WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Farg‘ona davlat universiteti

Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60230100-Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va kechki ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining meyoriy muddati 4 yil.
60230100-Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi  bo‘yicha bakalavrlar  kasbiy faoliyatining sohalari ta’limda filologiya va tillarni o‘qitish bo‘yicha fanlarni tashkil etish, ularni ta’lim muassalarida joriy etish, tillarni o‘rgatish, o‘rganilayotgan tillarni kundalik hayotda joriy etilishini ta’minlash, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasini o‘rganish va ularni joriy etish, shuningdek, talabalarda chet tillari bo‘yicha til kompetensiyalarini o‘stirish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun ilmiy ish yozish  ko‘nikmasini hosil qilish, ilmiy uslubning o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot keltirish bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi

O'xshash dasturlar