WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Buxoro davlat pedagogika instituti

Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha)

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

1. 70110101 - Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo'yicha) magistratura mutaxassisligining umumiy tavsifi 70110101 - Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo'yicha) mutaxassisligi bo'yicha magistrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kunduzgi ta'lim shaklida amalga oshiriladi. Magistraturada o'qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining me'yoriy muddati 2 yil. Magistratura o'quv dasturining hajmi ta'lim shakli (kunduzgi), foydalaniladigan ta'lim texnologiyalaridan qat'iy nazar 120 kredit birligini tashkil etadi. Bir o'quv yili uchun magistratura ta'lim dasturining xajmi 60 kreditni tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi 5117-son qaroriga ko'ra, 70110101 - Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo'yicha) mutaxassisligi magistraturasida o'qish uchun kamida B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.

1. 1. Qo'llanish sohasi. 1.1.1. 70110101 - Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo'yicha) magistratura mutaxassisligi malaka talabining qo'llanilishi. Malaka talabi 70110101 - Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo'yicha) magistratura mutaxassisligi bo'yicha magistrlar tayyorlash o'quv reja va fan dasturlarining o'zlashtirilishini amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasi hududidagi barcha pedagogika sohasida kadr tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasalari uchun talablar majmuini ifodalaydi. 1.1.2. Malaka talablarining asosiy foydalanuvchilari. - mazkur magistratura mutaxassisligi bo'yicha malaka talablari, o'quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish va yangilash, ular asosida o'quv jarayonini samarali amalga oshirish uchun mas'ul hamda o'z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta'lim tashkilotining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o'quv bo'limi boshlig'i, dekanlar va kafedra mudirlari) va professor-o'qituvchilari; magistratura mutaxassisligining o'quv rejasi va fan dasturlarini o'zlashtiruvchi oliy ta'lim tashkilotining talabalari; - magistratura bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya komissiyalari; - ta'limni boshqarish bo'yicha vakolatli davlat organlari; - oliy ta'lim tashkilotlarini moliyalashtirishni ta'minlovchi organlar; - oliy ta'lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organlari; - kadrlar buyurtmachilari va ish beruvchi tashkilot va korxonalar; - oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga kirayotgan baklavriat bitiruvchilari boshqa manfaatdor shaxslar va 1.2. 70110101 - Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo'yicha) mutaxassisligi bo'yicha magistrlar kasbiy faoliyatlari tavsifi.

1.2.1. 70110101 - Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo'yicha) mutaxassisligi bo'yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining sohalari: 70110101 - Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo'yicha) - ta'lim sohasiga oid mutaxassislik bo'lib, barcha ta'lim muassasalarida muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o'qitish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullanish, mos ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ta'limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

1.2.2. 70110101 - Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo'yicha) mutaxassisligi bo'yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining ob'ektlari: - oliy ta'lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional muassasalarida pedagogik faoliyat; ta'lim - Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida hamda oliy ta'lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati va jarayonlar; - oliy ta'lim tizimi muassasalarida mutaxassislik bo'yicha o'quv-tarbiya va ilmiy-tadqiqot jarayonlari; ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va texnik loyihalari, tadqiqot ishlari bilan shug'ullanuvchi ob'ektlar majmuasi.

1.2.3. 70110101 - Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo'yicha) mutaxassisligi bo'yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining turlari • ilmiy-tadqiqot faoliyati; • pedagogik faoliyat; •ma'naviy-ma'rifiy; •tashkiliy-boshqaruv; • oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o'rta maxsus, professional ta'lim tizimidagi pedagogik faoliyat.

1.2.4. 70110101 - Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo'yicha) mutaxassisligi bo'yicha magistrlarning kasbiy vazifalari: 70110101 - Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo'yicha) mutaxassisligi bo'yicha Milliy malaka ramkasining 7-malaka darajasi hamda magistr kasbiy faoliyatlarining sohalari, ob'ektlari va turlariga muvofiq magistrature bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni bajarishga qodir bolishi lozim: Ilmiy-tadqiqot faoliyatida: - manbalarga asoslangan holda, innovatsion va fundamental tadqiqotlar olib borish, sohaning nazariy va amaliy muammolarini bilish, davr uchun dolzarb, hal etilishi lozim bo'lgan va takomillashtirish talab etiladigan yo'nalishlarga doir mavzularni aniqlay olish; --ilmiy-tadqiqotlarni o'tkazish va yangi ilmiy hamda amaliy natijalarni olish; zamonaviy tadqiqot metodlari va metodologiyasi, ta'lim-tarbiyaga doir nazariyalar, konsepsiyalar, ilg'or tajribalardan foydalanish; - ilmiy muammolarni hal etishning konseptual va nazariy modellarini ishlab chiqish.

O'xshash dasturlar