Buxoro davlat pedagogika instituti
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
Dastur haqida
- 60112100 - Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining umumiy tasvifi
60112100 - Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta’limi ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Barcha ta'lim shakllari bo'yicha o'qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta'limda bakalavriat dasturining me'yoriy muddati 4 yil.
1.1. Qo'llanilish sohasi
- 60112100-Milliy g'oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi bo'yicha Malaka talabining qo‘llanilishi.
Malaka talabi 60112100-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ta lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli bakalavrlar tayyorlash o‘quv reja va fan dasturlarining o‘zlashtirilishini amalga oshirishda 0‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha pedagogika sohasida kadr tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari uchun talablar majmuini ifodalaydi.
1.1.2. Malaka talablarining asosiy foydalanuvchilari:
- 60112100-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha fan, texnika va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda o‘quv reja va fan dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilash uchun mas’ul oliy ta’lim muassasalarining professor - o‘qituvchilari;
- ta’lim yo‘nalishining o‘quv reja va fan dasturlarini o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi talabalari;
- o‘z vakolat doirasida bitiruvchilaming tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o‘quv bo‘limi boshlig‘i, dekanlar va kafedra mudirlari);
- bitiruvchilaming tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya va imtihon komissiyalari;
- oliy ta’lim muassasasini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar;
- oliy ta’lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli Davlat organlari;
- kadrlar buyurtmachilari va ish beruvchi tashkilotlar;
1.2. 60112100-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining tavsifi.
1.2.1. 60112100-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari:
- umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda huquq ta’limi fani o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
- o‘rta maxsus va professional ta’limda huquq fani o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
- 0‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tannoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqiJ tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
- umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta lim muassasasini boshqarish;
- umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.
1.2.2. 60112100-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari:
- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
- 0‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
- davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida;
60112100-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari o‘qishni tamomlagandan so‘ng, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish, 0‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, tarix muammolari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda kompleks masalalarni yechish huquqiga ega bo‘ladi.
1.2.3. 60112100-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari:
- pedagogik;
- ilmiy-tadqiqot;
- ma ’naviy-ma ’rifiy,
- tashkiliy-boshqaruv.
- 60112100-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy vazifalari.
60112100-Milliy g'oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo'nalishi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 6-malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining sohalari, ob’ektlari va turlariga muvofiq bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalami bajarishga qodir bo‘lishi lozim:
Pedagogik faoliyatidan:
- o‘quv jarayonini rejalashtirish: DTS va O‘D larining maqsadlariga muvofiq o‘quv reja ishlab chiqish, o‘quvchilaming ehtiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqib o‘quv dasturlarini moslashtirish, darsning aniq maqsad va natijalariga ko‘ra dars rejasini ishlab chiqish, differensial yondashuv asosida dars shakllari va usullarini rejalashtirish, o‘quv, namoyish va tarqatma materiallardan foydalanishni rejalashtirish;
- ta’lim samaradorligini ta’minlash: dars maqsadlariga ko‘ra o‘quvchilar imkoniyatidan kelib chiqib vazifalami belgilash, dars mavzusiga mos namoyish va tarqatma materiallardan foydalanish, darsda vaqt taqsimotini to‘g‘ri rejalashtirish, ta’lim jarayonida AKTdan unumli foydalanish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalariga ko‘ra darsni tashkil etish va ta’lim berishdagi yondashuvlaming samaradorligini tahlil qilish, o‘quvchilarning ta’limiy maqsadlari va yosh xususiyatlariga mos keladigan o'qitish usullari va yondashuvlami tanlash, o‘qitishning faol usullaridan foydalanish, o‘quvchilaming asosiy kompetensiyalari va hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan usullardan foydalanish, o‘quvchilaming jamoaviy va loyixaviy ishlarini tashkil etish, o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalaridan foydalanish, o‘quvchilarga differensial yordam berish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, o'quvchilami mustaqil fikrlash imkoniyatini yaratish, darsda motivatsiyaga erishish, sinfda samarali muloqotga erishish;
