Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
Dastur haqida
Fanning mazmuni.
Fanni o‘qitishdan maqsad – diniy ekstremistik va terroristik harakatlarning kelib chiqishi, mohiyati, ularning asl maqsadlari, taraqqiyotga salbiy taʼsirini tushuntirish va ularda bunday tahdidlarga nisbatan g‘oyaviy salohiyatni tarbiyalashdan iborat.
Fanning asosiy vazifalari - XX asrdagi dunyodagi o‘zgarishlar hamda Ekstremizm va terrorizmning kishilik jamiyati boshiga solayotgan tahdidlari bilan tanishtirish, dunyoviy davlatning dinga munosabati, mamlakatimizda olib borilayotgan diniy siyosatning asosiy tamoyillari bilan tanishtirish, talabalarni vatanpfrvarlik, tinchliksevarlik, ijtimoiy barqarorlikni taʼmin etishda har qanday yot va begona g‘oyalarga qarshi kurashish ko‘nikmalari ruhida tarbiyalash va shu kabilar.
ІІ. Asosiy nazariy qism (maʼruza mashg‘ulotlari)
ІІ.І. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
І-MODUL. Ekstremizm va terrorizm tushunchalarining nazariy asoslari va tarixi.
1-mavzu. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” kursini o‘rganishning ahamiyati. Eksremizm va terrorizm tushunchasining mazmun-mohiyati
XX asr oxiriga kelganda dunyoning jug‘rofiy – siyosiy xaritasida o‘zgarishlar. Xalqaro maydondagi mafkuraviy vaziyat. O‘zbekiston Respublikasida diniy qadriyatlarga erkinlik berilishi. “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning maʼnaviy-maʼrifiy asoslari” kursining predmeti, obekti va vazifalari. Din niqobi ostida baʼzi jaholatparast guruxlarning tashkil topishi va ularning jamiyat taraqqiyoti uchun xavfi. Shavkat Mirziyoevning "Ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqida diniy bag‘rikenglikni asrash masalalarining yoritilishi. Sh.Mirziyoevning BMT BA 72-sessiyasidagi nutqida xalqaro terrorga qarshi kurash masalalari.
2-mavzu. E’tiqod va diniy e’tiqod tushunchasi. Dunyoviy davlatning dinga munosabati
E’tiqod tushunchasi va uning namoyon bo’lishi. Din- e'tiqodning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida. Dinning jamiyatdagi funksiyalari.Dinning bag‘rikenglik mohiyati. Din yoki e'tiqod erkinligini himoya qiluvchi xalqaro standartlar.Din va e'tiqod erkinligi bo‘yicha mintaqaviy xalqaro shartnomalar
3-mavzu. Aqidaparastlik, diniy ekstremizm va fundamentalizmning yuzaga kelishi.
Aqidaparastlik tushunchasining mazmun-mohiyati.Fundamentalizmning vujudga kelishi;Ekstremizmni keltirib chiqaruvchi omillar. Terrorizmga qarshi kurashda dinning roli. Radikal diniy oqimlar.
4-mavzu. Missionerlik prozeletizmning jamiyat uchun xavfi
Missionerlik va proletalizm mohiyatiMissionerlik harakatining asosiy maqsadlari. Sektalarni ajratib turuvchi asosiy jixatlari.Missionerlarning asosiy usul va vositalari.Missionerlik va prozelitizm tahdidi hamda uning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar. Terrorchilik harakatlarining vujudga kelish sabablari. Ijtimoiy fanlarda ekstremistik va terroristik harakatlar tarixini davrlashtirish masalalari. Qadimgi dunyo tarixidagi terroristik harakatlar. O‘rta asrlar va yangi davrdagi terroristik tashkilotlar va harakatlar. Ekstremistik va terroristik harakatlarning insoniyat boshiga solgan kulfatlari.
5-mavzu. Vahhobiylik diniy siyosiy oqimining vujudga kelishi, faoliyati.
Terrorizm, fundamantalizm, aqidaparastlik tushunchalari. Diniy aqidaparastlik, uning kelib chiqishi va jamiyat taraqqiyotidagi salbiy taʼsiri. Arab yarim orolidagi ijtimoiy-siyosiy, tarixiy vaziyat. Vahobiylik kabi xavfli harakatning kelib chiqishi va mohiyati. Vahhobiylikning asosiy g‘oyalari. Vahhobiylikning Markaziy Osiyoga tarqatilishida ichki va tashqi omillar.Vahhobiylikning dunyoviy davlatlardagi faoliyatining asl maqsadi va vazifalari. Vahhobiylik harakatining Markaziy Osiyo davlatlariga tahdidi.
6-mavzu. Musulmon birodarlari, hizbut tahrir, al-qoida ekstremistik tashkiloti faoliyati.
