WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Psixologiya

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Psixologiya (60310300) – Ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar taʼlim sohasidagi yoʼnalish boʼlib, maktabgacha taʼlim, umumiy oʼrta, oʼrta maxsus, professional taʼlimining davlat va nodavlat muassassalarida ; taʼlimi muassassalarida taʼlim yoʼnalishiga oid fanlarni oʼqitish, ommaviy axborot vositalari, davlat va mahalliy boshqaruvi organlari, har xil shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlarida; xususiy psixologik xizmat koʼrsatish markazlarida psixologik yordam koʼrsatish; Oʼquvchilarni kasb-hunarga yoʼnaltirish va psixologik- pedagogik respublika tashxis markazida psixodiagnostik tadbirlar uyushtirish; oʼzini oʼzi boshqarish organlari, “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutida; reabilitatsiya markazlarida, sport jamoalarida psixologik xizmat koʼrsatish, Mudofaa vazirligi tasarrufidagi xarbiy boʼlimlarida, xuquqni muhofaza qilish idoralarida psixologik yordam koʼrsatish bilan bogʼliq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Bakalavrlarning kasbiy faoliyati sohalari quyidagilarni qamrab oladi:

Maktabgacha taʼlim muassassalari tarbiyalanuvchilari;

Umumiy oʼrta taʼlim va professional taʼlim muassassalari oʼquvchilari;

Korxona, tashkilot va muassassalarida psixologik yordam koʼrsatish; taʼlim muhitida psixologik tadbirlarni tashkil etish va uni amalga oshirish, umumiy oʼrta taʼlim maktablari va oʼrta maxsus, professional taʼlim muassassalari oʼqituvchilari, oʼquvchilari hamda xodimlari, reabilitatsiya va psixologik xizmat markazlari klientlari;

Respublika tashxis markazi testlari va ularni oʼtkazishni tashkil etish jarayonlari, psixologik tadqiqot metodikalari;

Sport jamoasi treneri va sportchilari; psixologik xizmat koʼrsatish mijozlari; shaxsiy muammolari bilan murojaat qiladigan patsientlar;

Eksperimental psixologiya laboratoriyasi jihozlarini tashkillashtirish va qoʼllash;

Maishiy xizmat koʼrsatishdagi psixologik muammolarni hal etish; mahallalar va fuqarolar;

Аholiga psixologik xizmat koʼrsatish markazlari faoliyatini tashkil etish; harbiy va huquqni muhofaza qilish idoralarida psixologik yordam koʼrsatish;

Kadrlarni tanlash va ular faoliyatini psixologik tashkil etish; psixodiagnostik, psixologik maslahat, psixokorreksion, psixoprofilaktik, psixologik maʼrifat tadbirlari va psixologiya ixtisosligi boʼyicha ilmiy-tadqiqot jarayonlari.

 

          Izoh:

  1. 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
  2. GPA ko‘rsatkichi avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.
  3. Tanlov fanlari bloki OTM Kengashi qarori bilan mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablari, moslanuvchanligi va harakatchanligini ta’minlovchi fanlar hisobiga o‘zgarishi mumkin.
  4. OTM Kengashi qarori bilan talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 foizgacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 foizgacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
  5. Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.
  6. O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
  7. Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malaka amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
  8. Birinchi kursda qo‘yilgan K kredit modul tizimiga kirish va OTM bilan tanishish haftaligi sifatida tashkil etiladi.

 

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestr

Nazariy va amaliy ta’lim

105

1-8

Attestasiyalar

20

1-8

Kredit ta’lim tizimiga kirish / Fanlami tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish

5

1, 2, 4, 6

Amaliyot

21

2, 4, 6, 7

Yakuniy davlat attestasiyasi

8

8

Ta’til

42

1-8

GPA ko‘rsatkichini hisoblash

3

2,4,6

Jami

204

 

 

O'xshash dasturlar