- o‘zIashtirishni baholash va qayta aloqani taqdim etish: ta’lim natijalarini baholash uchun turli usul va vositalardan foydalanish, ta’lim natijalarini diagnostika qilish uchun turli usul va vositalardan foydalanish, ta’lim natijalarini taxlil qilish, dars rejasi va usullarini moslashtirishda tahlil natijalaridan foydalanish, baholash mezonlarini bilishi va amalda qo‘llay olishi, mavjud muammolami aniqlay olishi va taxlil qilish
- tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish: tarbiyaviy ishlaming zamonaviy, interaktiv shakl va usullarini mashg‘ulot hamda sinfdan tashqari ishlarda qoilash, tarbiyaviy ishlarda o‘quvchilaming jinsi, yoshi, madaniy va individual xususiyatlarini inobatga olishi, ta’lim muassasasining ustavi va ichki tartib qoiadalariga muvofiq o‘quvchilar uchun aniq odob-axloq qoidalarini o‘matish, ijtimoiy sog‘lom muxitni yarata olish, o'quvchilarda kognitiv faollik, mustaqillik, tashabbuskorlik, ijodkorlik fiiqarolik pozitsiyasi, mehnatga layoqati, sog‘lom va xavfsiz turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish
- xavfsiz rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish va ta’minlash: 0‘quvchilar orasida o‘zaro hurmat muhitini yaratish, o‘quvchilarga sinf hayotida teng imkoniyatlar yaratsa, nizoli vaziyatlarda optimal yechimli qaror chiqara olishi, o‘quvchilar bilan individual ishlar olib borishi, zamonaviy ommaviy axborot vositalari dunyosida xavfsiz ishlashga yordam bera olish;
- o‘z-o‘zini rivojlantirish va kasbiy o‘sish: muntazam malaka oshirish kursaridan o‘tish, fanga oid adabiyotlar bilan tanishib, yangi bilimlami amaliyotda qo‘llash, kasbiy faoliyat yuzasidan seminar va treninglarda ishtirok etish hamda tashkil etish, o‘zaro darslarda qatnashish, darslami tahlil qilish, ochiq darslar o‘tkazish, kasbiy faoliyatda kerakli o‘zgarishlami amalga oshirish;
- hamkasblar va ta’Iim oluvchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan hamkorlik o‘rnatishi: o‘quvchilarning ota-onalarini (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslami) ta’lim jarayoniga maktab hayotiga jalb qilish, o‘quvchilarning ota-onalarini (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) o'quvchilami nvojlanishi va ta’lim muhiti to‘g‘risida qaror qabul qilishda ishtirok ctishga jalb ctish, tarbiyaviy muammolarni hal qilishda va o’quvchilarni hayotga tayyorlashda boshqa pcdagogik xodimlar va mutaxassislar, jamoat tashkilotlari va bo’limlari (Yoshlar itlifoqi) bilan hamkorlik qilish;
Ilmiy-tadqiqot faoliyatida:
- milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi sohasida ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarda ta’lim yo’nalishidagi fanlar va ulami o’qitish mctodikasiga oid mavzularda tadqiqot olib borish;
- milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi fanlariga doir internet tarmog’ida eng yangi ilmiy yutuqlar haqidagi ma’lumotlami maqsadga yo‘nalgan holda qidirish va topish hamda amaliyotga bevosita tadbiq etish;
- milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ta’lim yo‘nalish!aridagi fanlarga oid ilmiy to‘plamlar, mahalliy va chet el ilmiy-tadqiqot natijalarini 0‘rganish;
- ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini tayyorlash, soha adabiyotlari ekspertizasini amalga oshirishda qatnashish;
- ma’lumotlami jamlash, qayta tayyorlash, mavzu bo‘yicha ilmiy ma’lumotlami tizimli tahlil qilish;
- milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi doir tadqiqot natijalari va ishlanmalarini tatbiq etish qobiliyatlariga ega bo’lishi kerak.
Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatida:
- o'quvchilarda mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi immunitetni yuzaga keltirish metod va texnologiyalarini bilishi;
- globallashuv sharoitida kechayotgan jarayonlarda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o‘mi va ta’siri haqida tushuntirish ishlarini olib borish;
Tashkiliy-boshqaruv faoliyatda:
- pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalangan holda ta’lim jarayonlari monitoringi va sifatini baholash mexanizmlarini ishlab chiqish;
- jamoada ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlami tashkil etish va boshqarish;
- fikrlar har-xil boMgan sharoitda to‘g‘ri qaror qabul qilish;
- bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish, nazorat qilish va amalga oshirilgan ishning natijalarini baholash qobiliyatlariga ega bo‘lish.
2. 60112100-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar
2.1. Umumiy kompetensiyalar:
- shaxsiy o‘sishga intilishni shakllantirish va ob’ektiv baholash, shuningdek, ta’lim oluvchilaming intellektual rivojlanish darajasini oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- ijtimoiy va kasbiy vazifalami hal etishda umumkasbiy va mutaxassislik fanlaming asosiy qoidalari va metodlaridan samarali foydalana olisli;.
