WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

Bakalavr Kunduzgi 1 yil

Dastur haqida

I. Fanning mazmuni

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda fuqarolik huquqi va inson huquqlari O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi huquq tizimi sohalaridan biri ekanligi, mamlakatimizda iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish davrida shaxslarning moddiy, ma’naviy ehtiyojlarini tobora to‘laroq qondirish maqsadida mulkiy munosabatlarni hamda mulkiy xarakterda bo‘lmagan shaxsiy munosabatlarni tartibga solish, mustahkamlashga qaratilgan huquq normalari yig‘indisidan iborat ekanligi to‘g‘risida tushunchalarni ularda ilmiy asoslantirilgan xolda shakllantirishdan iborat. Fuqarolik huquqida yuridik jihatdan teng bo‘lgan subyektlar o‘rtasidagi mulkiy va shaxsiy-nomulkiy munosabatlarni tartibga soladigan hamda mustahkamlaydigan huquqiy normalar yig‘indisi ekanligi va ushbu normalar orqali fuqarolik huquqi sohasida mulkiy va nomulkiy munosabatlar ular ishtirokchilarining teng huquqliligi, mulkiy mustaqillik, ushbu munosabatlarning haq evaziga amalga oshirilishi, ishtirokchilarning iqtisodiy jihatdan bir-biriga qaram bo‘lmasligi, mol-mulkning alohida bo‘lishi, yuridik teng huquqlililik, shaxsiy huquqlarning uzviy va daxlsiz bo‘lishi kabi jihatlarini tushuntirish orqali ko‘nikmalar xosil qilinadi xamda ta’lim tizimi oldidagi vazifalar yoritib beriladi.

      Fanning vazifasi – talabalarda fuqarolik huquqi tushunchasi, tamoyillari va tizimi, fuqarolik-huquqiy munosabatlar, fuqarolik huquqiy munosabat subyektlari,obyektlari,bitimlar, vakillik va ishonchnoma, muddatlar, da’vo muddati, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, ularni himoya qilish, majburiyat tushunchasi va mazmuni,shartnomalar kabi ushbu huquq sohasining alohida institutlari to‘g‘risida ilmiy asoslangan ko‘nikma va malakalarini hosil qilishdan iborat.

II. Nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)

II. I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:

I – MODUL. Fuqarolik huquqi.

1-mavzu. Fuqarolik huquqi tushunchasi, tamoyillari va tizimi.

Fuqarolik huquqi tushunchasi, predmeti, uslubi va funksiyalari. Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari.Fuqarolik huquqi tizimi.Fuqarolik huquqi manbalari tushunchasi va turlari. Fuqarolik qonunlarining vaqt, hudud va shaxslar bo‘yicha amalda bo‘lishi.

2-mavzu.Fuqarolik-huquqiy munosabatlar

Fuqarolik-huquqiy munosabat tushunchasi.Fuqarolik-huquqiy munosabatlarning turlari (tasnifi). Fuqarolik huquqlari va burchlarining kelib chiqish asoslari. Yuridik faktlar.

3-mavzu. Fuqarolik huquqiy munosabat subyekti sifatida fuqarolar.

 

Fuqarolik huquqi sub’yyekti sifatida fuqaro (jismoniy shaxs) tushunchasi. Fuqarolik huquq layoqati tushunchasi.Huquq layoqatining boshlanishi va tamom bo‘lishi.Fuqarolarning muomala layoqati.        Vasiylik va homiylik.

4-mavzu. Fuqarolik huquqining subyekti sifatida Yuridik shaxslar.

Fuqarolik huquqida Yuridik shaxs tushunchasi va belgilari.Yuridik shaxslarning vujudga kelish va bekor bo‘lish tartibi.Yuridik shaxsning huquq layoqati va muomala layoqati.Yuridik shaxslarning turlari.

5-mavzu. Davlat – fuqarolik huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi sifatida.

