Urganch davlat pedagogika instituti
8,301
Talabalar
3
Xorijiy talabalar
206
O'qituvchilar
5
Fakultetlar
15
Kafedralar
2022
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Urganch davlat pedagogika institutida hozirgi kunda kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida 18 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar tahsil olmoqda. Ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 8000 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda.
Xorijiy talabalar uchun
Urganch davlat pedagogika institutida maxsus til kurslari mavjud.
Siz quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olishi mumkin:
1. 🇬🇧 Ingliz tili (English)
-
Boshlang‘ichdan (Beginner) yuqori (Advanced) darajagacha;
-
IELTS va CEFR imtihonlariga tayyorgarlik;
-
So‘zlashuv (Speaking) klublari.
2. 🇷🇺 Rus tili (Русский язык)
-
Grammatika va so‘zlashuv nutqini rivojlantirish;
-
Adabiy o‘qish va yozish ko‘nikmalari;
-
Kasbiy faoliyat uchun rus tili.
3. 🇹🇷 Turk tili (Türkçe)
-
Turkiya universitetlarida o‘qish yoki malaka oshirish istagida bo‘lganlar uchun maxsus dastur;
-
TÖMER imtihonlariga tayyorgarlik asoslari;
-
Madaniy almashinuv va jonli muloqot.
4. 🇺🇿 O‘zbek tili (Uzbek Language)
-
Xorijiy mehmonlar va talabalar uchun o‘zbek tili;
-
Davlat tilida ish yuritish (hujjatlar bilan ishlash) ko‘nikmalari.
Xalqaro hamkorlik


|
|
||
|
![]() |
|
|
|
|
||
|
|
||
|
|
||
|
|
||
|
|
|
|
Talabalar uchun imkoniyatlar
test
Fakultetlar
ANIQ VA AMALIY FANLAR FAKULTETI TARIXI
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-289-sonli qaroriga asosan Urganch davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yо‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika instituti tashkil etildi. Institut tarkibida 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab Aniq va amaliy fanlar fakulteti tashkil topdi.
Fakultet-institutining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Uning faoliyati tegishli ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha talabalarni о‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy hamda uyg‘unlashgan holda olib borish, shuningdek, kafedralarda ilmiy tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga yо‘naltiriladi. Fakultet tarkibiy tuzilmasida fakultet Kengashi hamda о‘quv-uslubiy kengash faoliyat olib boradi. Fakultet oliy ta’limning asosiy va qо‘shimcha ta’lim dasturlarini bajarish bо‘yicha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadi. Fakultet о‘z nomi yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega.
Fakultet institutning rasmiy www.urspi.uz saytida о‘z bо‘limiga ega. Fakultet joylashgan manzil: 220100, Urganch shahar, Gurlan kо‘chasi, 1-uy.
FILOLOGIYA FAKULTETI TARIXI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-289-sonli qaroriga asosan Urganch davlat universiteti pedagogika ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yo'nalishi va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika instituti tashkil etildi. Institut tarkibida Filologiya fakulteti tashkil topdi.
Fakultet – institutining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Uning faoliyati tegishli ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklari bо‘yicha talabalarni о‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy hamda uyg‘unlashgan xolda olib borish, shuningdek, kafedralarda ilmiy tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga yо‘naltiriladi. Fakultet tarkibiy tuzilmasida fakultet Kengashi hamda о‘quv-uslubiy kengash faoliyat olib boradi. Fakultet oliy ta’limning asosiy va qо‘shimcha ta’lim dasturlarini bajarish bо‘yicha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadi. Fakultet о‘z nomi yozilgan shtampga va boshqa rekvizitlarga ega.
Fakultet internet tizimida institutning rasmiy www.UrSPI.uz saytida о‘z bо‘limiga ega. Fakultet joylashgan manzil: Urganch shahar, Gurlan ko‘chasi, 1 A-uy.
PEDAGOGIKA FAKULTETI TARIXI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21-iyundagi “Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-289-sonli qaroriga asosan Urganch davlat universiteti pedagogika ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yo'nalishi va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika instituti tashkil etildi. Institut tarkibida Pedagogika fakulteti tashkil topdi.
