WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Diplomat University

Filologiya va tillarni o‘qitish: Arab tili

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)

Akademik daraja - BAKALAVR

O‘qish shakli - kredit-modul tizimi

Ta’lim shakli - kunduzgi

O‘qish muddati - 4 yil

Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili) bo‘yicha Bakalavr (BSc) – Diplomat University

Nimalarni o‘rganasiz?

Ushbu dastur doirasida talabalar nafaqat arab tilida erkin muloqot qilishni, balki arab tilning boy tarixi, arab alifbosini chiroyli xusnixat asosida yozishni, arab madaniyati va uni boshqalarga o‘rgatish sirlarini chuqur o‘zlashtiradilar. Dastur quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi:

  • Lingvistik fundament: Arab tilining fonetikasi, morfologiyasi, sintaksisi va leksikologiyasini tizimli ravishda o‘rganish. O‘zbek va arab tillari o‘rtasidagi qiyosiy-tarixiy tahlil.
  • Nutq madaniyati va muloqot: Akademik yozish, mantiqiy fikrlash, ommaviy nutq so‘zlash va xalqaro doiralarda erkin fikr almashish ko‘nikmalari.
  • Tarjimashunoslik amaliyoti: Matbuot materiallari, rasmiy-idoraviy hujjatlar va badiiy asarlarni arab tilidan o‘zbek tiliga (va aksincha) sinxron hamda ketma-ket tarjima qilish texnikalari.
  • Zamonaviy pedagogika: Xorijiy tilni o‘qitishning innovatsion usullari, ta’lim psixologiyasi, dars jarayonida raqamli va interaktiv texnologiyalardan samarali foydalanish.
  • Adabiyot va sivilizatsiya: Mumtoz va zamonaviy arab adabiyoti, islom madaniyati va arab davlatlarining ijtimoiy-siyosiy tarixi.

2. Nega aynan ushbu dastur?

Arab tili — BMTning 6 ta rasmiy tilidan biri bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab 400 milliondan ortiq insonlashuv vositasidir. Dastur bitiruvchilari mehnat bozorida yuqori qiymatga ega mutaxassis bo‘lib yetishadilar:

  • Yuqori talab va iqtisodiy istiqbol: O‘zbekiston va Arab dunyosi (BAA, Saudiya Arabistoni, Qatar, Misr) o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va turizm aloqalarining misli ko‘rilmagan o‘sishi yuqori malakali arabshunoslarga bo‘lgan ehtiyojni keskin oshirmoqda.
  • Keng qamrovli karyera imkoniyatlari: Bitiruvchilar nafaqat ta’lim muassasalarida pedagog, balki elchixonalar va konsulliklarda, xalqaro tijorat tashkilotlarida, Islom moliyasi institutlarida hamda turizm sektorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari mumkin.
  • Fundamental tadqiqotlar uchun poydevor: Dastur magistratura va doktorantura bosqichlarida filologiya, tarix, sharqshunoslik va islomshunoslik yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borish uchun kuchli akademik baza yaratadi.

3. O‘qish usuli

Dastur zamonaviy xalqaro standartlarga moslashtirilgan kredit-modul tizimi asosida olib boriladi. Bu tizim talabaga o‘z ta’lim trayektoriyasini mustaqil shakllantirish imkonini beradi.

  • Talabaga yo‘naltirilgan ta’lim (Student-centered learning): Quruq ma’ruzalar o‘rniga, tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilishga (problem-based learning) qaratilgan amaliy seminar va kvest-darslar.
  • Kommunikativ yondashuv: Darslar to‘iq interaktiv muhitda - rolli o‘yinlar, debat va taqdimotlar orqali, asosan arab tilida olib boriladi (Immersion usuli).
  • Mustaqil ta’lim va tadqiqot: Talabaning shaxsiy izlanishlariga keng o‘rin beriladi. Professor-o‘qituvchilar jarayonni boshqaruvchi va yo‘naltiruvchi (fasilitator) vazifasini bajaradi.
  • Multimedia va raqamli resurslar: Dars jarayonida xalqaro nufuzli nashriyotlarning so‘nggi darsliklari, audio-video materiallar, til o‘rganish dasturlari va podkastlardan faol foydalaniladi.
  • Nazariya va amaliyot uyg‘unligi: Talabalar o‘qish davomida nufuzli ta’lim dargohlarida, tarjima markazlari va xalqaro tashkilotlarda muntazam kasbiy amaliyot o‘taydilar.

Talabalar bir o‘quv yili uhun 60 ECTS kredit o‘rganadi. Ta’lim dasturlari ish beruvchilarning fikr mulohazalariga asosan ishlab chiqilgan. Bu esa ta’limning dolzarbligi va zamon talablariga maosligini ta’minlaydi.

 

 

 

O'xshash dasturlar