Davlat fuqarolik huquqining alohida subyekti sifatidagi tushunchasi va xususiyatlari.Davlatning fuqarolik huquq layoqati.O‘zbekiston Respublikasi – mamlakatning ichki oborotida fuqarolik–huquqiy munosabatlarning subyekti sifatida.

6-mavzu. Fuqarolik huquqining  obyektlari.

 

Fuqarolik huquqi obyektlari tushunchasi va turlari.Ashyolar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida.Mol-mulklar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida.Pullar va qimmatli qog‘ozlar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida.Nomoddiy ne’matlar tushunchasi va tarkibi.Ishlar va xizmatlar - fuqarolik huquqining  obyekti sifatida.

 

        7-mavzu. Shaxsiy  nomulkiy huquqlar tushunchasi va turlari.

         Nomulkiy huquqlarning tushunchasi va belgilari.Nomulkiy huquqlarning tasnifi va turkumlash. Sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini  fuqarolik-huquqiy himoya qilish.

8-mavzu. Bitimlar.

Bitimlar tushunchasi va turlari. Bitimlarning muddatlari va shartli bitimlar.Bitim shakllari.Bitimning haqiqiy sanalish shartlari. O‘z-o‘zidan haqiqiy sanalmaydigan bitim turlari va ularning huquqiy oqibatlari.  Nizoli bitimlarning turlari va ularning haqiqiy sanalmasligi oqibatlari.

Vakillik tushunchasi. Vakolat va uning turlari. Ishonchnoma.

9-mavzu. Muddatlar. Da’vo muddati.

Muddat tushunchasi.Muddat turlari. Muddatlar o‘tishining boshlanishi va tamom bo‘lishi. Da’vo muddati tushunchasi va xususiyatlari. Da’vo muddatining turlari. Da’vo muddatining o‘ta boshlashi. Da’vo muddatining o‘ta boshlashi. Da’vo muddati o‘tishining to‘xtatilishi, uzilishi va da’vo muddatining tiklanishi. Da’vo muddati o‘tishining oqibatlari. Da’vo muddati joriy qilinmaydigan talablar.

Mulk va mulk huquqi tushunchalari.Mulk huquqining mazmuni. Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo‘lish asoslari. Mulk huquqining asosiy tamoyillari. Mulk shakllari.

10-mavzu. Xususiy mulk huquqi.

Xususiy mulk tushunchasi. Xususiy mulk huquqi subyektlari. Xususiy mulk huquqi obyektlari. Ommaviy (davlat) mulkining turlari. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va  xususiyalashtirish. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va  xususiyalashtirish.Davlat muassasalarining mol-mulki.Davlat ijara korxonasining mol-mulki.

11-mavzu. Ashyoviy huquqlar.

Ashyoviy huquq tushunchasi va turlari. Meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqlari.Yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan  foydalanish huquqi. Servitut huquqi.

12-mavzu. Umumiy mulk huquqi.

Umumiy mulk huquqi tushunchasi. Umumiy mulk turlari. Umumiy ulushli mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etish.Umumiy mulkdan ulush ajratish va uni taqsimlash.Yer-xotinlar o‘rtasidagi mulk huquqi.

16-mavzu. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish.

Mulk huquqini himoya qilish usullari.Mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan  talab qilib olish (vindikatsion da’vo).Mulkdan foydalanishda mulk egasiga qilingan  to‘sqinliklarni bartaraf etish (negator da'volar).Mulkiy huquqni fuqarolik huquqi normalari bilan himoya qilishning boshqa usullari.

       Majburiyat va majburiyat huquqi tushunchalari.Majburiyatlarni vujudga kelish asoslari.

13-mavzu. Majburiyat subyektlari.

       Majburiyatda qatnashuvchi taraflar, ulushli va sherik majburiyatlar. Majburiyatda qatnashuvchi taraflarning  ko‘pchilik bo‘lishi. Majburiyatdagi shaxslarning o‘zgarishi. Regress (qaytarma) majburiyat.

