Dastur haqida
Umumiy tavsifi
70410301 – Soliqlar va soliqqa tortish mutaxassisligi bo`yicha magistratura dasturi solq munosabatlari sohasida chuqur bilim, ko`nikma va tajribani o`zida ifoda etgan dastur hisoblanadi. Dastur talabalarni soliq oraganlarida samarali faoliyat yuritishi uchun bilishi lozim bo`lgan soliq munosabatlari barcha jarayonlarini qamrab oladigan, talabaning kasbiy kamolotiga xizmat qiladigan zamonaviy bilim, ko`nikma va tajribalar bilan ta`minlashga xizmat qiladi.
Dasturni o‘rganish natijalari:
Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng:
- soliq tizimida ilmiy, amaliy tadqiqotlar olib borish, tajriba natijalarini qayta ishlash va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish;
- soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar mexanizmidagi muammolarni o`rganish, sohani takomillashtirishga doir ilmiy maqolalar tayyorlash va tahrir qilish, ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlarda o`z ilmiy loyihalari bilan ishtirok etish;
- iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat olib borayotgan korxonalarda soliq turlari bilan bogliq vaziyatli masalalarni tahlil qilish va uning yechimlari bo`yicha xulosalar berish;
- taqdim etilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalari qiyosiy tahlil qilish, ular samaradorligini amaliy ma`lumotlar asosida tahlil qilish va samarasi past bo`lgan imtiyozlarni aniqlashi;
- tashkilot, korxona va ularning alohida bo‘linmalari tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish, soliq organlari xodimlarining professional tayyorgarlik darajasini oshirib boorish va mehnat salohiyatidan samarali foydalanishni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish;
- hududlar soliq potensialini baholash va soliq turlari boyicha mahalliy byudjetlar soliqlar yig`iluvchanligini oshirish yo`nalishlarini belgilab olish;
- soliqqa oid loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash, tarmoqlar va sohalar bo‘yicha moliyaviy, soliq va statistik hisobotlarni tuzish hamda ularni sharhlash;
- tarmoqlar va sohalar bo‘yicha iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, ularga soliq mexanizmi vositasida ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, tadqiqotlar o‘tkazish va tahlil qilish;
- soliq siyosati konsepsiyasi, strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish va uni amalga oshirishning ustuvor yo`nalishlariga doir ilmiy-tadqiqot natijalari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
- davlat va mahalliy byudjet parametrlarini ijrosini ta`minlashda soliqlar salmog`ini tahlil qilish, byudjetga o`z vaqtida va to`liq undirilishi bo‘yicha kasbiy bilim va ko'nikmalarga ega bo‘lish.
O'xshash dasturlar
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Marketing
17 999 999 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Iqtisodiyot
—
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Inson resurslarini boshqarish
14 718 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Inson resurslarini boshqarish
14 718 000 so'm
yiliga
Jizzax shahridagi Qozon federal universitetining filiali
Iqtisodiyot
25 420 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat transport universiteti
Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
—