Fakultet – institutining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Uning faoliyati tegishli ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklari bо‘yicha talabalarni о‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy hamda uyg‘unlashgan xolda olib borish, shuningdek, kafedralarda ilmiy tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga yо‘naltiriladi. Fakultet tarkibiy tuzilmasida fakultet Kengashi hamda о‘quv-uslubiy kengash faoliyat olib boradi. Fakultet oliy ta’limning asosiy va qо‘shimcha ta’lim dasturlarini bajarish bо‘yicha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadi. Fakultet о‘z nomi yozilgan shtampga va boshqa rekvizitlarga ega.
Fakultet internet tizimida institutning rasmiy www.UrSPI.uz saytida о‘z bо‘limiga ega. Fakultet joylashgan manzil: 220100, Urganch shahar, Gurlan ko‘chasi, 1 A-uy.
FAKULTETIDA MAVJUD TA’LIM YO‘NALISHLARI
Bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha:
6010100 – Pedagogika;
60110200 – Maktabgacha ta’lim
Magistratura yo‘nalishi bo‘yicha:
70110101 – Pedagogika nazariyasi va tarixi(faoliyat turi bo‘yicha).
70110201 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(maktabgacha ta’lim)
FAKULTET O'QUV JARAYONI
Fakultetda 43 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning 5 nafari fan nomzodlari va dotsentlar, 9 nafari katta o‘qituvchi va 29 nafari assistent-o‘qituvchilardan iborat. Fakultetda jami 1832 nafar talaba mavjud bo‘lib shundan; kunduzgi ta’limda 551 nafar, sirtqi ta’limda 1219 nafar, kechki ta’limda 62 nafar, ikkinch oliy ta’limda 47 nafar talaba tahsil olmoqda. Fakultetda 2 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi va 3 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.
XALQARO HAMKORLIK VA CHET EL BILAN ILMIY ALOQALAR ASOSIDA ERISHILGAN NATIJALAR
Bugungi kunga qadar fakultetda xorijiy mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro ilmiy va amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, fakultet professor-o‘qituvchilari turli loyihalarda qatnashmoqdalar. Fakultet Xitoy, Ozarbayjon, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlatning nufuzli universitetlari bilan xalqaro aloqalar o‘rnatgan.
FAKULTET TUZILMASI
Fakultet dekani Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Xajiyeva Dilfuza Adambayevna; O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Saporboyev Mirzabek Shavkat o‘g‘li
Ilmiy ishlar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha dekan o‘rinbosari: PhD Karimova Nilufar;
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Abdullayev Sarvar Xudayarovich;
edagogika va psixologiya - kafedrasi mudiri, p.f.f.d (PhD), dotsent v.b. Yakubova Shaxnoza;
Maktabgacha ta’lim metodikasi- kafedrasi mudiri, p.f.f.d (PhD), dotsent Atajonova Dinara Ulug'bekovna
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti Urganch davlat pedagogika institutining eng yirik va tayanch tuzilmalaridan biri hisoblanadi. Fakultetning asosiy missiyasi — umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1–4-sinflari uchun yuqori malakali, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallagan, bolalar psixologiyasini chuqur tushunadigan o‘qituvchilarni tayyorlashdan iborat.
Fakultetda asosan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
-
Bakalavriat:
-
60110500 – Boshlang‘ich ta’lim: Ushbu yo‘nalish talabalari ona tili, matematika, tarbiya, tabiatshunoslik kabi fanlarni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasini o‘rganadilar.
-
-
Magistratura:
-
70110501 – Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi: Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, sohadagi dolzarb muammolar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.
-
Fakultet tarkibidagi kafedralar
Fakultet faoliyatini ta’minlovchi asosiy mutaxassislik kafedralari (nomlar o‘zgarishi mumkin, lekin asosan quyidagicha shakllantiriladi):
-
Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi: Asosiy ixtisoslik fanlari (ona tili o‘qitish metodikasi, matematika o‘qitish metodikasi va b.) shu kafedra orqali o‘tiladi.
-
Boshlang'ich ta'lim nazariyasi kafedrasi: Talabalarga pedagogik mahorat va psixologik bilimlarni beruvchi kafedralar bilan hamkorlik qilinadi.
Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti talabalarni nafaqat ijtimoiy-siyosiy bilimlar, balki amaliy ko‘nikmalar (sport, san’at, hunarmandchilik) bo‘yicha ham yetuk mutaxassis qilib tayyorlashga ixtisoslashgan. Fakultetning o‘ziga xosligi shundaki, u insonning ham ma’naviy, ham jismoniy, ham estetik rivojlanishiga xizmat qiluvchi sohalarni birlashtiradi.