14-mavzu.Majburiyatlarni bajarish. Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik.

       Majburiyatlarni bajarish tushunchasi va tamoyillari.Neustoyka – majburiyatlarni bajarilishini ta'minlash usuli sifatida. Garov – majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash usuli. Majburiyatlarning buzilishi va buning uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik tushunchasi sifatida. Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari.

15-mavzu.Shartnoma to‘g‘risida umumiy tushunchalar.

         Shartnoma tushunchasi.Shartnomalarning turlari.Shartnomaning mazmuni.Shartnoma tuzish.Shartnomalarni o‘zgartirish va bekor qilish.

ІІ. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)

ІІ.І. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:

 

I – MODUL. Inson huquqlari umumiy nazariyasi.

1-mavzu: Inson huquqlari: umumiy tushunchalar va uninng moxiyati

      Inson huquqlari – umumbashariyat muammosi. Inson huquqlari» o‘quv fanining mavzusi. «Inson huquqlari» o‘quv fanining o‘rganish usullari. «Inson huquqlari» o‘quv fanining ijtimoiy fanlar tizimidagi o‘rni. «Inson huquqlari» o‘quv fanini o‘rganishning metodologiyasi va o‘ziga xos xususiyatlari. Insonning asosiy huquq va erkinliklarining ro‘yxati va mazmuni. Aholining huquqiy madaniyatini shakllantirish sohasidagi faoliyatda shaxs va davlatning o‘zaro munosabati. Aholida inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish  borasida yangi qadriyatlar va ko‘nikmalarni shakllantirish. O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurilishining asosiy shartlaridan biri shaxsning asosiy huquq va erkinliklari himoyasini rag‘batlantirish. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro­huquqiy hujjatlar implementatsiyasi. Inson huquqlari bo‘yicha tarixiy va nazariy konsepsiyalar.

2-mavzu: Hozirgi zamon inson huquqlari konsepsiyasining tarixiy ildizlari.

        Inson huquqlari to‘g‘risidagi g‘oyalarning vujudga kelishi  va inson shaxsi qadrlanishiga oid tasavvurlarning shakllanishi. Inson huquqlarining ilk bor mustahkamlanishi milliy xartiyalar, deklaratsiyalar, konstitutsiya normalari shaklida. Xabeas Korpus Akti, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Mustaqillik deklaratsiyasi, AQSH Konstitutsiyasi va huquqlar to‘g‘risidagi Bill hamda boshqa bir qator hujjatlar. Inson huquqlari konsepsiyasining rivojlanish bosqichlari. Inson huquqlari tarixi. Inson huquqlarining birinchi va ikkinchi avlodi. Inson huquqlarining uchinchi avlodiga kollektiv huquq, ya’ni ozchilik huquqi, shuningdek, xalqlar huquqi kiradi.

 

3-mavzu: Inson huquqlari tushunchasi va shaxsning huquqiy maqomi.

Inson huquqlari tushunchasi va mazmuni. Inson huquqlari bo‘yicha birinchi tushunish tabiiy-huquqiy konsepsiya (yoki nazariy) doirasi. Tabiiy huquq doirasida, inson huquqlari. Tabiiy huquqning paydo bo‘lishi. Inson, shaxs, fuqaro tushunchalari. Fuqaro huquqlari davlat va individ o‘rtasidagi, davlat ularning amalga oshishi uchun faol ko‘maklashadigan, munosabatlar doirasi. Individning davlat bilan huquqiy munosabatlarida, uni maqomining siyosat, madaniyat, iqtisodiyot sohasidagi xilma-xilligi. Shaxsning huquqiy maqomi tushunchasi: tarkibi va turlari. Individning huquq va erkinliklari. Majburiyat — insonning obyektiv zaruriy, muhim xatti–harakati, yoki harakatsizligidir. Shaxs huquqiy layoqati.

