WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent kimyo-texnologiya instituti

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70711401 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (kimyo, neftkimyo va oziq-ovqat sanoati) magistratura mutaxassisligi ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi zarur. O‘qish muddati  yil bo‘lib,talaba dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to‘plashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.

70711401 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (kimyo, neftkimyo va oziq-ovqat sanoati)magistratura magistratura mutaxassisligini – muhandislik ishi sohasidagi mutaxassislik bo’lib, barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘’itish; O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida; ilmiy, texnikaviy va texnologik masalalar bilan bog‘liq akademik, ilmiy-tadqiqot va muassasa tashkilotlari; kimyo, neft-kimyo, oziq-ovqat, neft va gazni qayta ishlash, qurilish, metallurgiya, mashinasozlik, yoqilg’i-energetika va shu kabi sanoatlardagi turli xil texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini loyihalash, ishlab chiqish, o’rnatish va sozlash, ulardan foydalanish bilan shug‘illanuvchi barcha sanoat korxonalari va biznes tashkilotlari majmuini qamrab oladi.

O'xshash dasturlar