WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

5111600-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi - umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha pedagogik kadr jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari; ilmiy-tadqiqot muassasalarda hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish; ommaviy-axborot vositalari, davlat boshqaruv organlari, boshqa davlat va nodavlat muassasalarida kasbiy faoliyat yuritish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Kasbiy faoliyat doirasida: 
-umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida «Milliy g‘oya», «Ma’naviyat asoslari», «Davlat va huquq asoslari», «Huquqshunoslik», «O‘zbekiston Repsublikasi Konstitutsiyasi» fanlaridan dars berish;
-umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidan tashqari muassasalarda ishlash;
-ta’lim tizimida kabinet mudiri lavozimida ishlash;
-mos ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi muassasalarida uslubchi bo‘lib ishlash;
-ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlash;
-axborot-resurs markazlari, nashriyotlar, ommaviy-axborot vositalari, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlarida;
-mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ma’naviyat va ma’rifat markazlarida;
-huquqni muhofaza qilish organlari tizimida ishlash;
-ishlab chiqarish sohalarida, kasbiy ta’lim pedagogikasi va texnologiyasi, o‘qitishning didaktik vositalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish kabi faoliyat bilan shug‘ullanadi.

O'xshash dasturlar