WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent kimyo-texnologiya instituti

Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70720601 – Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi mutaxassisligida ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi zarur. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib,talaba dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to‘lashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.

70720601 – Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi magistratura mutaxassisligi  ishlab chiqarish, "Oʻzbekneftgaz" AJ va uning tasarrufidagi neft-gaz sanoati korxonalari Ustyurt gaz-kimyo majmuasi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, “Uzbekistan GTL” zavodi, Farg’ona NQIZ, Buxoro NQIZ, Muborak GQI zavodlari, O‘zbekiston Respublikasi kimyo korxonalarini birlashtiruvchi yagona korporativ tizim-Uzkimyosanoat AJ tasarrufidagi korxonalar Dehqonobod kaliy zavodi, Farg’onaazot AJ, Navoiyazot AJ korxonalarining turli sohalarida muxandis texnolog, fan va ishlab chiqarish masalalarida Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi Umumiy va noorganik kimyo instituti, O‘simlik moddalari kimyosi institutida ilmiy-tadqiqot ishlari, davlat boshqaruvi organlari, shuningdek davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. 

O'xshash dasturlar