Ta’lim yo‘nalishlari (Bakalavriat)
Fakultetda asosan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha pedagog kadrlar tayyorlanadi:
-
60110200 – Tarix: Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun tarix fani o‘qituvchilarini tayyorlash, arxivshunoslik va o‘lkashunoslik asoslarini o‘rgatish.
-
60112200 – Jismoniy madaniyat: Maktab va sport muassasalari uchun jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va murabbiylarni tayyorlash.
-
60111200 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi: Tasviriy san’at, chizmachilik va dizayn asoslarini o‘qitish metodikasi.
-
60111300 – Musiqa ta’limi: Musiqa madaniyati, cholg‘u ijrochiligi va vokal san’ati bo‘yicha pedagoglar tayyorlash.
-
60112300 – Texnologiya ta’limi: Mehnat ta’limi, zamonaviy texnologiyalar va hunarmandchilik sirlarini o‘rgatish.
Kafedralar faoliyati
Fakultet tarkibida odatda yo‘nalishlar xususiyatidan kelib chiqib quyidagi kafedralar faoliyat yuritadi:
-
Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi: O‘zbekiston tarixi, jahon tarixi, falsafa, sotsiologiya kabi fanlarga ixtisoslashgan.
-
Jismoniy madaniyat kafedrasi: Sport fiziologiyasi, gimnastika, yengil atletika va milliy kurash turlarini o‘qitishga yo‘naltirilgan.
-
San’atshunoslik (Musiqa va Tasviriy san’at) kafedrasi: Talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ko‘rgazmalar va konsertlar tashkil etish bilan shug‘ullanadi.
Ta'lim yo'nalishlari
| Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo) 70530104 | Bakalavr |
| Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya) 70110701 | Magistr |
| Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) 70110601 | Magistr |
| Biologiya 60510100 | Bakalavr |
| Boshlang‘ich ta’lim 60110400 | Bakalavr |
| Fizika va astranomiya 60110700 | Bakalavr |
| Jismoniy madaniyat 60112200 | Bakalavr |
| Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi 70112201 | Magistr |
| Kimyo 60110800 | Bakalavr |
| Maktabgacha ta’lim 60110200 | Bakalavr |
| Matematika va informatika 60110600 | Bakalavr |
| Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60111100 | Bakalavr |
| Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi 70111202 | Magistr |
| Musiqa ta’limi 60110600 | Bakalavr |
| Musiqa ta’limi va san’at 70111301 | Magistr |
| Ona tili va adabiyoti: rus tili 7010801 | Bakalavr |
| O‘zbek tili va adabiyoti 70111401 | Magistr |
| Pedagogika 60110100 | Bakalavr |
| Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha) 70110101 | Magistr |
| Tarix 60220300 | Bakalavr |
| Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 60110500 | Bakalavr |
| Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) 70110501 | Magistr |
| Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) 70110201 | Magistr |
| Texnologik ta’lim 60111300 | Bakalavr |
| Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 | Magistr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Urganch davlat pedagogika instituti
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya)
14 610 000 so'm
yiliga
Urganch davlat pedagogika instituti
Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo)
12 175 000 so'm
yiliga
Urganch davlat pedagogika instituti
Kimyo
12 175 000 so'm
yiliga
Urganch davlat pedagogika instituti
Biologiya
12 175 000 so'm
yiliga
Urganch davlat pedagogika instituti
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
15 168 000 so'm
yiliga
Urganch davlat pedagogika instituti
Musiqa ta’limi
13 904 000 so'm
yiliga
Urganch davlat pedagogika instituti
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
13 904 000 so'm
yiliga
Urganch davlat pedagogika instituti
Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
15 168 000 so'm
yiliga
Urganch davlat pedagogika instituti
Musiqa ta’limi va san’at
15 168 000 so'm
yiliga
Urganch davlat pedagogika instituti
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
15 168 000 so'm
yiliga
Urganch davlat pedagogika instituti
Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha)
15 168 000 so'm
yiliga
Urganch davlat pedagogika instituti
Sun'iy intellekt
12 399 997 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Atayeva Guli Shuxratovna
Yo‘ldoshev Sarvarbek Uktamboy o‘g‘li
Ollaberganova Gulora Xamidjon qizi
Mahliya Ruzmatova
Gulshoda Jumanazarova
Nodira Sultanova
Zalina Atadjanova
Shohjahon Mavlonov
Parvozbek Beknazarov
Talabalar fikri
Chjao Chjenyu
Nagif Hamzayev
Neslihan Köse