 

4-mavzu: Sharq va G‘arb mutafakkirlari ta’limotlarida inson huquqlari g‘oyasi

 

      Inson huquqlari to‘g‘risidagi ta’limotlar. O‘rta asrlarda inson huquqlari. «Temur tuzuklari»da inson huquqlari masalasi. Inson huquqlari sohasidagi ilk sharqona qarashlar.O‘zbekistonda siyosiy va iqtisodiy tuzumni isloh qilish sharoitida  huquqiy davlatni shakllantirishda inson huquqlarining o‘rni.

 

5-mavzu: Birlashgan millatlar tashkiloti va uning tuzilishi hamda inson huquqlarini ta’minlashdagi o‘rni

 Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda inson huquqlari masalasiga e’tibor.  Birlashgan Millatlar Tashkilotining tashkil etilishi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlarini himoyalash funksiyasi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining tuzilishi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining tarmoq organlari va ularning funksiyalari O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zoligi xususida.  BMT xalqaro-huquqiy hujjatlarining O‘zbekiston Parlamenti tomonidan ratifikatsiya va implementatsiya qilinishi. BMT – bu xalqlarning tinch-totuv yashashga bo‘lgan ezgu irodasining buyuk ramzi sifatida. Mamlakatimizning bu xalqaro tashkilot bilan aloqalarining tobora keng tus olib borishi.

6-mavzu: Inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlik

         Inson huquqlarini himoyalash bo‘yicha davlatlarning xalqaro hamkorligi. Inson huquqlarini himoya qilishda BMTning roli va ahamiyati. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT)ning inson huquqlarini himoyalash funksiyasi. O‘zbekiston va YXHT. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining tashkil etilishi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining inson huquqlarini ta’min etishdagi o‘rni va roli. Sharq va G‘arb davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro inson huquqlarini ta’minlash yuzasidan diplomatik aloqalari. Millatlararo va etnik nizolarning hal etilishida inson huquqlarini himoyalovchi xalqaro institutlarning o‘rni.

 

7-mavzu: Inson huquqlari umumjaxon deklaratsiyasi va uning inson huquqlarini himoya qilishdagi roli

 

      Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining qabul qilinishi. Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining inson huquqlarini himoyalashda tutgan o‘rni. O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti tomonidan Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining ratifikatsiya qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligida Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi tamoyillarining implementatsiya qilinishi.

 

8-mavzu: Inson huquqlari  to‘g‘risidagi xalqaro paktlar.

      Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro paktlar. Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro paktlarida inson huquqlarining oliy qadriyat sifatida e’tirof etilishi. Xalqaro Paktlar va Billarda insonning ajralmas huquqlarining himoyalanishi. Mehnat, aholining bandligi va sog‘liqni saqlash sohalarida inson himoyasi. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt 1976 yil 3 yanvarda kuchga kirgan. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt yuridik tarkibining o‘ziga xosligi. Paktlarning xususiyatlari uni nafaqat inson huquqlari sohasida emas, balki butun xalqaro huquq sohasida ham muhim ahamiyat kasb etuvchi hujjatga aylantiradi.

.

9-mavzu: O‘zbekiston Respublikasining mintaqaviy tashkilotlar bilan xamkorligi

      YXHT doirasida inson huquqlarini himoya qilish. BMT Ustavining VIII bobiga muvofiq mintaqaviy kelishuv hisoblanuvchi YXHT Yevropada o‘z hududida nizolarni avvaldan oldini olish, bartaraf etish, inqirozlarni tartibga solishda bosh vosita sifatida. Evropa sudining pretsedent huquqi. Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT). SHHT harbiy blok (masalan, NATO kabi) yoki ochiq muntazam xavfsizlik konferensiyasi. Bishkek sammiti. SHHTning oliy organi Davlat rahbarlari kengashidir. YEI organlari: Yevropa mashvarati, Yevropa parlamenti, Yevropa Ittifoqi Kengashi, Yevropa komissiyasi, Yevropa sudi. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi. Markaziy Osiyo Hamkorligi Tashkiloti. 

