WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Dastur haqida

PSIXOLOGIYA VA IJTIMOIY-SIYOSIY FANLAR FAKULTETI

Sotsiologiya

Bu yo‘nalishda tahsil olganlar Sotsiologiya sohasini mukammal o‘rganadi. Sotsiologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tamomlagan ijtimoiy ishchi mutaxassislari respublikamizdagi barcha mahallalar, kasb-xunar maktablari, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, hokimiyat, fan va ta’lim sohasida, bundan tashqari jamiyatni barcha boshqaruv tizimlarida faoliyat olib borishadi.

 

Kredit

Jami soat

Auditoriya soati

Kurs ishi

Malakaviy asmaliyot

Mustaqil ta’lim

Jami

Ma’ruza

amaliy

Laboratoriya

seminar

240

7200

2840

730

1562

 

548

 

408

3962

 

1-bosqichda Oliy matematika, O‘zbekistonning eng yangi tarixi, Samarqand tamadduni tarixi, Rus tili, Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi, Sotsiologiya tarixi, Umumiy sotsiologiya, Xorijiy til, Davlat xizmatchisi etikasi va imiji, Raqamli axborot texnologiyalari, Sotsiologiya tarixi kabi fanlar o‘tiladi.

2-bosqichda Falsafa, Ijtimoiy statistika, Sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi, metodi va texnikasi, Mehnat va bandlik sotsiologiyasi, Ijtimoiy siyosat, Dinshunoslik, Taʼlim sotsiologiyasi, Ijtimoiy siyosat va tanlov fanlar o‘tiladi. 2-bosqichdan boshlab ijtimoiy tashkilotlarida malakaviy amaliyot o‘tadilar.

3-bosqichda Tashkilotlar sotsiologiyasi, Sotsiologik maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish, Ijtimoiy tadqiqotlarning mantiqiy asoslari, Siyosiy va xalqaro munosabatlar sotsiologiyasi va bir qator tanlov fanlarni o‘tiladi.

4 bosqichda Din sotsiologiyasi, Harbiy sotsiologiya, Shahar sotsiologiyasi va bir qator tanlov fanlari o‘tiladi.

4 yillik o‘qishni muvaffaqiyatli bitirgandan so‘ng ijtimoiy ish hodimi mutaxassisligi beriladi.

1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.

GPA ko‘rsatkichi har yili avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.

Harbiy tayyorgarlik mashg’ulotlari tanlov fanlari blokining soatlari hisobiga (tanlov fanlarini o‘zlashtirish sharti bilan), harbiy yig’in esa ta’til vaqti hisobiga o‘tkaziladi. Tanlov fanlari bloki OTM Kengashi qarori bilan mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablari, moslanuvchanligi va harakatchanligini ta’minlovchi fanlar majmuasidan belgilanadi.

O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 % gacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.

Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.

O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg’ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

Jismoniy tarbiya va sport fani fakultativ kurs sifatida talabaning ixtiyoriy tanlovi asosidagi sport seksiyalarida tashkil etiladi.

Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta’lim soatlari hisobidan I kredit asosida bajariladi.

4 kreditli O`zbekistonning eng yangi tarixi fanidan 1 krediti Samarqand tamadduni tarixi fani sifatida o`tkaziladi (6 soat ma`ruza, 6 soat seminar).

“Inson huquqlari, ayollar huquqlari va bola huquqlari” hamda “Tadbirkorlik ko‘nikmasini rivojlantirish” maxsus kurslari darsdan tashqari vaqtlarda tashkil etiladi.

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestr

Nazariy va amaliy ta’lim

105

1-7

Attestatsiyalar

21

1-7

Fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish

4

1,3,5,7

Amaliyot

23

4,6,8

Yakuniy davlat attestatsiyalari

4

8

Ta’til haftalari

44

1-8

GPA ko‘rsatkichini hisoblash

3

2,4,6

Jami

204

 

 

TA’TIL VAQTI:

  1. 1-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyun oyining 2-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 10.06.2024-02.09.2024)

  1. 2-kurs:

-dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)

  1. 3-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)

  1. 4-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan

FANLAR

 

  1. Oliy matematika
  2. O‘zbekistonning eng yangi tarixi, Samarqand tamadduni tarixi
  3. Rus tili
  4. Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi
  5. Sotsiologiya tarixi
  6. Umumiy sotsiologiya
  7. Xorijiy til
  8. Davlat xizmatchisi etikasi va imiji
  9. Raqamli axborot texnologiyalari
  10. Sotsiologiya tarixi
  11. Oila va gender sotsiologiyasi
  12. Falsafa
  13. Ijtimoiy statistika
  14. Sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi, metodi va texnikasi
  15. Mehnat va bandlik sotsiologiyasi
  16. Ijtimoiy siyosat
  17. Dinshunoslik
  18. Taʼlim sotsiologiyasi
  19. Tashkilotlar sotsiologiyasi
  20. Sotsiologik maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish,
  21. Ijtimoiy tadqiqotlarning mantiqiy asoslari
  22. Siyosiy va xalqaro munosabatlar sotsiologiyasi
  23. Din sotsiologiyasi
  24. Harbiy sotsiologiya
  25. Shahar sotsiologiyasi

O'xshash dasturlar