WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

Texnogen san'at: kino, televideniye va radio ovoz rejissorligi

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Ushbu ta’lim dasturi talabalarga ovoz rejissyorligi san’ati bo‘yicha chuqur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Dars jarayonida kino, televideniye, radio va ommaviy tomoshalar teatrda ovoz bilan ishlashning nazariy asoslari, janr xususiyatlari, aktyorlik bilan o‘zaro munosabat,  ovoz muhitini yaratish, ovoz yozish va uni badiiy ishlash texnologiyalari o‘rgatiladi.

Dastur tarkibiga amaliy mashg‘ulotlar, ustozlar bilan mahorat darslari va real sahna maydonlarida ijodiy ishlanmalar kiritilgan. Bu esa talabaga ovoz rejissyorligi bo‘yicha zarur texnik va badiiy sifatlarni rivojlantirish imkonini beradi.

 Biz bilan ta’lim oling — va sahna, kino ovoz dunyosidagi maqsadlaringizga erishing!

Mazkur ta’lim dasturida siz 7 semestr (4 yil) davomida 240 kredit to ‘plashingiz zarur bo ‘ladi.

Jami auditoriya soati 3030 soat

Malakaviy amaliyot soati 450 soat

Bitiruv malakaviy ishi 240 soat

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar

 soni

Semestrlar

 soni

Yakuniy davlat atestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

105

1-7

 

 

Bitiruv malakaviy (ijodiy) ishini himoya qilish

Malakaviy amaliyot (Tanishuv amaliyoti, O‘quv amaliyoti, Ishlab chiqarish amaliyoti, Bitiruv oldi amaliyoti)

15

2,4,6,8

Attestatsiya

14

1-7

Yakuniy davlat attestatsiyalari

4

8

Ta’tillar

54

1-8

Kredit ta’lim tizimiga kirish

240

 

 

              Izoh:

  1. 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
  2. GPA ko‘rsatkichi avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.
  3. Ovoz rejissyorligi mahorati” fani 7 ta qismga bo‘linib o‘qitiladi.
  4. Ovoz yozish aksessuarlari” fani 6 ta qismga bo‘linib o‘qitiladi.
  5. Musiqali shovqinlar bezagi” fani 7 ta qismga bo‘linib o‘qitiladi.
  6. O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 foizgacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 foizgacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
  7. San’at sohasidagi OTMlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda  mashg‘ulotlar ayrim fanlarda yakka tartibda (1-4 nafar), kichik guruhchalarda esa 2-12 nafargacha, guruhlarda 13-25 nafargacha, birlashgan akademik guruhlarda 100 nafargacha talabaga o‘tilishi ko‘zda tutiladi.
  8. Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.
  9. O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy  tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
  10. Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
  11. * Jismoniy tarbiya va sport  fani fakultativ kurs sifatida talabaning ixtiyoriy tanlovi asosida sport seksiyalarida tashkil etiladi.

O'xshash dasturlar