Musulmon birodarlari harakatining yuzaga kelishi, o’ziga xos xususiyatlari.Hizbut tahrir harakatining yuzaga kelishi, maqsad va vazifalari.Al-Qoida harakatining yuzaga kelishi va uning o’ziga xos jihatlari.Nurchilar harakatining yuzaga kelishi va uning o’ziga xos xususiyatlari
Yaqin Sharqning tabiiy – geografik, energetika, transport-kommunikatsion imkoniyatlari. Rivojlangan mamlakatlarning Yaqin Sharqda strategik manfaatlari. O‘z taʼsir doiralarini kengaytirishda terroristik-radikal guruhlar imkoniyatdan foydalanish. Arab-Isroil mojarosi. Mintaqada faoliyat yuritayotgan terrorchi tashkilotlar, ularning dunyo hamjamiyatiga yetkazayotgan zararlari. “Hizb ut- Tahrir al-Islomiy” ekstremistik tashkilotining vujudga kelishi va faoliyati. ISHID muammoasi.
ІІ-MODUL. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda O‘zbekiston va jahon hamjamiyati hamkorligi.
7-mavzu. Musulmon mamlakatlarining diniy ekstremizmga qarshi kurash tajribasi.
Bilvosita va bevosita qarshilik ko‘rsatish usullari.Islom fundamentalizmining dastlab Misrda yaqqol namoyon bo’lishiga sabab bo’lgan omillar.Misrning ekstremizmga qarshi kurash strategiyasi
“Sovuq urush”dan keyingi davrda xalqaro vaziyat. G‘arbiy Yevropadagi terrorchi tashkilotlar faoliyati. “Irlandiya Respublika armiyasi” tashkilotining asosiy maqsad-vazifalari. ETA terrorchi tashkiloti. Qizil Armiya Fraksiyasi” (Rote Armye Fracione - RAF) terrorchilik harakatining faoliyati. “Qizil Brigadalar” faoliyatining jamiyatga salbiy taʼsiri. Rossiya hududida terrorchilik harakatlari va uning salbiy oqibatlari.
8-MAVZU: Yaqin sharqda terrorchi guruhlar faoliyatining kuchayishi
Mustamlakachilik tizimining inqirozga yuztutishi va u qoldirgan salbiy meros oqibatlari. AQSH va Lotin Amerikasidagi terrorchi tashkilotlarning harakat uslublari. Osiyo va Afrika davlatlaridagi terrorchi tashkilotlar faoliyati va ularning insoniyatga yetkazayotgan zararli oqibatlari.
9-mavzu. Ishid harakatining yuzaga kelishi va faoliyati.
IShID harakatining yuzaga kelish sabablari.IShID harakatining asosiy vazifalari. IShID harakatining asosiy maqsadi.IShIDning paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi omillar.
Missionerlik tushunchasi, mazmuni va mohiyati. Missionerlik harakatlarining vujudga kelish tarixi. Missionerlik va prozelitizm tamalari. Zamonaviy missionerlik uyushmalari. Chet ellik missionerlar va volontyorlarning Markaziy Osiyodagi buzg‘unchilik faoliyati.
10-mavzu. Xalqaro terrorizm va uning iqtisodiy, moliyaviy manbalari
Xalqaro terrorizm tushunchasi.Xalqaro terrorizmning moliyaviy manbalari.Xalqaro terrorizmga qarshi kurashning siyosiy-huquqiy asoslari
Terror globallashuvini taʼmin etuvchi omillar. Terroristik tashkilotlarning moddiy-texnik, informatsion-texnologik taʼminoti masalalari. Noqonuniy qurol – yarog‘ savdosi xalqaro terrorizmning muhim moliyaviy manbai. Narkobiznes savdosi va uning zararli oqibatlari. Neft va odam savdosi. Sh.Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida global havfsizlikni taʼminlash masalalari.
11-mavzu. Jahondagi yetakchi davlatlarning markaziy osiyo mintaqasidagi siyosiy va iqtisodiy manfaatlari.
Ikki qutbli dunyoning qulashi va Markaziy Osiyodagi geosiyosiy jarayonlar. Markaziy Osiyoning tabiiy-geografik, transport-kommunikatsion imkoniyatlari. Yetakchi davlatlarning Markaziy Osiyo mintaqasidagi siyosiy va iqtisodiy manfaatlari. Mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim omillari. Afg‘on muammosi. Markaziy Osiyoda barqarorlikni taʼminlashda Sh.Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqidagi ustuvor g‘oyalar.
12-mavzu. Markaziy Osiyodagi barqarorlikka tahdid solayotgan diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar.
Diniy ekstremizm va terrorizmning Markaziy Osiyo mintaqasida namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari. Markaziy Osiyoda faoliyat yuritishga intilayotgan diniy ekstremistik tashkilotlar. Vahhobiylik va uning «O‘zbekistondagi tashkiliy tizimi”, «O‘zbekiston islom harakat”ining jamiyat taraqqiyotiga tahdidi. Hizbut-tahrir” oqimi va uning mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotiga tahdidi. Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotiga tahdid soluvchi boshqa diniy-siyosiy harakatlar. Yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalardan himoya qilishda taʼlim va nodavlat tashkilotlari hamkorligi masalalari. (Shavkat Mirziyoevning "Ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqi asosida).
