Dastur haqida
MUHANDISLIK FIZIKASI INSTITUTI
60530900 – Fizika (kechki)
Fizika ta’lim yo'nalishi - fan sohasidagi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻlib, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ta’lim yo'nalishiga oid fanlarni o'qitish, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, ommaviy axborot vositalari, davlat boshqaruvi organlari, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalarni yechish bilan bogʻliq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
|
Kredit |
Jami soat |
Auditoriya soati |
Kurs ishi |
Malakaviy amaliyot |
Mustaqil ta’lim |
||||
|
Jami |
Ma’ruza |
Amaliy |
Laboratoriya |
Seminar |
|||||
|
240 |
7200 |
2034 |
822 |
826 |
256 |
90 |
0 |
0 |
5166 |
60530900- Fizika kechki ta’lim yo‘nalishida o‘qish shakli kredit tizimi bo‘lib, o‘qish muddati 4.5 yil davom etadi. Talabalar quyidagi kvalifikatsiyalarga ega bo‘ladi: fizik, fizik-muhandis, pedagog
O'quv jarayoni 9 semstrdan iborat bo‘lib 2-bosqichdan boshlab umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tizimlarida tabiiy yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida va ishlab chiqarish korxonalarida malakaviy pedagogik amaliyot o‘taydilar.
2,3,4-bosqichda majburiy va tanlov fanlar o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.
Fizika ta’lim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat bitiruvchilari fan sohasidagi bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tamomlagandan soʻng:
- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tizimida fizika fanidan dars berish;
- ta’lim tizimida kabinet mudiri, metodist, muhandis, katta laborant, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash;
- tabiiy yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida ilmiy faoliyat;
- ishlab chiqarish sohasida fizik, muhandis-tadqiqotchi;
- turli tadbirkorlik sub’ektlarida, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlarida hamda boshqa muassasalarda ishlash;
- yangi yuqori unumli material va texnologiyalar yaratish hamda ularni ishlab
- chiqaruvchi korxonalarda muhandis, tadqiqotchi va texnolog bo‘lib ishlash;
- ta'lim jarayoni me’yoriy hujjatlari, pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish;
- dasturiy ta’minot, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi sohasida mutaxassis bo‘lib ishlash huquqiga ega bo‘ladilar.
Izohlar:
1) 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
2) GPA ko‘rsatkichi har yili avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.
3) Harbiy tayyorgarlik mashg`ulotlari tanlov fanlari blokining soatlari hisobiga (tanlov fanlarni o‘zlashtirish sharti bilan), harbiy yig‘in esa ta’til vaqti hisobiga o‘tkaziladi. Tanlov fanlari bloki OTM Kengashi qarori bilan mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablari, moslanuvchanligi va harakatchanligini ta’minlovchi fanlar majmuasidan belgilanadi.
4) O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 foizgacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 foizgacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
5) Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.
6) O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
7) Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
8) Jismoniy tarbiya va sport fani fakul’tativ kurs sifatida talabaning ixtiyoriy tanlovi asosidagi sport seksiyalarida tashkil etiladi.
9) Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta’lim soatlari hisobidan 1 kredit asosida bajariladi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestr |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
120 |
1-9 |
|
Attestatsiyalar |
24 |
1-9 |
|
Fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish |
5 |
1,3,5,7,9 |
|
Amaliyot |
14 |
4,6,8 |
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
8 |
9 |
|
Ta’til haftalari |
51 |
1-9 |
|
GPA ko‘rsatkichini hisoblash |
4 |
2,4,6,8 |
|
Jami |
226 |
|
TA’TIL VAQTI:
- 1-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyun oyining 2-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 10.06.2024-02.09.2024)
- 2-kurs:
-dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)
- 3-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)
- 4-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyul oyining 1-haftasidan
FANLAR
- O'zbekistonning eng yangi tarixi
- Falsafa
- O'zbek (rus) tili
- Xorijiy til
- Dinshunoslik
- Umumiy pedagogika. Umumiy psixologiya
- Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish
- Matematik Analiz
- Chiziqli algebra va analitik geometriya
- Fizpraktikum
- Mexanika
- Molekulyar fizika
- Elektr va magnetism
- Fizika o'qitish metodikasi
- Differensial tenglamalar
- Matematik fizika usullari
- Optika
- Nazariy mexanika
- Radioelektronika asoslari
- Atom fizikasi
- Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi
- Elektrodinamika
- Kvant mexanikasi
- Statistik fizika
O'xshash dasturlar
Olmaliq davlat texnika instituti
Konchilik ishi (ochiq konchilik ishi)
9 500 000 so'm
yiliga
Olmaliq davlat texnika instituti
Mexanika muhandisligi
9 500 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat transport universiteti
Aviatsiya muhandisligi
—
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Aerokosmik muhandisligi
—
Olmaliq davlat texnika instituti
Arxitektura
11 000 000 so'm
yiliga
Olmaliq davlat texnika instituti
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari)
9 500 000 so'm
yiliga