Urganch davlat pedagogika instituti
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
Dastur haqida
"Maktabgacha ta'lim metodikasi" kafedrasi tarixi va asosiy faoliyati - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan 289-qarorga binoan 2022-yilda Urganch davlat pedagogika instituti tashkil etildi va xuddi shu yildan boshlab, «Maktabgacha ta’lim metodikasi» kafedrasi “Pedagogika, Boshlang’ich ta’lim, Maktabgacha ta’lim” kafedrasi tarkibida o‘z faoliyatini boshlaydi. 2023-yil 6-sentabrdagi institut Kengashi qaroriga muvofiq “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi alohida faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedraga biologiya fanlari doktori dotsent (DsC) X.Bekchanov rahbarlik qilmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari maktabgacha tarbiyaga oid bo‘lgan muammolarni hal etish, maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berishga qaratilgan dolzarb mavzular bo‘yicha o‘z ilmiy ishlarini himoya qilib, vatanimiz fani taraqqiyotiga ulkan hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
Kafedra professor-o’qituvchilarining maqsadi - maktabgacha ta’limni rivojlantirish, maktabgacha ta’lim sohasida o‘zaro integratsiyani qo‘llash, kelajak istiqbolida pedagogika kollejlari va maktabgacha ta’lim muassasalari uchun malakali kadrlar tayyorlash ishida ta’limiy jarayonlar yaratish, fanlar bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini yangi elektron avlodlarini yaratishdir.
Kafedra professor-o'qituvchilarining vazifalari - talabalarga maktabgacha ta’lim muassasalari, pedagogika kollejlari talabalarini maktabgacha ta'lim darslaridagi faoliyatini tashkil qilish, ta’lim muassasalarida maktabgacha ta'lim jarayonini tizimli tashkil etish va boshqarish kabi bilimlarni o‘rgatishga qaratilgan. XXI asr axborot va pedagogik texnologiyalar asri bo‘lib, bu texnologiyalarni o‘quv jarayonida qo‘llash kafedra professorlari oldida turgan ulkan vazifalardan biridir.
"Maktabgacha ta'lim metodikasi" kafedrasi quyidagi yo'nalishda:
- 60110200 - Maktabgacha ta'lim bakalavriat
- 70110201 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti
Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha)
25 290 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Maxsus (defektologik) ta’lim. Sog‘lig‘i bo‘yicha imkoniyati cheklangan shaxslarni psixologik-pedagogik reabilitatsiya qilish
20 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
44.04.02 — Psixologik-pedagogik ta’lim. Ta’limda shaxs shakllanishini psixologik qo‘llab-quvvatlash
20 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Psixologik-pedagogik ta’lim. Maktabgacha ta’limda metodik qo‘llab-quvvatlash
20 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
44.04.01 — Pedagogik ta’lim. Boshlang‘ich maktabda ta’lim jarayoni sifatini boshqarish
20 000 000 so'm
yiliga