13-mavzu. O‘zbekistonning diniy ekstremizm va terrorizmni oldini olish va unga qarshi kurash borasida olib borayotgan siyosatining mohiyati.
Terrorizm va ekstrimizmning xavfli ko‘lami jahondagi eng xavotirli muammolardan biri ekanligi va uning fojiali oqibatlari. O‘zbekistonning xalqaro terrorchilika qarshi kurashda o‘z mustahkam pazitsiyasiga egaligi. Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunlar. Terrorizm va ekstrimizmga qarshi kurashda maʼnaviy qadriyatlarga, maʼrifatga tayanish zaruriyati. Terrorchilikka qarshi kurashda O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyat bilan hamkorligi. Terrorizm va ekstrimizmga qarshi kurashda O‘zbekiston va SHHT hamkorligi.
14-mavzu. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning xalqaro siyosiy-huquqiy asoslari.
IKT tuzilishi, mohiyati, ustavi va uning islom tartibotini shakllantirishdagi faoliyati. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning xalqaro siyosiy-huquqiy asoslari. BMT Bosh Assambliyasi tomonidan «Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash тўғрисида» gi yangi Konvensiya va ularning ahamiyati. Terrorchilikka qarshi kurashda SHHT ning Toshkent sammitining ahamiyati. Xalqaro vaziyatni barqarorlashtirishda Sh.Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqidagi ustuvor g‘oyalar.
15-mavzu. Xalqaro ekstremizm va terrorizmga qarshi maʼrifat bilan kurashishni sifat jihatidan yangni bosqichga ko‘tarish borasidagi vazifalar.
Xalqaro ekstremizm va terrorizmga qarshi maʼrifat bilan kurashish davr taqozosi ekani. Ekstremizm va terrorizmning ijtimoiy-g‘oyaviy ildizlari. Shavkat Mirziyoevning "Vatanimiz taqdiri va kelajagi yo‘lida yanada hamjihat bo‘lib, qatʼiyat bilan harakat qilaylik" asarida ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash borasidagi ustuvor vazifalar. Yoshlar tarbiyasida oila-mahalla-taʼlim-nodavlat tashkilotlari faoliyatini uyg‘unlashtirish masalalari. Markaziy Osiyoda barqarorlikni taʼminlashda Sh.Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish masalalari. Xalqaro ekstremizm va terrorizmga qarshi maʼrifat bilan kurashishda taʼlim tizimi oldidagi vazifalar.
ІІІ. Seminar mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1. “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” kursini o‘rganishning ahamiyati. Eksremizm va terrorizm tushunchasining mazmun-mohiyati.
2. E’tiqod va diniy e’tiqod tushunchasi. Dunyoviy davlatning dinga munosabati.
3. Aqidaparastlik, diniy ekstremizm va fundamentalizmning yuzaga kelishi
4. Missionerlik prozeletizmning jamiyat uchun xavfi.
5. Vahhobiylik diniy siyosiy oqimining vujudga kelishi, faoliyati.
6. Musulmon birodarlari, hizbut tahrir, al-qoida ekstremistik tashkiloti faoliyati
7. Musulmon mamlakatlarining diniy ekstremizmga qarshi kurash tajribasi.
8. Yaqin sharqda terrorchi guruhlar faoliyatining kuchayishi.
9. Ishid harakatining yuzaga kelishi va faoliyati.
10. Xalqaro terrorizm va uning iqtisodiy, moliyaviy manbalari.
11. Jahondagi yetakchi davlatlarning markaziy osiyo mintaqasidagi siyosiy va iqtisodiy manfaatlari
12. Markaziy Osiyodagi barqarorlikka tahdid solayotgan diniy Yekstremistik va terroristik tashkilotlar.
13. O‘zbekistonning diniy ekstremizm va terrorizmni oldini olish va unga qarshi kurash borasida olib borayotgan siyosatining mohiyati.
14. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning xalqaro siyosiy-huquqiy asoslari.
15. Xalqaro Ekstremizm va terrorizmga qarshi maʼrifat bilan kurashishni sifat jihatidan yangni bosqichga ko‘tarish borasidagi vazifalar.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Metrologiya va standartlashtirish
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Tarix
—
Farg‘ona davlat universiteti
Agronomiya
8 973 800 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
O‘zbek tili va adabiyoti
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Lingvistika. Rus tilini chet tili sifatida o‘qitish nazariyasi va metodikasi va madaniyatlararo muloqot
24 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
44.03.01 Pedagogik ta’lim. Chet tili
24 000 000 so'm
yiliga