Dastur haqida
Turizm va mehmondo'stlik (61010100) bakalavriat taʼlim yoʼnalishi boʼlib, Islom iqtisodiyoti va turizm sohalari boʼyicha taʼlim olish uchun tashkil etilgan. Ziyorat turizmi yoʼnalishi talabalarni davlat, xususiy va notijorat sektorlarida xalqaro darajadagi mutaxassislar sifatida tayyorlaydi. Shuningdek, madaniy va maʼnaviy sayohatlar bilan bog‘liq muammolarga yechimlar topish uchun yuqori malakadagi kadrlar yetkazib beradi.
Turizm va mehmondo'stlik bakalavriat – gumanitar fanlar taʼlim sohasidagi yoʼnalish bo‘lib, ziyorat turizmi sohasidagi tadqiqotlar, texnik vositalarni yaratish, innovatsion yoʼllar va turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun keskin ishlashga mo‘ljallangan.
Bakalavrlarning kasbiy faoliyati sohalari quyidagilarni qamrab oladi:
Xalqaro turizm va mehmondo‘stlik korporatsiyalari, xizmat ko‘rsatish tarmoqlari;
Mehmonxona va shunga o‘xshash joylashtirish vositalari, sog‘lomlashtiruvchi va sanator-kurort muassasalari bilan bog‘liq joylashtirish vositalari, turistlarga xizmat koʼrsatuvchi umumiy ovqatlanish korxonalari;
Turizm sohasini rivojlantirish va targ‘ib qilish bilan shug‘ullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlar;
Turizmning osh va tarmoqlaridagi tashkilot, korxona va muassasalar samaradorligi va natijadorligini oshirish jarayonlari;
Muzeylar, galereyalar, jahoniy meros obʼektlari va tarixiy yodgorliklar hamda ekskursiyalarni o‘tkazish, tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlar;
Xalqaro bordi-keldilar, konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va boshqarish bilan bog‘liq jarayonlar;
Turizm va mehmondoʼstlik sohasidagi tadbirkorlik subʼektlarida zamonaviy boshqaruv tizimini tashkil etish, kasbilik tuzilmalarni optimallashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish, mehnat rag‘batlantirish jarayonlari;
Turizm va mehmondoʼstlik sohasidagi xalqaro, zanjir, tarmoq va mahalliy firma va kompaniyalar, shuningdek, turli mulk shaklidagi xizmat koʼrsatish korxonalarini boshqarish, ilmiy tadqiqot muassasalari va mahalliy davlat organlari iqtisodiy faoliyatini tahlil qilish;
Turizm va mehmondoʼstlik sohasi bilan bog‘liq ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida kasbiy faoliyatini olib borishlari mumkin.
Izoh:
- 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
- GPA ko‘rsatkichi avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.
- Tanlov fanlari bloki OTM Kengashi qarori bilan mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablari, moslanuvchanligi va harakatchanligini ta’minlovchi fanlar hisobiga o‘zgarishi mumkin.
- OTM Kengashi qarori bilan talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 foizgacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 foizgacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
- Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.
- O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
- Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malaka amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
- Birinchi kursda qo‘yilgan K kredit modul tizimiga kirish va OTM bilan tanishish haftaligi sifatida tashkil etiladi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestr |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
90 |
1-8 |
|
Attestasiyalar |
10 |
1-8 |
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish / Fanlami tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish |
4 |
1, 2, 4, 6 |
|
Amaliyot |
17 |
2, 4, 6, 7 |
|
Yakuniy davlat attestasiyasi |
2 |
8 |
|
Ta’til |
27 |
1-8 |
|
GPA ko‘rsatkichini hisoblash |
3 |
2,4,6 |
|
Jami |
153 |
|
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
13 000 000 so'm
yiliga
Buxoro innovatsiyalar universiteti
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
16 000 000 so'm
yiliga
Termiz davlat universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
9 372 500 so'm
yiliga
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
24 000 040 so'm
yiliga
Oriental universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
18 000 000 so'm
yiliga
Oriental universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
16 000 000 so'm
yiliga