10-mavzu: Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy institutlar va ularning ahamiyati

     Inson huquqlarini himoya qilish yuzasidan tashkil etilgan ilk milliy institutlar va ular faoliyatining rivoji..Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va ularning zarurligi. O‘zbekistonda sobiq Ittifoq davrida inson huquqlarining poymol qilinishi. O‘zbekiston insonparvar demokratik davlat barpo etish yo‘lida. O‘zbekiston Respublikasida ilk bora inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy institutlarning tashkil etilishi. Inson huquqlarini himoya qiluvchi parlamentning milliy vakili Ombudsmanning faoliyati va vakolati doirasi. Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining tashkil etilishi va uning inson huquqlarini himoyalashdagi o‘rni. Inson huquqlari bo‘yicha Milliy Markazning tashkil etilishi va uning faoliyati.

 

11-mavzu: Inson va fuqaro huquqlari va erkinliklari tizimi, uning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida mustahkamlanishi.

      Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar tushunchasi. Inson huquqlari xalqaro huquqning institutlaridan biri hisoblanib, u inson huquqlari sohasida asosiy, umume’tirof etilgan  standartlarni belgilab beradi.  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – eng oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan asosiy qonun sifatida. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari. Yashash huquqi – insonning ajralmas va uzviy huquqi sifatida.O‘zbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklarining kafolatlari. Siyosiy huquqlar tushunchasi va uning turlari. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining konstitutsiyaviy siyosiy huquq va erkinliklari.      Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki. Davlatlarning davlat hokimiyati tuzilmalarini demokratik tarzda tashkil etishdagi plyuralistik yo‘nalishlari. Siyosiy huquqlarning davlat tomonidan kafolatlanganligi.

12-mavzu.  Inson huquqlari himoyasining kafolatlari mexanizmi va uning O‘zbekistonda shakllanishi

    Inson huquqlari umumiy nazariyasida kafolatlar mexanizmi tushunchasi. Inson huquqlari ta’minotining milliy mexanizmi. Huquqiy kafolatlar. Umumiy davlat va maxsus huquqiy inson va fuqaro huquq va erkinliklari kafolatlari. O‘zbekistonda inson huquqlari kafolatining huquqiy mexanizmlarini shakllanishi. Ijtimoiy va iqtisodiy huquqlar tushunchasi va ularning tasnifi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarining e’tirof etilishi. Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkning barcha shakllarini teng muhofaza etilishi. Mulk egalarining daxlsiz huquqlari va ularning davlat tomonidan kafolatlanishi.  Fuqarolarning ijtimoiy huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy tasnifi va ularning kafolatlari. Kuchli ijtimoiy siyosatning qo‘llanilishi.

 

13-mavzu. Inson va fuqaro huqulari va erkinliklari tizimi va uning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida mustahkamlanishi.

Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar tushunchasi. Milliy qonunchilikni inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq kelishi. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni tushuntirishda inson huquqlarining universalligi. Inson huquqlari sohasidagi universalizm. Turli tarixiy, madaniy va diniy o‘ziga xosliklarni hisobga olib inson huquqlarining universalligi. Xalqaro huquqning rivojlanishi, uning milliy huquq bilan o‘zaro ta’sirining chuqurlashib borishi. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar implementatsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida inson huquqlari va erkinliklari xalqaro standartlarining mustahkamlanishi. Adolatli sudlovni amalga oshirish sohasidagi xalqaro standartlar tushunchasi.   

 

14-mavzu. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun inson huquqlarining halqaro standartlari.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tartibga soluvchi xalqaro-huquqiy hujjatlarning umumiy tasnifi va xarakteristikasi. Inson huquqlariga rioya qilish va ularni himoya qilish muammosi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatining samaradorligi va professionalligi muammosi va inson huquqlarini himoya qilish asoslari. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni amalga oshirish. Huquqiy davlatda shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish, bartaraf etish va tergov qilish qonuniy vositalar yordamida olib borilishi. Huquqbuzarlikni bartaraf etish. Huquqbuzarlikni oldini olish. Yuridik javobgarlikni amalga oshirish.

