Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti
Texnologik mashinalar va jihozlar
Dastur haqida
“Xizmat ko‘rsatish texnikasi” kafedrasi Toshkent davlat texnika universitetining strukturaviy tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan universitet Kengashining 2017-yil 17-iyuldagi №12–sonli bayonnomasi asosida Mashinasozlik fakulteti tarkibida “Xizmat ko‘rsatish texnikasi” kafedrasi tashkil etildi va t.f.n. Mirzayev Qahramon Qarshiboyevich kafedra mudiri etib tayinlangan. 2018-2019-o‘quv yilining 24-avgust kunidan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining rektorining 03/09-402 sonli buyrug‘iga asosan “Xizmat ko‘rsatish texnikasi” kafedrasi mudiri etib dotsent Sultanova Shaxnoza Abduvaxitovna tayinlandi. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektorining 2022 yil 14-noyabrdagi 03/09-629 sonli buyrug‘iga asosan “Xizmat ko‘rsatish texnikasi” kafedrasi mudiri etib PhD, dotsent Samandarov Doston Ishmuhammat o‘g‘li tayinlandi.
Bizning maqsadimiz: Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchi va xalqaro miqyosda tan olingan ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot markaziga aylanish, transport vositalari muhandisligi (transport vositalariga xizmat ko‘rsatish), texnologik mashinalar va jihozlar (oziq-ovqat sanoati), qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishlarida yuqori malakali, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, shuningdek, ushbu sohalarda ilg‘or ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, innovatsion texnologiyalar va muhandislik yechimlarini yaratish hamda ularni ishlab chiqarishga joriy etishdir.
Bizning vazifamiz: Respublika va xalqaro miqyosdagi ilg‘or ilmiy tadqiqotlar asosida innovatsion texnologiyalarni yaratish va amaliyotga joriy etish, zamonaviy va innovatsion ta’limni rivojlantirish hamda yuqori malakali, raqobatbardosh va ilg‘or fikrlaydigan kadrlarni tayyorlash orqali mamlakatning barqaror rivojlanishi va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish.
Texnologik mashinalar va jihozlar ta’lim yo‘nalishi oziq-ovqat va qayta ishlash sanoatining zamonaviy texnologik mashina va jihozlarini loyihalash, hisoblash, boshqarish, ekspluatatsiya qilish va modernizatsiyalash bo‘yicha yuqori malakali muhandislarni tayyorlashga qaratilgan. Talabalar ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalari, avtomatlashtirish, raqamli modellashtirish hamda energiya va resurs tejamkor muhandislik yechimlarini yaratish bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Bitiruvchilar zamonaviy sanoat korxonalari, muhandislik va loyiha-konstruktorlik markazlari hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida yetakchi mutaxassis sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega.
O'xshash dasturlar
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik
10 049 550 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
13 000 000 so'm
yiliga
Astraxan davlat texnika universitetining O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi filiali
Oziq-ovqat texnologiyasi.
15 252 000 so'm
yiliga
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik
11 586 540 so'm
yiliga
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi.
11 586 540 so'm
yiliga
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
11 586 540 so'm
yiliga