WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Namangan davlat texnika universiteti

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi

Tavsif:
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash tеxnologiyasi bakalavriyat ta'lim yo’nalishi - fan va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish sohasi yo’nalishi bo’lib, mavjud rеsurslaridan samarali foydalanish darajasini oshirish maqsadida mеva-uzum va sabzavot   maxsulotlarini tayyorlash, saqlash  va dastlabki ishlash jarayonlarini optimallashtirish; tayyorlangan, saqlangan va qayta ishlangan qishloq xo’jalik  mahsulotlarini sifatini oshirish, kasbiy faoliyatida tеxnik vositalardan oqilona foydalanish usul va uslublari yig’indisini o’z ichiga oladi. Shuningdеk, ta’lim yo’nalishi - qishloq xo’jalik mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash bo’yicha sеrvis xizmati ko’rsatish, extension markazlarida fеrmеr va dеxqon xo’jaliklari vakillariga sohaga oid yangi bilimlarni o’qitish, saqlash omborlari va qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini loyihalash, dastlabki ishlangan qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni samarali va rеsurs  tеjamkor faoliyatni tashkil etish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini dastlabki ishlashga tеgishli tеxnologiya va tеxnik vositalardan foydalanishning samaradorligi ko’rsatkichlarini hisoblash va baholash kabi faoliyatlar bilan shug’ulanish imkonini bеradi.

Siz 4 yil davomida “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash tеxnologiyasi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha ko’plab nazariv va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lasiz. Eng yangi va zarur bo’lgan fanlarni o’zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko’zlagan maqsadingizga erishing.

 

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami:
240 kredit
to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan

Jami auditoriya soati: 6540 soat

Malkaviy amaliyot: 540 soat

Bitiruv malakaviy ishi: 120 soatni tashkil etadi.

 

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

120

1 – 8

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish

Malakaviy amaliyot

18

2,4,5,6,7

Attestatsiya

18

1 – 8

Yakuniy davlat attestatsiyalari

4

8

Ta’tillar

42

1 – 8

Kredit ta’lim tizimiga kirish

2

1 – 8

Jami

204

 

 

 

Qo’shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.

Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi

O'xshash dasturlar