WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Guliston davlat pedagogika instituti

Boshlang‘ich ta’lim

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Boshlangʻich taʼlim

3-8 semestrlarda 4+2 tartibda amalga oshiriladi. Bunda haftaning 4 kunida nazariy va amaliy taʼlim, 2 kunda pedagogik amaliyot oʻtkaziladi.
3-8 semestrdagi mutaxassislik fanlarining sillabuslarida mustaqil taʼlim mazmuni joriy semestrdagi amaliyot dasturi mazmuniga mos kelishi va bir birini toʻldirishi, talabaning amaliyoti mustaqil taʼlim topshirigʻini bajarish uchun asos sifatida xizmat qilishi nazarda tutilishi kerak.
1-3 kurs talabalarining yozgi taʼtil davrida avvalgi semestrlarda oʻzlashtirilmagan fanlari uchun yozgi semestr tashkil qilinishi mumkin. Bunda yozgi taʼtilning birinchi haftasi roʻyxatga olish haftaligi, keyingi toʻrt hafta yozgi semestr hisobidan akademik davr hisoblanadi.
1-kurs: 2-semestrda (oʻquv va ilmiy laboratoriya) malaka amaliyotlari uchun jami 4 kredit taqdim etiladi.
2-kurs: 3-4-semestrlarda 4+2 tartibdagi amaliyot uchun xar semestrga 5 kreditdan, jami yillik 10 kredit va 4-semestrdagi (oʻquv va ilmiy laboratoriya) malaka amaliyoti uchun jami 1 kredit taqdim etiladi.
3-kurs: 5-6-semestrlarda 4+2 tartibdagi amaliyot uchun xar semestrga 5 kreditdan, jami yillik 10 kredit va 6-semestrdagi (ekskursion ishlab chiqarish) malaka amaliyoti uchun jami 1 kredit taqdim etiladi.
4-kurs: 7-8-semestrlarda xar semestrga 4+2 tartibi uchun 5 kreditdan, jami yillik 10 kredit taqdim etiladi.
Oʻquv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashgʻulotlari oliy taʼlim muassasasi hamda bazaviy  tashkilotlarda oʻtkazilishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ishi tarkibiga uni himoya qilish boʻyicha Davlat attestatsiyalari ham kiradi.

O'xshash dasturlar