- ona tilida o‘z fikrlarini tizimli va erkin bayon etish, ilmiy matnlar bilan ishlash, ommaviy nutq so‘zlash uchun ona till va chet tillaridan birida yozma va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini egallaganlik;
- axborotni olish, saralash, saqlash va qayta ishlash metod, usul va vositalaridan foydalanish va mediasavodxonlik; global kompyuter tarmoqlar bilan ishlash ko‘nikmalariga egalik.
- ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, ilmiy bilish yutuqlariga erishish tamoyillarini anglash;
- gigiena, mehnat muhofazasi va tashqi ta’sirlardan himoya qilish qoidalari talablariga muvofiq, sog'lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishga qobiliyatlilik.
2.2. Kasbiy kompetensiyalar:
- o‘quv-tarbiya jarayonini modellashtirish va uni ta’lim amaliyotiga tatbiq etish;
- ta’lim jarayoni sub’ektlarining birgalikdagi hamkorlikdagi faoliyati va shaxslararo o‘zaro harakatini tashkil etish usullarini egallaganlik;
- kasbiy vazifalami hal etishda fanlararo bogMiqlikni amalga oshirish, shuningdek, nazariya va amaliyot uyg‘unligini, uzviylik va uzluksizligini ta’minlash;
- tanqidiy fikrlash metodikasini o‘zlashtirganlik;
- huquq ta’limi fani amaliyotlarida texnika xavfsizligini ta’minlash va xavfsiz o‘tkazish;
- inklyuziv ta’limga qadriyatli munosabatning tarkib topganligi; uzoq vaqt davolanishga muhtoj o‘quvchilar bilan ishlash (gospital pedagogika) texnologiyasiga ega boMishi;
- ta’lim oluvchilarga o‘zgaruvchan mehnat bozori talablariga moslashuvchanlikka doir kompetensiyalami rivojlantirishga yordam beradigan va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga imkon beradigan natijaviylik va mobillikka yo‘naltirilgan o‘qitishga qobiliyatlilik.
2.3. Umumiy va kasbiy kompetensiyalami egallashni ta’minlaydigan fanlar va amaliyotlarga qo‘yiladigan talablar.
Talabalar umumiy va kasbiy kompetensiyalar, bilim va ko‘nikmalami egallashi o‘quv rejasiga mantiqiy ketma-ketligida kiritiladigan majburiy va tanlov fanlarini o‘zlashtirish, amaliyotlami o'tashi hamda boshqa o‘quv mashg'ulot va akademik vazifalami bajarish yordamida amalga oshiriladi.
Majburiy fanlar - bakalavriat ta’lim yo'nalishi bo‘yicha bevosita umumiy va kasbiy kompetensiyalami egallashga qaratilgan, zarur tayanch bilim va ko'nikmalami ta’minlaydigan fanlar majmuasidir.
Tanlov fanlari — ta’lim yo‘nalishi doirasida ixtisoslashuvdan kelib chiqib chuqurlashtirilgan, qo shimcha bilim berish, bevosita ixtisosligi uchun zarur kompetensiyalami kengaytirishga xizmat qiladigan, shuningdek, qo’shimcha kvalifikatsiya olishga xizmat qiladigan, talabaning shaxsiy qiziqishlari, ijodiy yondashuvlari va iqtidorini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan fanlar majmuasidir.
Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi amaliyotlar o‘tkaziladi:
malakaviy amaliyot - umumkasbiy va ixtisoslik fanlandan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy (ishlab chiqansh) jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, tegishli amaliy ko‘nikmalar, kompetensiyalar va malakalarni shakllantirishga qaratiladi.
Kunduzgi ta’lim shaklida taxsil oluvchi talabalarning 4+2 tartibdagi malakaviy amaliyoti 3-8 semestrlarda amalga oshiriladi. Bunda haftaning 4 kuni nazariy va amaliy ta’lim, 2 kunda amaliyot o‘tkaziladi.
2.3.1. 60112100-MiIliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo nalishi uchun ajratilgan o‘quv fanlari, bloklar bo‘yicha o‘quv yuklamalari:
|
0‘quv fanlari bloklari va faoliyat turlarining nomlari |
Kunduzgi ta’lim shakli uchun fanlarga ajratilgan soat |
Kunduzgi ta’lim shaklida ajratilgan kredit |
|
Majburiy fanlai- |
4320 |
144 |
|
Tanlov fanlari |
1800 |
60 |
|
Malakaviy amaliyot |
1080 |
36 |
|
jami |
7200 |
240 |
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Pedagogika
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili
24 384 000 so'm
yiliga
Jizzax davlat pedagogika universiteti
O'zbek tili va adabiyoti
11 250 000 so'm
yiliga
Osiyo xalqaro universiteti
Maktabgacha ta’lim
17 000 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili
—
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—