15-mavzu. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun inson huquqlarining halqaro standartlari.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tartibga soluvchi xalqaro-huquqiy hujjatlarning umumiy tasnifi va xarakteristikasi. Inson huquqlariga rioya qilish va ularni himoya qilish muammosi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatining samaradorligi va professionalligi muammosi va inson huquqlarini himoya qilish asoslari. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni amalga oshirish. Huquqiy davlatda shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish, bartaraf etish va tergov qilish qonuniy vositalar yordamida olib borilishi. Huquqbuzarlikni bartaraf etish. Huquqbuzarlikni oldini olish. Yuridik javobgarlikni amalga oshirish.

 

III. Fuqarolik huquqi fanidan seminar mashg‘ulotlar  bo’yicha        ko‘rsatma va tavsiyalar seminar mashg‘ulotlar uchun qo’yidagi mavzular tavsiya etiladi:

  1. Fuqarolik huquqi tushunchasi, predmeti, uslubi va funksiyalari.
  2. Fuqarolik huquqlari va burchlarining kelib chiqish asoslari.
  3. Fuqarolik huquq layoqati tushunchasi.Huquq layoqatining boshlanishi va tamom bo‘lishi. Yuridik shaxslarning vujudga kelish va bekor bo‘lish tartibi.
  4. Davlat fuqarolik huquqining alohida subyekti sifatidagi tushunchasi va xususiyatlari. Mol-mulklar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida.Pullar va qimmatli qog‘ozlar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida.
  5. Nomulkiy huquqlarning tasnifi va turkumlash.
  6. Bitimlarning muddatlari va shartli bitimlar.Bitim shakllari.Bitimning haqiqiy sanalish shartlari.
  7. Vakolat va uning turlari.
  8. Da’vo muddati tushunchasi va xususiyatlari. Da’vo muddatining turlari
  9. Mulk huquqining mazmuni.Xususiy mulk huquqi subyektlari
  10. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va  xususiyalashtirish
  11. Meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqlari
  12. Umumiy mulk turlari.Mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan  talab qilib olish (vindikatsion da’vo)
  13. Majburiyat va majburiyat huquqi tushunchalari.Majburiyatda qatnashuvchi taraflarning  ko‘pchilik bo‘lishi
  14. Neustoyka – majburiyatlarni bajarilishini ta'minlash usuli sifatida
  15. Shartnomalarning turlari.

Seminar mashg‘ulotlarda mavzularga oid kazus masalalar yechish orqali  bajariladi.  

 

              

Inson huquqlari fanidan mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Seminar   mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

  1. Shark mutafakkirlari ta’limotlarida inson huquqlari g‘oyasi
  2. Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy institutlar va ularning ahamiyati
  3. Birlashgan millatlar tashkiloti va uning tuzilishi hamda inson huquqlarini ta’minlashdagi o‘rni
  4. Inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlik
  5. Inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlik
  6. Inson huquqlari: umumiy tushunchalar va uninng moxiyati 
  7. Inson huquqlari  to‘g‘risidagi xalqaro paktlar 
  8. Inson huquqlari umumjaxon deklaratsiyasi va uning inson huquqlarini himoya qilishdagi roli
  9. Inson huquqlari to‘g‘risidagi paktlarning huquqiy mohiyati va mazmuni
  10. O‘zbekiston respublikasi fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari Ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklari
  11. O‘zbekiston respublikasi fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari Ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklari   
  12. Fuqarolarning majburiyatlari
  13. Mustaqil  ta’lim  va  mustaqil  ishlar
  14. (Fuqarolik huquqi  va Inson huquqlari)

O'xshash dasturlar