ilmiy, konstruktorlik, texnologik va ekspluatatsion yutuqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maqsadli izlash, saralash, tizimlashtirish va tanqidiy tahlil qilish; ilmiy seminarlar, konferensiyalar, simpoziumlar, davra suhbatlari va ko‘rgazmalarni tashkil etish, o‘tkazish hamda ularda ilmiy ma’ruzalar bilan faol ishtirok etish; mutaxassislik yo‘nalishiga mos ilmiy va innovatsion loyihalarni ishlab chiqish, grant tanlovlarida ishtirok etish, yechilayotgan ilmiy muammolar va vazifalarning konseptual, nazariy, matematik va kompyuter modellarini yaratish; tadqiqot usullari, tajriba qurilmalari, o‘lchash tizimlari va texnologik jarayonlarni takomillashtirish; ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish, patentlash, intellektual mulk obyektlarini rasmiylashtirish va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha faoliyat olib borish; oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish hamda professional ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlari bo‘yicha pedagogik va o‘quv-uslubiy faoliyat yuritish; o‘quv jarayoni va ilmiy faoliyatni tashkil etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar, virtual laboratoriyalar, modellashtirish dasturlari hamda o‘qitishning texnik vositalaridan foydalangan holda ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish; elektron ta’lim, mobil ta’lim, masofaviy ta’lim texnologiyalari va o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish hamda ulardan samarali foydalanish; talabalar va yosh tadqiqotchilarning ilmiy ishlariga rahbarlik qilish, ularning mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirish; pedagogik, ilmiy va kasbiy mahoratini muntazam ravishda oshirib borish malakalariga ega bo‘lishi lozim.

 

 

Ta’lim dasturining hajmi va o‘quv jarayoni

Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr (2 yil) davomida jami 120 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Bir kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.

  • Ta’lim dasturining umumiy hajmi: 3600 soat;
  • Fanlar bo‘yicha umumiy o‘quv yuklamasi: 1800 soat;
  • Jami auditoriya mashg‘ulotlari: 720 soat;
  • Mustaqil ta’lim: 1080 soat;
  • Ilmiy-pedagogik ish: 360 soat;
  • Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish): 300 soat;
  • Ilmiy-pedagogik ish va ilmiy amaliyot jami: 660 soat;
  • Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash: 1140 soat.

Auditoriya mashg‘ulotlari tarkibiga 348 soat ma’ruza, 276 soat amaliy mashg‘ulot, 24 soat laboratoriya mashg‘uloti va 48 soat seminar kiradi.

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

45

1 – 3

Magistrlik dissertatsiya ishini tayyorlash va himoya qilish

Ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti

5

1-4

Attestatsiya

9

1 – 4

Ta’tillar

25

1 – 4

Kredit ta’lim tizimiga kirish

2

1-2

Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasi

14

1-4

 

Jami

100

   

Qo’shimcha izoxlar:

  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi

O'xshash dasturlar